Dovrug'ini eshitib, boshqa olimlar qatori o'z o'lkasiga taklif etadi
Download 15.37 Kb.
|
Algebra
Algebra' so'zini qayerdan kelib chiqqanini bilasizmi ? Bu so'z Sharqning buyuk matematigi va tabiatshunos olimi ai-Xorazmiy nomi bilan bog'liq. Allomaning 'Al-jabr' nomli kitobi Yevropada 'Algebra' deb atalgan . Algabra Muhammad ibn MUSO al -XORZMIY qadimiy va boy madaniyatga ega bo'lgan o'lkada - XORAZMda tug'ilgan. U yoshligidan bilim olishga qiziqqan. Riyozot va tabiyot ilimlarining asoslarini chuqur egallagan. Qunt bilan arab, fors, hind va yunon tillarini o'rgangan. Xorazmiy yoshlik chog'idan o'zining o'tkir zehni bilan tanila bordi. Bu davrda BOG'DOD o'lkasi ilmiy va madaniy markaz hisoblanar edi.Uning hukmdori al-MA'MUN yosh donishmandning dovrug'ini eshitib, boshqa olimlar qatori o'z o'lkasiga taklif etadi. Xorazmiy olam sirlarini o'rgandi U farg'onalik do'sti ai-FARG'ONIY bilan bog'dodda rasadhona qurishga boshchilik qildi. Rasadhonadagi asboblar yordamida koinot sirlarini va YER kurrasini o'rgandi. Al-Xorazmiy va Al-Farg'oniy boshchiligidagi olimlar 1000 dan ortiq yulduzlarni tekshirdilar hamda ularning joylanish haritasini tuzdilar. YER kurrasining aylana uzunligini aniqladilar . Xorazmiy "Surat al-arz" ("Yer suvrati") nomli kitobida Afrika, Osiyo va Yevropa qit'alarini aniq tavsiflagan. Koinot sirlarini o'rganishga oid ijodlari uning "Ziji" ("Astranomiya") kitobida bayin etilgan. Muhammad al-Xorazmiy Bog'dodda vafot etdi. Algebra fanining otasi sifatida shuhrat qozongan vatandoshimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy tarix sohasida Sharqda ilk asarlardan birini yaratgan. Uning "Kitob at-tarix" asari bizgacha turli mualliflarning asarlari tarkibida etib kelgan. Buyuk ajdodi ilmiy merosini mukammal o`rgangan Beruniy ham bu sohada "Xorazmning mashhur kishilari" yoki "Xorazm tarixi" asarini yaratib qoldirgan. Bu kitob ham to`liq holda saqlanmagan. Al-Xorazmiy Algebra fanining asoschisi. Uning “Al-kitob al muxtasar fi hisob al-jabr va al muqobala” asaridagi “al-jabr” so’zi lotincha transkripsiyada “Algebra” ni anglatib, Al-Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomidir. Olimning “Al- Xorazmiy” nomi esa, “Algoritm” shaklida fanda abadiy saqlanib qolgan Buyuk mutafakkir va olim al-Xorazmiy Xivada tavallud topgan. Yoshligidan ilm-fanga, ayniqsa tabiiy fanlarni o'rganishga qiziqdi. Arab, fors, hind, yunon tillarini mukammal o'rgandi. O'qigan, o'rganganlari asosida, tabiatning bergan buyuk iqtidori bilan bir necha fanlarga doyr yirik, qimmatli asarlar yaratdi. Uning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val mukobala» (To'ldirish va qarama-qarshi qo'yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo'ldi. Al -Xorazmiyning ikkinchi matematikaga oid asari «Hind arifmetikasi haqida kitob» bo'lib, bu asar tufayli avval Sharq xalqlari, so'ngra esa Yevropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug'i-o'nli pozitsisi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o'girilgan). Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-ard» (erning surati) asari geografiyaga, «Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo'lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to'g'risida risola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Yevropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki g'arbda ham asronomiya fani rivojida katta rolь o'ynadi. Download 15.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling