Drama Drama qahramoni inson shaxsi Drama predmeti harakat Dramatizm Drama konflikti Dramada so’z Drama janrlari Tragediya
Download 68 Kb.
|
Drama Drama qahramoni - inson shaxsi Drama predmeti - harakat Dramatizm Drama konflikti Dramada so’z Drama janrlari Tragediya
Drama Drama qahramoni - inson shaxsi Drama predmeti - harakat Dramatizm Drama konflikti Dramada so’z Drama janrlari Tragediya Reja: 1. Kirish 2. Drama Drama qahramoni - inson shaxsi Drama predmeti - harakat Dramatizm Drama konflikti Dramada so’z Drama janrlari Tragediya V. G. Belinskiy dramatik turning o’ziga xosliklarini tekshirar ekan: “Drama hozirgi zamonda o’quvchi yoki tomoshabin ko’zi oldida bo’layotgan kabi ko’ringan kechmish voqyeadir”-, deydi va unda “shaxslar o’zlarini harakatda ifoda qilishlari kerak ” (V. Belinskiy, 193- bet) ligini ta’kidlaydi. Chunki “Epopeyada voqyea, dramada odam hukmrondir. Eposdagi qahramon – voqyea; dramaning qahramoni – inson shaxsidir”. Eposdagi voqyea “tabiatning o’zginasi” bo’lsa, “Dramada hayot faqat o’z – o’zicha mavjud emas , balki o’zi ham mavjuddir, u idrok etilgan ong kabi, erkin ifoda kabi mavjuddir... Dramada... voqyea ustidan inson hukmronlik qiladi, inson o’z irodasi bilan voqyeani istaganicha yakunlaydi, unga istaganicha xotima beradi” (V. Belinskiy, 144- bet, Ta’kidlar bizniki – H. U). Bu mulohazalar dramaning predmeti – harakat ekanligini asoslaydi. “Drama nazariyasi”ning muallifi Hafiz Abdusamatov “Dramaning predmeti harakatdir”, degan fikrga qo’shilib bo’lmaydi, deydi. Uningcha dramaning predmeti – “harakatdagi yoki harakat qiluvchi insondir”.1 Holbuki, inson – adabiyotning predmeti, uni kashf etish – hamma turlarning vazifasidir. So’ngra, “harakat faqat ishtirok etuvchi shaxslar bilangina emas, balki ularni ishga solgan holatlar bilan bog’lanib ketadi” (H. Abdusamatov, 63- bet) ekan, “harakat – dramaning qon tomiri” (H. Abdusamatov, 75 bet) ni tashkil etarkan, demak, dramaning predmeti harakatdir. I. O. Sultonov dramaning spesifikasini belgilashda “uch burchak” - yozuvchi, teatr va tomoshabinning o’zaro munosabatlaridan kelib chiqadilar va dramaning kollektivizmga mo’ljallanganini – bosh alomat deb baholaydilar (I.Sulton, 267-270 b.). Holbuki, drama – badiiy adabiyotning “vakilidir”, uning sahnadagi ijrosi (rejissyor va aktyorlar kashfi), tomoshabinlarning munosabati – teatr san’ati ilmining vazifasiga kiradi. Xullas, V. Belinskiy ta’kidlagan harakat birligi – asosiy ideyaning birligi asosida bosh xususiyatni tashkil etadi. Shuning uchun ham “Dramada harakat faqat va boshlicha jismoniy harakat ma’nosida emas, balki dastavval va boshlicha muallif ifoda etmoqchi bo’lgan bosh g’oyaning rivoji ma’nosida tushunilganidek, konflikt ham bosh qahramon (yoki qahramonlar) ning o’z maqsadlarini amalga oshirish yo’lida uchratgan to’siqlarni yengishi jarayoni ma’nosida, ya’ni keng ma’noda tushunilishi kerak”2 Ana shundagina harakat konfliktning bag’rida yashaydi, ya’ni harakat konfliktni, konflikt harakatni ishga soladi; biri – biriga asos, bir –biriga quvvat bo’ladi; biri – birisiz yashay olmaydi; birining zaifligi ikkinchisining zaif bo’lishiga sabab bo’ladi; pirovardida, ikkalasi birlashib bosh g’oyani aniq ifoda etishga, qahramonlar qalbidagi “po’rtana”ni ochishga beminnat xizmat qiladilar. Harakat va konfliktning birligi – dramada kuchli dramatizimni talab etadi. “Agar, masalan, ikki kishi bir nima to’g’risida bahslashsa, bu yerda faqat drama emas, balki dramatik element ham yo’q; ammo bahslashuvchilar bir-biridan ustun chiqish uchun, bir-birlarining xarakterlarining qanday bo’lmasin biron tomonini bosib qo’yishga, yoki ruhning zaif qillarini chertib qo’yishga urinsalar va bu narsa orqali ularning xarakterlari ochilsa, nihoyat bahslashuv ularni bir-birlariga nisbatan yangi munosabatda bo’lishga majbur qilsa-bu narsa drama deb atalishi mumkin. Dramada muhim narsa-uzundan uzoq hikoyalarning yo’q bo’lishidir, xar bir so’z dramada harakat-amal bilan ifodalanishi lozim” (V. Belinskiy, 207- bet). Shu nuqtai-nazardan “So’nggi nusxalar” (A.Qahhor)dagi Suxsurov va qorining dialogi xarakterlidir: “Qori. Bundan bir necha muqaddam Suxsurov kaminani chorlab “pechkaga bir miqdor pul tashladim, sizga omonat”, dedi. Suxsurov (ko’zlari olayib). Men pechkaga pul tashlaganim yo’q! (Birdan fosh qilib) O’zi mahkamai sha’riyatdan yulgan pullarni yashirib yuradi. Qori (joni-poni chiqib). Bo’hton! O’zi pora olgan aqchalarni pechkaga tashlaydi. Obidjon. Siz olib turasizmi? Sizga qancha tegadi? Qori. O’zi zakot tariqasida bir miqdorini machitga berib turadi. Shaytonulla’in! Suxsurov. O’zing shayton! Tekinxo’r! Qori. Poraxo’r! Suxsurov. Ruhoniy. Qori. O’g’ri, muttaham”. Ko’rinayaptiki, bu bahs Suxsurov va Qorilarning poraxo’rliklarini yaqqol ochmoqda. Hamtovoqlarning haromxo’rlikka asoslangan do’stligi haqiqiat tarozusida o’lchanar ekan, ularni bir-biriga dushmanga aylantira-di. Garchi epos va lirikaning xususiyatlari dramada mavjud bo’lsa-da, ya’ni eposga xos voqyea, lirikaga xos lirik kechinma dramada yashasa-da, ular boshqacha sifat kasb etadi. “Drama joy, voqyealar, holatlar, shaxslarning epik ravishda tasvir qilishga yo’l qo’ymaydi, ular xammasi bizning ko’z oldimizda bo’lishi lozim” (V. Belinskiy, 193-bet). Dramadagi subyekt lirikadagi kabi “O’z ichiga markazlashgan ichki dunyo emas, u endi shoirning o’zi xam emas, u endi chiqadi, uning o’z faoliyati bilan tashkil qilingan obyektiv va real dunyo o’rtasida mushohada uchun o’zi turib qoladi, u bo’lingan va bir ko’pgina shaxslarning jonli to’dasidir, ularning harakati va qarshi harakatlaridan drama yasaladi” (V. Belinskiy, 193-bet). Shu sababli ham dramada qahramon voqyea emas, lirikadagi muallif ham emas, balki shaxsdir. Dramatik asarda hamma narsa bizning ko’z oldimizda ro’y beradi, inson shaxsi-o’z ichidagi to’siqlar bilan kurashib, ularning goh yengib, goh yengilib, goh iztirob chekib, goh quvonayotgan-ruhiy holatlari turfa-xil va qarama-qarshilikka boy harakatdagi (bosh g’oyani ifoda etish yo’lida to’xtovsiz rivojlanuvchi) odam bo’lib gavdalanadi. Buni yuqoridagi misolimiz ham, undagi Suxsurov, Qori shaxslari-obrazlari ham to’liq isbotlaydi. Ko’rinadiki, dramada harakat bosh alomatdir, harakat bilan omuxtalangan, boyitilgan (harakatlashgan) hamma narsa yashashga haqlidir. Harakatlashmagan narsaning, vositaning dramada bo’lishga haqqi yo’q. Buni V.Belinskiy aniq ta’kidlaydi: “Romanda ba’zi bir shaxs voqyeada chinakam ishtirok qiluvi bilan emas, balki original xarakterga ega bo’lgani uchun joy olishi mumkin (Masalan, “O’tkan kunlar”dagi Xushro’y obrazi kabi-H.U.); dramada esa voqyeaning borishi va taraqqiyot mezonida (demakki, dramadagi harakatda-H.U.) zarur bo’lmagan bitta ham shaxs bo’lmasligi kerak. Soddalik, u qadar murakkab emaslik va harakat birligi (asosiy ideyaning birligi ma’nosida) dramaning asosiy shartlaridan biri bo’lishi lozim; unda hamma narsa bir maqsadga, bir mo’ljalga qarab yo’nalishi kerak. Dramaning butun qiziqligi asosiy shaxsda, taqdirida dramaning asosiy fikri ifodalanadigan shaxsda to’planishi kerak” (194-bet). Syujetning siqiqligi ham, kompozisiyaning zanjirsimonligi ham, dramatizmning o’tkirligi ham, konflikt keskinligi ham, so’zning tushunarli bo’lishi ham (“Tushunarli nutq qimmatli nutqdir” - Aristo-tel), qahramonning sun’iyligi ham (“Tragediya ko’proq sun’iy asardir”-Belinskiy) yuqorida aytilgan mulohazalarning (harakatning) mevasidir. Ana shu qiyin xislati bilan V.Belinskiy yozganidek, u “San’atning gul tojidir, adabiyotning oliy bosqichidir” (199-bet); Shuning uchun ham u “Madaniyati yetuk xalqda, uning tarixiy taraqqiyoti ko’rkam gullagan davrda paydo bo’ladi” (201-bet); “Buyuk san’atkorlar aksar epik asarlardan boshlaydilar, lirika bilan davom qildiradilar, drama bilan bitiradilar” (203-bet). Jumladan, dramada avtor nutqi (remarkadan tashqari) ishlatilmaydi, qahramonlarning sa’yi – harakati, ruhiyati, butun borlig’i-olamini o’zlarining harakat va nutqlari orqali ochadilar. “Shu bilan birga, dramadagi so’z oddiy so’z emas, balki harakat hamdir. Har bir replika (Personaj aytgan jumla) personajlar munosabatiga, albatta, ozgina bo’lsa ham o’zgarish kirgizadi va muallifning bosh g’oyasining shakllanishini jindak bo’lsa-da, rivojlantiradi. “Halqasimonlik” replikaning ham xarakterli xususiyatidir: har bir personajning replikasi undan avval gapirgan personajning replikasi “ichidan” kelib chikadi va boshqa personajning javob replikasini tug’diradi, unga “ilinib qoladi”. Dialog dramada fikriy “qilichbozlik”-dir”... (I.Sulton, 277-bet). “Alomat. Endi bor umidingiz bolalaringizdan, ularni o’qitib “katta odam” qilmoqchisiz. Lekin ularingizdan “katta odam” chiqmaydi. Qishin-yozin daladan beri kelmaydigan chalasavod bolalardan hyech balo chiqmasligini bilasiz. Farzandlaringizning o’zingizga o’xshamasligini istaysiz, demak, o’zingizning kimligingizni ham bilasiz! Aqlingiz yetadi! Lekin yana “ko’pga kelgan to’y” deb yuraverasiz! Axir umr o’tib ketayapdi-ku, Qo’chqor aka! Qo’chqor (ko’ngli to’lib). Baribir yig’lamayman!... Yaxshi yashayapmiz, bildingizmi?... Alomat. Yig’laysiz... Ana, ko’nglingiz to’lib turibdi... Labingizni tishlamang, Qo’chqor aka, foydasi yo’q. Axir, yosh ko’zdan chiqadi, og’izdanmas... Qo’chqor (yig’lagudek bo’lib). Birov sizga hayotidan noliyaptimi? Alomat. Hamma gap shunda-da — nolimaysiz. Ko’nikib ketgansiz. Yaralar toshga aylangan-og’riq sezmaydi. Dod solib baqirish-ku, qo’lingizdan kelmas, hyech qursa ingrab qo’yishga ham qodir emassiz, Qo’chqor aka? “Hayot deganlari shunaqa bo’lar ekan” deb umringizni o’tkazyapsiz. Qalbingizni unut bo’lib ketgan, o’zingiz ham bilmaydigan alla qaysi burchaklarida miltillayotgan ushoqqina norozilikdan qo’rqasiz, uyalasiz, uni sezmaslikka olasiz! To’g’ri, qadr-qimmatingizni oshkora haqoratlanganda o’sha miltillayotgan cho’g’ alanga olganday bo’ladi va siz uni aroq bilan o’chirishga urinasiz. Dunyoga shirakayf ko’zlar bilan qarab taskin topasiz, bir qadar yupanasiz ham. Lekin ertasi kuni kayfingiz tarqab, dunyo yana asl holiga qaytadi! Shunda o’zingizni qo’yarga joy topolmaysiz, hadsiz-hududsiz olamda mushtdekkina jussangizni qo’ygani joy yo’q! So’ng yig’lamoqdan o’zga chorangiz qolmaydi va o’ksib-o’ksib yig’laysiz... Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling