Doskada ishlash metodi. Ta’limda tutgan o’rni. Ta’limda tarbiyaning o’rni
Download 151.49 Kb.
|
Mavzu
Monitoring – kandaydir ob’ekt yoki voqea-xodisalarni xayot muxitiga boglab kuzatishdir.
Inson faoliyatida atrof muhit monitoringiga bo’lgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Masalan, oxirgi 10 yillik mobaynida 4mln.ga yaqin kimyoviy birikmalar sintez qilinib, har yili 30 ming xil kimyoviy moddalar 1 tonnadan ortiq ishlab chiqarilmoqda. Har bir moddani alohida kuzatish (monitoring qilish) zarurati yo’q, lekin umumlashtirilgan kuzatuv natijalari insonlarga, qolaversa tabiatga ta’sirini o’rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Monitoring o’tkazishni quyidagi turlari mavjud: asosiy (bazaviy yoki fonli), global, mintaqaviy (mintaqaal), impaktli, shuningdek olib borish turlari va nazorat ob’ektlariga ko’ra (aviasion, kosmik) Aviasiya monitoringi - bu samolyot, vertolyot va boshqa uchuvchi apparatlar yordamida, kosmik balandlikka ko’tarilmasdan (asosan troposfera oralig’ida)amalga oshiriladigan kuzatuv. Asosiy (bazaviy yoki fonoviy) monitoring - mintaqaviy antropogen ta’sirlarni e’tiborga olmagan holda umumbiosfera, asosan tabiatdagi o’zgarishlarni kuzatish Biologik onitoring 1.Biologik ob’ektlar ustidan kuzatuv (tasodifiy introdusentlarni turlarini mavjudligi, holati, paydo bo’lishi va boshqalar); 2. Bioindikator yordamida o’tkaziladigan monitoring (asosan bioqo’riqxonalarda o’tkaziladigan kuzatuv dunyoda 12 ta bioqo’riqxona mavjud, O’zbekistonda 1ta bioqo’riqxona –Chotqol qo’riqxonasi, Rossiyada 2ta). Global monitoringda ma’lum bir qit’alar va er planetasi bo’yicha atrof muhit bo’yicha nazorat o’rnatiladi . Ularning xizmatida markazlashgan kimyoviy laboratoriya, xarakatdagi laboratoriya, hisoblash markazi, vertolyot, samolyot hamda zamonaviy aloqa vositalaridan tashqari kosmik kemalar, sun’iy yo’ldoshlar, zondlar hamda kemalar mavjuddir. Masofadan (distansion) o’tkaziladigan monitoring. Aviasion va kosmik monitoringlarni birlashtiradi gohida inson borishi qiyin bo’lgan joylarga (tog’li, shimoliy o’lkalarga) o’rnatilgan asbob uskunalar yordamida atrof muhitni kuzatilib, keyinchalik axborot, ma’lumotlar (radio, sputnik, o’tkazgichlar orqali) markaziy kuzatuv punktlariga yuboriladi. Impakt monitoring - o’ta muhim zona va joylardan mintaqaal va lokal(ma’lum bir joyga tegishli)antropogen ta’sir monitoringi. Kosmik monitoring. Kosmik kuzatuv inshootlari yordamida olib boriladi. Atrof muhit monitoringi - atrof muhit holatini kuzatish, inson va boshqa organizmlarga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan holatlar ustidan ogohlantirish. Mintaqaviy monitoring - ma’lum bir mintaqa doirasida jarayon va hodisalar ustidan kuzatuv. Bunda bu jarayon va hodisalar tabiiy xususiyati va antropogen ta’siri bo’yicha butun biosfera uchun xarakterli bo’lgan asosiy fondan farqlanadi.. Sanitar toksikologik monitoring - biron bir korxona va uning atrofida yashash punktlarini, atrof muhit holatini doimiy kuzatib, nazorat qiladi, uning xizmatida zamonaviy, markazlashgan kimyoviy laboratoriya hamda telefon aloqasi mavjud bo’ladi. Download 151.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling