Dozimetriya (yun dosis ulush, boʻlak va metreo -oʻlchayman) amaliy yadro
Download 80.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Dozimetriya - Vikipediya
Dozimetriya Dozimetriya (yun. dosis — ulush, boʻlak va metreo —oʻlchayman) — amaliy yadro fizikasi sohasi; ionlovchi nurlarning jonli va jonsiz tabiat obʼyektlariga taʼsirini ifodalaydigan fizik miqdorlarni oʻrganish, xususan nurlanish dozasini (meʼyorini) aniqlash, shu miqdorlarni oʻlchash usullari va asboblarini yaratish bilan shugʻullanadi. Tabiiy va sunʼiy radioaktiv yemirilishda, zaryadlangan zarralar tezlatkichlari (betatron, siklotron va b.) da, atom reaktorlarida, rentgen apparatlarida radioaktiv nurlar sochiladi. Radiy kashf etilganidan soʻng radioaktiv moddalar r- va u- nurlarining tirik obʼyektlarga xuddi rentgen nurlari singari taʼsir kilishi aniqlandi. Radioaktiv moddalar bilan ishlash vaqtida shu nurlarning organizmga kirish xavfi tugʻiladi. Nurlanish dozasini oʻlchashdan asosiy maksad ana shu apparat va moddalar bilan ishlovchi xodimlar xavfsizligini taʼminlashdir. Radioaktiv nurlarning har xil jismlarga taʼsiri (fizik, kimyoviy va biologik taʼsiri) shu jismlarga yutilgan nurlar miqsori va tabiati bilan belgilanadi. Yutilgan doza rad bilan oʻlchanadi. Radioaktiv nurlar (a, R, u, p) jismlarga tushganda har xil fizik hodisalar roʻy beradi. Masalan, gamma- nurlar yoki rentgen nurlari yutilishi natijasida fotoelektronlar, kompton elektronlari va elektron-pozitron jufti hosil boʻladi. Rentgen, gamma (u), betta (R)- nurlanish va neytronlar dozasini oʻlchashda ionlash kamerasi, "Kaktus" rentgenometri, universal dozimetrlar ishlatiladi. Intensivligi kam nurlanish dozasini oʻlchashda Geyger — Myuller hisoblagichi, lab.da ssintillyasiya hisoblagichi ishlatiladi. D.ning fotografik usuli qam bor. U nurlar taʼsirida fotoplyonkaning qorayishiga asoslangan. Oksidlanish yoki qaytarilish reaksiyalariga asoslangan kimyoviy dozimetrlar, ferrosulfat va seziy sulfati dozimetrlari ham ishlatiladi. Nurlanishning obʼyektlarga issiklik taʼsiri kalorimetrik usul bilan oʻlchanadi. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title= Dozimetriya&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. Adabiyot Bu sahifa oxirgi marta 30-Dekabr 2022, 21:32 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). "https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Dozimetriya&oldid=3526822" dan olindi Download 80.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling