Dragali texnologik kompleks


Download 0.9 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#200283
Bog'liq
8.8 Mirzayev uchqun DRAGALI TEXNOLOGIK KOMPLEKS — копия


DRAGALI TEXNOLOGIK KOMPLEKS.

Dragali texnologik kompleks suvli konlarni qazib olishda keng qo`llaniladi. Foydali qazilmani qazib olish va qayta ishlash to`liq agregat uskunalar kompleksini dragalar orqali ko`rish mumkin. 50dan 600 l hajmli va suv ostida 50 m chuqurlikgacha cho`michlash imkoniyatiga ega, qit`a sochma konlarini qazib olish uchun ko`p cho`michli kontinental dragalar (panton ustidagi) eng ko`p tarqalgan, odatda ko`p tarqalgan yangi va uzoq muddatli daryo tizimi hududlariga moslashtirilgan. Dragalarni qo`llashda yumshoq, shuningdek bir tekis qoplovchi tog` jinslarini qazib olish mumkin, istisno tariqasida shuni aytish mumkinki juda katta toshli, sementli va bog `langan jinslarni qazish imkoni yuq; bunda yuza yumshoq yoki qoyali jinslar orqali gavdalanadi.



Kon massasini zaboydan cho`michlar orqali tashigan holda boyitiladi. Boyitish uskunasi cho`mich osti tutgichli yig`uvchi lyukdan, tutuvchi qurilma (shlyuzlar, cho`ktirish mashinalari, vintli separatorlar) va me`yorlash apparatlaridan tuzilgan. Bunda metal ko`rinishidagi tayyor mahsulotga yoki minerallar konsentratiga erishiladi. Foydali qazilmani qazib olish bo`yicha barcha operatsiyalar dragalarda mexanizatsiyalashgan.

8.21-rasm. Draga sxemasi.

1 – cho`michli rama; 2 – cho`michli zanjir; 3 – pastki cho`michli baraban; 4 – cho`michli rama ilgagi; 5 – ponton; 6 – gidromonitor; 7 – qirg`oq ko`prigi, 8 - cho`michli rama ko`tarilgan holatda; 9 – oldingi machta; 10 – super tuzilma; 11 – ko`prikli kran; 12 – bosh yo`naltirgich; 13 – ko`tarish lebyodkasi; 14 – zina;

Qazib olish ishlarda, draga komplekslarini tayyorlash kon-kapital ishlari va ochish ishlari ilgari turadi. Kon-kapital ishlari dastlabki va kon-tayyorlov ishlarini tashkil etadi.

Dastlabki ishlarga kanavalarni o`tkazish va suvni o`z oqimida oqishi uchun turli suv yig`uvchi uskunalarni qurish, nasos stansiyalarini, truboprovodlarni va suvli sochilmalar uchun suv havzalarini qurish ishlari kiradi.

Kon-tayyorlov ishlarining tugashi uchun suza oladigan dragalar bo`lishi va bunda u qazib olinadigan maydongacha bora olishi, u orqali qumlarni qazib olish va ularni tashiy olish qobiliyatiga ega bo`lishi kerak. Kon-transport ishlari kon ishlarini olib borishda, odatda katlovan (8.22-rasm) yoki gidrotexnologik inshootlarni qurilishini talab etadi. Bunda suv osti chuqurlik, ya`ni pontonni joylashishi uchun yetarlicha, baland bo`lmagan ag`darma o`lchamlariga mos keluvchi suv usti borti kerak bo`ladi.

Kotlovanni sochilmalarning quyi qismida joylashish holatida va keying qazish, suvlarni tindirish va suv inshootlarini ishlarini uning jadalligini oshirish, suvlarning qochishi kamayadi, draganing ish unumdorligi oshadi va qumlarning qazib olish sarf-xarajatlarini kamaytiradi.

Sochma konlarni qazib olishga tayyorlashda dragaga beton bilan sochilma yuzasida moslashtiriladi. Birinchi ishlar front plotinlarni qo`llash orqali shakllanadi. Hududdagi suv o`rtacha gorizontdan 2-11 m ga ko`tariladi. Yetarlicha ochish zonalarini yaratish uchun erigan sochilmalarga yetib borishi uchun 0.25-1 yil vaqt ketadi. Ko`pyillik muzlagan sochilmalarni qazib olishda draga uchun qumlarning erigan holda ta`minlash uchun, jinslarning tabiiy erishi poligonni yoqish yo`li bilan amalga oshiriladi.



8.22-rasm. 1 – dragani yig`ib olishi uchun maydoncha; 2 – kotlavan; 3 – suv kanavasi; 4 – qattiq qatlamgacha chuqurlashgan sochilmalar maydoni chegarasi; 5 – sanoat zahiralari chegarasi.

Vaqtinchalik suv to`sgichlar bilan tayyorlashda dragani kotlovanda o`rnatiladi, qazib olishda esa uni maydonga kirishi uchun daryo yoqasidagi ko`p suv bosadigan joylarni suvto`sgich bilan to`sgan holda plotinlar o`rnatiladi. Bunda suv sathi 0,7-2m ga, ba`zida 4 m gacha ko`tariladi. Suvto`sgich ko`tarmasi ko`ndalang kesimda 3-4 m taroqsimon kenglikli trapetsiya ko`rinishiga ega bo`lib, chuqurlik burchaklari 1:1,25 – 1:1,5 nisbatda bo`ladi. Suvto`sgichlarni qurish uchun tez-tez loyqa draga ag`darmalari foydalaniladi.

Bir yo`lli zaboyning optimal kengligi draganing kon massasi bo`yicha maksimal ishlab chiqarish quvvati, manyovrchanligi sharoitidan kelib chiqib belgilanadi.

Sochilmalarni yuqori foydali tarkib bilan qazib olishda, draganing passportdagi imkoniyatlariga mos holatda, draganing qabul qilingan bir qadamida ikki karrali tog` jinsini konstruktiv cho`mishlash maqsadga muvofiq.

Draga qazib olish qirqimi draga ko`ndalang va hudud o`qi bo`ylab ishlaydigan bir yoki bir nechta qo`shni zaboylarda ko`chgan holda amalga oshiriladi. Bunda quyidagi qazib olish tizimlari farqlanadi: bitta-bo`ylama va bitta-ko`ndalang (tor va keng zaxodkalar bilan), o`zaro bog`langan-bo`ylama va o`zaro bog`langan-ko`ndalang(keng zaxodkalar bilan) va kombinatsiyalashgan. (8.23-rasm). Bog`langan dragalarda barcha qayta hisoblangan qazib olish tizimlari qo`llaniladi, kanalida esa faqat bir zaboyli tizim qo`llaniladi. Kombinatsiyalashgan qazib olish tizimi keng qo`llaniladi. Bir qancha qumni qazib olish bilan bog`langan qiyinchiliklarga qaramasdan aniqlanga sharoitlarda bu tizimlarning qo`llanilishi ochishga yoki kon-kapital ishlarga bo`lgan sarf-xarajatlarni qisqartiradi.



Sutkadagi draga ish soatlarining soni 18 – 22,5 ni tashkil etadi. Janubiy Uralda draga yil bo`yi, G`arbiy Sibirda va O`rta Uralda 10 – 11 oy, 160 – 170 sutka Shimoliy Yoqutistonda va 115 – 135 sutka Chukotkada ishlaydi. 250 l sig`imli kovshli draganing kon massasi bo`yicha mavsumiy unumdorligi mos holda 1200-1500 dan 150 – 200 ming m3 ga qisqaradi. 380 l sig`imli kovshli dragalarning yillik ish unumdorligi O`rta Uralda 2600 – 2800 ming m3 ga yetadi.

8.23 –rasm. Draga texnologik kompleksining qazib olish tizimlari:

Bitta- bo`ylama ( A va B maydonlar); bitta-ko`ndalang (Г maydon); o`zaro bog`langan-bo`ylama va o`zaro bog`langan – ko`ndalang (B va D maydonlar); 1, 2, 3 – draga yurishining izchilligi.

Sobiq Ittifoq mamlakarlarida va boshqa yurtlarda cho`kkan holdagi dengiz va okeanlar tubida mineral resurslarni cho`kmalar uyumida, kontinental hududda va materik yonbag`irlarida joylashgan mahsulotlarning oqib kelishi natijasida hosil bo`ladigan; materiklardan uzoqda (6 km) chuqurlikda yotuvchi va o`zida ochiq okean qoldiqlarini o`zashtirish maqsad qilindi.

Amaliy qiziqishlar okean tubi maydonini 85,5 foizini qoplovchi cho`kmalardan temir-marganetsli, kobaltli va nikelli 1dan 20 sm gacha o`lchamlarda yumoloq shaklda hosil bo`luvchi minerallarga qaratilgan. Komponentlarning tarkibi: marganets 39,6% gacha, temir 3,7 dan 70 % gacha, mis 1,81 foizgacha, kobalt 0,92 % gacha, nikel 1,48 % gacha.

Kontinental shelflar, materik cho`kmalari 0 dan 560 km gacha kenglikka va umumiy maydoni 26 mln km2 ga (quruqlik yuzasining15 – 20 %) ega. Uni chuqurligi chegarasida bir necha metrdan 200 metrgacha yetadi. O`zida to`lqinlar va suzuvchi jinslar natijasida foydali kmponentlarni mujassamlashtirgan dengiz bo`yi sochilma konlari keng tarqalgan: ular dengiz bo`ylaridan uncha uzoq bo`lmagan joylarda (plyajlarda) uncha qalin bo`lmagan va uncha quvvatli bo`lmagan holatda uchraydi. Qayta ishlarlardan so`ng ular yana dengiz oqimi harakati natijasida qayta tiklanadi.



Okean va dengizlar tubidan foydali qazilmalarni qazib olish usullari konchilik va yer osti ishlab chiqarish ishlari oddiy metodlari kabi farqlanadi. Ishlar texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari birinchi navbatda foydali qazilmaning yer yuzasiga ko`tarilganligiga va jinslarning massivdan ajralganligiga bog`liq.
Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling