20. x va
h undoshlarining farqlovchi belgilari quyidagi qaysi tasnifda namoyon bo‘ladi? A) tarkibiga ko‘ra B) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra C) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra D) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra
21. Jannatmakon yurtda yashaymiz ahil. Ushbu gapda nechta til oldi undoshi qatnashgan?
A) 10 ta B) 12 ta C) 9 ta D) 11 ta
22.Qaysi so’zlarda leksik urg’u oxirgi bo’g’inga tushmaydi?
A) darhaqiqat, gulzor B) daftar, barcha C) hamisha, afsuski D) professor, o’qituvchi
23. Fonetik hodisalar eng ko’p kuzatilgan gapni toping.
A) Yoshligida turli qo’shiqlarni maromida aytolardi. B) Mening bolaligim qishlog’imiz etagidan oqib o’tgan soyda kechgandi. C) Ayrim nuqsonlar inson qarigan chog’ida ham tark etmaydi. D) Saylovlar tenghuquqlilik va yashirin ovoz berish tamoyillari asosida o’tmoqda.
24.
Kecha maktabimizdagi kurash musobaqasida sinfdoshim g’alaba qozondi. Ushbu gapda intonatsion urg’u olgan bo’lakka mos ravishda tuzilgan so’roq gapni belgilang.
A) Qachon sinfdoshing kurash musobaqasida g’alaba qozondi? B) Kim kecha maktabdagi kurash musobaqasida g’alaba qozondi? C) Kecha sinfdoshing qaysi musobaqada g’alaba qozondi? D) Qayerdagi kurash musobaqasida kecha sinfdoshing g’alaba qozondi?
25. Quyidagi qaysi atama tilshunoslikning fonetika bo'limiga tegishli emas?
A) urg’u B) nutq tovushi C) harf D) sonor
26.
Tungi, tonggi, bongi, tanga(pul birligi), dengiz, ko’nglim, tangens, singlisi, okean,drama. Ushbu so’zlardan nechtasining birinchi bo’g’ini ochiq bo’g’in hisoblanadi? A) 2 tasi B) 3tasi C) 5 tasi D) 4 tasi
27. Tilimizdagi o’zlashma, ya’ni boshqa tillardan kirib kelgan tovushlar qaysi so’z tarkibida mavjud?
A) jirafa B) kitobxon C) jamol D) kongress
28.
Og’zaki nutqda qator unli qo’llangan qaysi so’z undagi unlilar orasiga undosh tovushni qo’shish yo’li bilan tilimizga moslashtirilgan? A)muallim B)maosh C)soat D)taom
29.
U dengizga o’xshaydi: goh to’lib goh ozayib turadi. Ushbu gapdagi yopiq bo’g’inlar soni qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)7 ta B)8 ta C)6 ta D)9 ta
30.
Qaysi so’z bo’g’inga to’g’ri ko’chirilgan? A) shta-nga B) ko’-ngil C) ing-liz D) o-na