dramasi haqida mahmudxo‘ja Behbudiyning «Padarkush»
Download 30.46 Kb.
|
PADARKUSH
PADARKUSH» DRAMASI HAQIDA Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Padarkush» dramasi 1911-yil- da yozilgan bo‘lib, oradan ikki yil o‘tgach, ya’ni 1913-yilda kitob ho lida nashr qilinadi. Behbudiy o‘zbek adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib dramatik asar yozdi va u Turkiston- ning barcha shaharlarida namoyish etildi. Bu bilan Behbudiy o‘zbek teatrining tamal toshini qo‘ydi. Dramada jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma’rifat ulug‘lanadi. Muallif «o‘qimagan bolaning holi»ni, ayanchli oqibatlarini bayon etishni maqsad qilib oladi. Behbudiy yosh- lar ta’lim olishi va kamolga yetishida ijtimoiy va oilaviy muhit alohida o‘rin tutishini «Padarkush» dramasi negiziga joylashtiradi. Unda qahramonlardan birining tilidan o‘z g‘oya- sini: «Biz larni xonavayron... bevatan va bandi qilg‘on tarbi- yasizlik va jaholatdir, bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqirlik, zarurat va xorliqlar... hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidir...», degan yo‘sinda bayon qiladi. Eslab qoling: «padarkush» so‘zi lug‘aviy jihatdan «ota qotili» degan ma’noni anglatadi. Dramada Boy, uning o‘g‘li Toshmurod, yangi fikrli Domla, ruscha tahsil olgan Ziyoli, boyning mirzasi Xayrullo, boyning qotili bo‘lgan Tangriqul va boshqa obrazlar qatnashadi. Dra- maturg ilgari surgan ma’rifatparvarlik g‘oyasi shu obrazlar- ning o‘zaro suhbatlari, bahs-munozaralari jarayonida namoyon bo‘ladi. Har bir obraz tabiatiga xos fazilat, xususiyat va qu- surlar ularning gap-so‘zlari, xatti-harakati, muallif tomonidan berilgan kichik izohlar yordamida ko‘rsatiladi. 19 Muallif Boy obrazi orqali pul, mol-dunyoga ega bo‘lgan, ammo uni ilm yo‘li, farzand tarbiyasi uchun sarflashni o‘y- lamagan kimsa qiyofasini beradi. Eng achinarlisi, Boy Dom- laning ham, Ziyolining ham nasihat va maslahatlariga qu- loq tutmaydi; savollariga qo‘pollik bilan, bepar vo va loqayd javob qaytaradi. Boy hamma narsani – inson qadrini ham, obro‘-e’tiborini ham boylik bilan o‘lchaydi; o‘z boyligi tufayli hamma-hamma ularni «izzat qilishadi» degan fikr bilan ya- shaydi. Dramada boyning eng katta xatosi ziyo li kishilarning so‘zlariga quloq solmasdan, quloq solsa ham, noilojlikdan, mudrab, o‘z jigarbandining taqdiriga befarq qaraganidir. Bila- mizki, sharqona madaniyatimizda farzand, eng avvalo, otaga so‘zsiz itoat etishi lozim. Boy ham vaqtida insofga kelib bolasini yo‘lga solganida, bunday mudhish holat, balki yuz bermagan bo‘lar edi. Shu yerda dramaturg boyning tilidan bir narsani ta’kidlab o‘tadiki, «mani savodim yo‘q, bovujud, bu shahrimizning katta boylaridandurman va har ishni bilur- man» – bu o‘sha zamonga monand ayni haqiqat edi. Boyning gapida yana bir xato mavjud, u boylik topishdan o‘zga ishni bilmaydi. Inson faqatgina moddiy boylik bilan yashay olmay- di. Unda ma’naviy, jismoniy hamda ruhiy boylik ham bo‘lishi lozim. Muhtaram o‘quvchi, agar diqqat qilgan bo‘lsangiz, av- val Boy huzuriga Domla kirib boradi. Boyni ilm-ma’rifatga, o‘g‘lini o‘qi tish zarurligiga urg‘u beradi. O‘z zimmasidagi amri ma’ruf va nahyi munkar, ya’ni yaxshilikka chorlab, yo- monlikdan qaytarishdek bir vazifasini bajaradi. Shuning uchun ketar mahali «Boy, man sizga amri ma’ruf etdim va menga shariat bo‘yicha lozim bo‘lgan ishni bo‘ynimdan soqit qildim» degan gapni aytadi. Keyin Ziyoli Boy huzurida paydo bo‘ladi. Boy uni ham yoqtirmaydi. Shu bois «qordan qutulib, yomg‘ir- ga uchraymiz» deb g‘udranadi. Domla aytgan fikr-mulohazaga yaqin gaplarni Ziyoli ham ta’kidlaydi. Muallif ishtirokchilar- ga ta’riflar ekan, Ziyoliga «millatchi musulmon» degan sifat beradi. Bu o‘rinda «millatchi» so‘zini «millatparvar» tarzida tushunish lozim. Chunki Ziyoli tabiatida musulmonchilik ham, 20 millatparvarlik ham jamlangan. Behbudiy millatini sevib dinini esda tutadigan, ayni damda, dinini sevib millatini ham esdan chiqarmaydigan insonlarni shu obraz vositasida ko‘rsatmoq- chi bo‘ladi. Ziyoli «olimi diniy» – din bilimdoni va «olimi zamoniy» – zamon bilimdoni bo‘lish uchun qanday ilmlarni egallash zarurligini Boy bilan bo‘lgan suhbatida bir-bir sanab chiqadi. Dramada Domla bilan Ziyolining turmushdagi yo‘l-yo‘rig‘i bir-biriga yaqin. Ular asardagi Boy, Toshmurod, Tangri qul, Artun kabi obrazlarga qarama-qarshi turadi. Dramatik asar vo- qealarini oradagi shu ziddiyat harakatga keltiradi. Bu qarama- qarshilikka ijtimoiy ma’no berib, ma’rifatlilar bilan johillar, ilmlilar bilan ilmsizlar, ogohlar bilan loqaydlar o‘rtasidagi kurash tarzida tu shunish o‘rinli bo‘ladi. Toshmurod do‘st kim, dushman kim – farqiga bormaydi. Shu ning oqibatida Tangriqul bilan birga o‘z uyiga o‘g‘rilik- ka borishga rozi bo‘ladi. Otasining sandiqdagi mol-mulkini o‘marish yo‘llarini maishatparast sheriklari bilan rejalashtiradi. Ularni o‘z uyiga boshlab borganida otasi sezib qoladi; Boyni o‘ldirib, pulini olib ketishadi. E’tibor bering, Boyning arzandasi, aynan sizning tengdoshi- ngiz Toshmurod o‘qimagani, ko‘cha changitib yurgani sababli ham o‘zidan yoshi kattaroq o‘g‘ri, muttahamlarga qo‘shilib qoladi. Mavzuga diqqat qilinsa, oradan bir asrdan ortiqroq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ayni zamonamizda ham o‘qimagani bois turli aldovlarga ishonib, yomon yo‘llarga kirib qolayotgan yosh- lar yo‘q emas. O‘g‘rilar ham Toshmurodning soddaligidan foydala nib, maho rat darslarining muqaddimasini aynan o‘zi- ning uyi da boshlab bermoqchi bo‘lishadi. Ya’ni yi gitchani o‘z uyiga o‘g‘rilikka boshlab, ustiga-ustak: «Barakalla! Ilgari ham o‘g‘irlik qilganga o‘xshaysiz», – deb tag‘in maqtab ham qo‘yishadi. Toshmu rodning atrofidagi shunday bema’ni, yo- mon odamlar bilan oshno tutinib, maishatga berilishi, buzuq yo‘llarga kirib, oxir-oqibatda ota qotili – padarkushga ayla- nishining asosiy sababi – bu o‘qimaganidir. Onasi Toshmurod- ni: «He, juvonmarg Toshmurod! Qon qus! Koshki chechakda ketsayding! Voy, padarkush! Toshmurod!» – deb qar g‘ashga 21 majbur bo‘ladi. Toshmurodga otasi ta’lim-tarbiya bermadi; oqibatda ota ham, o‘g‘il ham «qurboni jaho lat» – jaholat qur- boniga aylandi. Drama oxirida Ziyoli muallif g‘oyasini «Ilm va tarbiyasiz bolalarni(ng) oqibati shuldir. Agarda bularni otasi o‘qutsa edi, bu jinoyat va padarkushlik alardan sodir bo‘lmas va bular ichkilikni bo‘yla ichmas... edi. Dunyoga taraqqiy qilgan xalq ilm vositasida taraqqiy qiladi» degan tarzda bayon etadi. Mulohaza qilib ko‘ring, muhtaram o‘quvchi! Ilm-fan ham- ma zamonlar uchun zarur va muhim bo‘lgan. Olimlar jamiyat taraqqiyoti uchun ma’naviy tayanch vazifasini bajaradi. Shu jihatdan «Padarkush» dramasida aytilgan ilmga doir qarashlar, jaholatga qarshi ma’rifat yo‘lidan yurish zarurligi bugun ham ahamiyatli. Mahmudxo‘ja Behbudiyning ushbu dramasi XX asr bosh- larida yozilgan bo‘lsa-da, hozirgi kun bilan ham chambarchas bog‘liq. Chunki uning zamirida ma’naviy-ruhiy, tarbiyaviy ma’no yotadi. Tarbiya hech qachon eskirmaydigan hamda tu- gal yechimi topilishi mushkul bo‘lgan masalalardandir. Inson- ni yoshligidan tarbiyalash lozim. Odam farzandini ham navni- hol daraxtga mengzash mumkin. Uni qay tomonga yo‘naltirib tarbiyalansa, umrining oxirigacha ana shu yo‘ldan boradi. Mahmudxo‘ja Behbudiy juda qisqa sahna asari vositasida o‘z ma’naviy dunyosini, ilm-ma’rifatning qadr-qiymatini zo‘r mahorat bilan bayon qiladi. Aynan din ilmlaridan boxabar bo‘lgani uchun uning qahramonlari nutqida «Ilm olish barcha erkak va ayollar uchun ham farzdir», «Beshikdan mozorgacha ilm izlash lozim» yoki «Xitoyga borib bo‘lsa ham ilm talab qilinglar» kabi hadisi shariflarning mazmuni berib boriladi. Domla va Ziyoli nutqini muallif hikmatlar, ibratli gaplar- ga boy tarzda beradi. Ilmdan yiroq bo‘lgan obrazlar nutqida esa ancha kambag‘al va ko‘cha-ko‘yda qo‘llanadigan so‘zlar ishlatiladi. Aziz o‘quvchi! Siz bir narsani yodingizdan chiqarmangki, mehnat-mashaqqatsiz hech qachon biror narsaga erisha olmay- siz. Qachonki o‘qib bilim olsangiz, shundagina hayot yo‘li ngiz saodatli, umringiz oxirigacha rohat-farog‘atda o‘tadi. Shuni 22 ham unutmangki, farzandlar aynan ota-onasidan o‘rnak oladi. Bu hayotiy hikmatni Mahmudxo‘ja Behbudiy tengdoshingiz Toshmurod misolida sizlarga yetkazmoqchi bo‘lgan, albatta. Xulosa qilib aytganda, «Padarkush» dramasi ana shunday ilm-ma’rifatga targ‘ib va tashviq qilish e’tiboridan juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb e 7-savol. Bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi.Bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi. Bolalar adabiyotining kamolotida uning barcha fanlar bilan aloqadorligi muhim ahamiyatga ega. Bu M.Gorkiyning «Mavzular to’g’risida» maqolasida yorqin ifodalangan bo’lib, bolalar adabiyotining rang-barang mavzular hisobiga boyib, xilma-xil obrazlar hisobiga to’lishib borishini ta’minlashdan tashqari ma’lum darajada o’zligiga daxldor xossalarini ham oydinlashtiradi. Shu ma’noda, aytish mumkinki, bolalarga o’zlarini qurshagan olam va uning sirlaridan voqif bo’lishda, narsa va hodisalar mohiyatini idrok etishda, ularni anglash va bilib olishda, o’rganish va o’zlashtirishda bolalar adabiyoti o’ziga xos hayot darsligi vazifasini o’taydi. Aytaylik, elektr nima? Quyosh-chi? Oy-chi?Yulduzlar nega faqat kechasi ko’rinadi?Momaqaldiroq nimadan paydo bo’ladi? Yashin-chi? Suv nima? Shamol nimadan hosil bo’ladi? Tuproq nima? Yomg’ir nima? Qor nima? O’simliklar, hasharotlar nega xilmma-xil? Xullas, bunday savollarning cheku-chegarasi yo’q. Lekin bolalar bularning barchasini bilishidan iborat ehtiyojlarini qondirmay qoymaydilar. Ularning ma’naviy ulg’ayishlari ana shu istakni qondirish evaziga amalga oshadi. Binobarin, bolalar adabiyoti ana shu savollarga javob berish maqsadida fizika, astranomiya, geologiya, geografiya, kimyo, matematika, botanika, biologiya, qoying-chi kishilik jamiyati yaratgan barcha bilimlar bilan ijodiy hamkorlik qiladi. Bunda u mazkur bilimga xos sovuq ilmiy muhokama va mantiqiylikni emas, balki har qanday ilmiy tushunchaning insonni sharaflovchi badiiy obrazli ifoda etilishi orqali erishadi. Bunday obrazli ifoda pirovard-oqibatda uning qiziqarliligini (zanimatelnost) va ma’rifiyligini (poznavatelnost) ta’minlaydi. «Qiziqarli botanika», «Qiziqarli fizika», «Qiziqarli biologiya», «Qiziqarli geologiya», «Qiziqarli kimyo» yoki «Yosh tilshunos», «Yosh adabiyotshunos», «Yosh fizik» qomuslari singari bolalarbop rang-barang kitoblar, shuningdek, turli-tuman kasb-korlar, aniqrog’i, shishapazlik, chinnisozlik, yog’och va ganch oymakorligi, misgarlik va mis oymakorligi, temirchilik, kulolchilik, boyraboflik, gilamboflik, temirchilik, haykaltaroshlik, kashtachilik, zargarlik, zardo’zlik, rangpazlik, qog’oz tayyorlash va hokazolarning kelib chiqishi tarixiga oid zavqovar badia va hikoyalar yosh avlodning ular haqidagi bilimlarini chuqurlashtiribgina qoymaydi, balki ularda ajdodlar tajribalari va an’analarini o’zlashtira turib e’zozlashni, demakki, qadriyatlarni anglash jarayonida o’zliklarini anglashlariga, eng muhimi, kelajakda kim bo’lishdan iborat havaslarini uyg’otibgina qoymaydi, balki shu havasning qat’iyatga aylanishida yordam beradi. Shu mantiqqa muvofiq bolalarni yosh xususiyatlariga ko’ra uch guruhga bo’lish an’anaga aylanganki, bu ularga mo’ljallab badiiy asarlar yozishda ham rost keladi: 1). Maktabgacha tarbiya bosqichi: tug’ilgandan to 6-7 yoshgacha; 2). Kichik yoshdagi o’quvchilik davri: 6-7 yoshdan 11-12 yoshgacha yoki muchalni to’ldirguncha; 3). O’smirlik davri yoki o’rta va katta yoshdagi o’quvchilik bosqichi: 12-13 yoshdan 17-18 yoshgacha. 8-savol. Quddus Muhammadiy – bolalar shoiri. Shoir she’rlarinig mazmun-mundarijasi.XX asr oʻzbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus Muhammadiy 1907 yili Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maktabdan keyin qishloq xoʻjaligi bilim yurtida, soʻng Oʻrta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil oldi. Quddus Muhammadiy ijodi 30-yillardan boshlangan boʻlib, ilk asarlari “Sharq haqiqati” gazetasi va “Yer yuzi” jurnalida chop etiladi. Uning 1936–1937 yillarda yaratilgan “Sandal va pechka”, “Oʻz-oʻzini tanqid” kabi dostonlarida odamlar feʼl-atvoridagi, xususan, bolalar xarakteridagi ayrim nuqsonlar begʻaraz hajv qilinadi. Quddus Muhammadiy 1941–1944 yillarda mashhur baxshi Islom shoirga kotiblik qilib, uning terma va dostonlarini yozib olish bilan mashgʻul boʻldi. Urushdan keyingi yillarda birinchi sheʼriy toʻplami “Sinov” (1947) nomi bilan nashr etildi. Shundan soʻng, “Oʻquvchiga esdalik” (1947), “Sheʼr va ertaklar” (1947), “Orzu” (1948), “Bahor keldi” (1950), “Dunyoda eng kuchli nima?” (1951), “Qirq oʻgʻil va qiz” (1951), “Bizning doʻstlarimiz” (1952), “Sen tugʻilgan kun” (1952), “Yangi uy” (1953), “Mehribon doʻstlar” (1953), “Qoʻngʻizboy bilan Sichqonboy” (1955), “Tugmacha” (1956), “Tanlangan asarlar” (1957) kabi oʻttizdan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. Toʻrt jilddan iborat “Tabiat alifbosi” kitobi, ayniqsa, “Ochil dasturxon” (1970) kabi xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari ruhidagi asarlari adibga katta shuhrat keltirdi. “Qanotli doʻstlar” nomli sheʼriy kitobi 1970 yilda Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻldi. 1977 yilda Quddus Muhammadiy “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoni bilan taqdirlandi. Quddus Muhammadiy mohir tarjimon sifatida ham mashhurdir. Uning S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto, K. Chukovskiydan qilgan tarjimalari oʻzbek bolalar adabiyotining ravnaqida muhim rol oʻynadi. Q. Muhammadiy hamisha bolalar kelajagi, ularning maʼnaviy kamoloti haqida qaygʻurdi. Ularning oʻqimishli, ishbilarmon va yetuk mutaxassislar boʻlishini orzu qildi va bunday deb yozdi: Boʻlay desang bogʻbon, Yo Vatanga posbon, Yo osmonda uchuvchi, Yo dengizda suzuvchi, Nimaki qilsang tilak, Bariga oʻqish kerak. Bu satrlar uning yosh avlodga nasihatidir. 9-savol.Shukur Sa’dulla ijodida hayotga munosabat.Shukur Saʼdulla kichkintoylarga katta estetik zavq-shavq bagʻishlaydigan zabardast sheʼrlari, yosh kitobxonni yaxshilikka oʻrgatuvchi ertak-dostonlari, aʼlo oʻqishga, davrimizga sadoqatli kishilar boʻlib kamol topishga daʼvat etuvchi badiiy pishiq hikoyalari, oʻtmish hamda davrimiz bolalari hayotidan olib yozilgan pesalari, yosh qalblarni larzaga soluvchi qissalari bilan hamma yoshdagi bolalarning qadrdon va suyukli yozuvchisi boʻlib qoldi. Shukur Saʼdulla 1912 yilning yanvarida Jizzax shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi, boshlangʻich maʼlumotni ona shahridagi Narimonov nomli maktabda oldi. 1924 yilda Samarqand pedagogika bilim yurtida tahsil oldi, soʻngra Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat universitetida oʻqidi. 1931–64 yillarda Shukur Saʼdulla Oʻzbekiston davlat va “Kamalak” (“Yosh gvardiya”) nashriyotlarida muharrir, boʻlim boshligʻi, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir, direktor vazifalarida mehnat qilib, bolalar uchun adabiy-badiiy kitoblar nashr etishga oʻzining barakali hissasini qoʻshdi. h. Saʼdullaning birinchi sheʼrlar toʻplami 1932 yilda “Hayqiriq” nomi bilan bosilib chiqdi. “Hayqiriq”ning maydonga kelishi shoir ijodida juda katta voqea boʻldi. Adabiy jamoatchilikning bu kitob haqidagi fikr va mulohazalari yanada chidam, qunt bilan ijod qilishga, oʻz ustida koʻproq ishlashga, izlanishga, eng muhimi hayotni oʻrganishga va shu asosda ijod etishga chorladi. Sh. Saʼdulla butun umri davomida bunga amal qildi. Qirq yildan ortiqroq hayotini ijodga bagʻishlagan sanʼatkorning “Uch ayiq”, “Ayyor chumchuq” (1935–1936), “Yoriltosh” (1939), “Ikki sandiq” (1942), “Sen nima qilding?” (1942), “Shirin kun” (1946), “Sheʼrlar” (1955), “Sheʼrlar va ertaklar” (1957), “Pesalar” (1995), “Dastyor qiz” (1960), “Sening alboming” (1962), “Ozoda” (1969), “Komandirning boshidan kechirganlari” (1962), “Kachal polvon” (1963,1966,1967,1986), “Ism qoʻyilmagan xat”, “Sening bayraming”, “Mening aziz bolalarim” kabi kitoblari bosilib chiqdi. Dramaturg Shukur Saʼdulla tomonidan yaratilgan “Yoriltosh”, “Gulxan”, “Bizning bogʻchamiz”, “Dalada bayram”, “Vatan ishqi” (dramaturg Z. Fatxullin bilan hamkorlikda yozilgan), “Ikki bilaguzuk”, “Zubayda”, “Afsona yaratgan qiz” pesalarini tomoshabinlar yaxshi bilishadi. Quvnoq va joʻshqin asarlar kuychisi boʻlgan Shukur Saʼdulla oʻzining juda koʻp sheʼr, qoʻshiq, ertak, ertak-doston, pesalarini kichik maktab yoshidagi bolalarga bagʻishlagan. Shukur Saʼdulla tabiat kuychisi sifatida ham eʼzozlanadi. Shoir soʻlim bahorni koʻpgina sheʼrlarida qalamga olib, ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalarni hayot bilan tanishtiradi, ularda olamni tushunish qobiliyatlarini oʻstiradi. Odatda, boychechak qor erib-erimasdanoq koʻzga tashlanadi. Buni koʻrgan odamlar “Ha, bahor yaqinlashib qolibdi”, deydilar. Shoir “Boychechak” asarida shu fikrni loʻnda qilib chizib beradi: Ochildimi boychechak, Endi har yon gul demak, Chunki bahor elchisi – Shu mitti gul – boychechak. Albatta, boychechak paydo boʻlganidan keyin bahor boshlanadi, yomgʻir ustiga yomgʻir yogʻadi. Yomgʻir tabiat husniga husn qoʻshadi, odamlar ruhini koʻtaradi. Shukur Saʼdulla “Yomgʻir yogʻaloq” sheʼrida bahor yomgʻiriga muhabbat bilan munosabatda boʻladi. Bu yomgʻir ekin-tikinlar uchun koni foyda ekanligini yosh kitobxon qalbiga yetib boradigan darajada quvnoq va shoʻx misralarda yaratadi: Yomgʻir yogʻaloq, Yam-yashil oʻtloq, Endi ekinlar Chiqarar quloq… Yomgʻirdan foyda Maysaga, donga. Yurt serob boʻlar, Oq bugʻdoy, donga. Shukur Saʼdulla “Toʻrt fasl” sheʼrida yil fasllarining oʻziga xos xususiyatlarini ahamiyatli detallar yordamida yoritadi. Ularning jozibasi, tabiatga alohida koʻrk bagʻishlashi, insonlar qalbiga taʼsiri xususida bolalarbop xulosalar chiqaradi: Milt etib chiqdi quyosh, Dedi: – Doʻstlar, qish odosh. Koʻrsak, yoʻq qora bulut, Yer yuzi koʻk gilam – oʻt. Shukur Saʼdulla bahorni yaratuvchi, insonlarga estetik zavq va mehnat inʼom etgan fasl deb taʼriflagach, koʻrkam yoz fasli bilan bolalarni tanishtirishga oʻtadi. Yoz kelishi bilan xursand boʻlgan bolalarning sevinchini shoir shunday ifoda etadi: Keldi koʻklam kabi soz, Bizlar sevgan issiq yoz. Shoir Vatanimizning boyligiga boylik qoʻshgan, mehnatkashlar dasturxonini bezovchi noz-neʼmatlarni vujudga keltirgan, “toʻqson xil mevalarni pishirib”, “yangi dunyolar ochgan” kishilarni zoʻr muhabbat bilan, ajoyib misralarda ulugʻlaydi: Ekin oʻsdi yerlarda, Bugʻdoy pishdi qirlarda… Poliz toʻla bodring, Bogʻbon, tez uzib bering! – Sabr qiling siz andek, Soʻyib beray handalak. Shukur Saʼdulla yoz faslini ulugʻlash bilan kuzning ham oʻziga xos fazilatlarga toʻlaligini tabiatning oltin davri deb taʼriflaydi, kuz faslining oʻziga xosligini quyidagi tasvirlar orqali ochadi: Quyosh tushar taftidan, Qoʻrqib qishning aftidan. Sargʻayadi koʻkatlar, Barg toʻkadi daraxtlar. Hosil yigʻib olinar, Qishga zamin solinar. Shoir qish faslining ham oʻziga xos chiroyli gashti borligini, kishilarda zavq-shavq uygʻotishini lirik boʻyoqlarda koʻrsatadi: Dala-dashtda tindi ish, Keldi mehmon boʻlib qish. Qish emas, u – qorbobo, Sovgʻalari bor bobo… Xuddi yozday, bahorday – Iliq, kuzgi nahorday. Qor yogʻar, kecha-kunduz, Suv sovqotib kiygan muz. Shukur Saʼdulla ikkinchi jahon urushi davrida yanada barakali ijod etdi. “Sen nima qilding?”, “Ona va bola”, “Shohista” toʻplamlarini nashr ettirdi. Bu davrda shoir sheʼriyatida bolalar kutgan voqealar oʻz aksini topganligini koʻramiz. Mavzu rangbarangligi shoirning fikrlash doirasi kengligidan, bolalarni jondilidan sevishidan, ona-Vatanga cheksiz mehr-muhabbatidan dalolat berib turibdi. Buni “Sen nima qilding?”, “Bizning qahramon”, “Otliqlar”, “Mehmon qiz”, “Uning hikoyasi”, “Yetim emassan”, “Razvedkachi Kolya Kulikov”, “Shohista” kabi asarlari misolida ochiq-oydin koʻrishimiz mumkin. Bu sheʼlar ichida “Shohista” asari alohida ajralib turadi: Koʻk chirogʻi oy soʻndi, Barglarga shabnam qoʻndi. Tong oqarar ohista, Turar sakrab Shohista. Bu misralarda shoir Shohista ismli jajji qizchaning mehnatga muhabbati, gʻayrati, bogʻidagi uzumlarni qanchalik mehr qoʻyib parvarishlashi, shu bilan birga, uning frontda odamxoʻr yovlarga qarshi kurash olib borayotgan otasiga boʻlgan mehr-muhabbatini badiiy boʻyoqlar bilan ifodalab beradi. Shohista asaldek tovlanib pishgan uzumidan dadasiga sovgʻa hozirlaydi: Soʻngra pochtaga bordi, Dadasiga yubordi. Dadasi botir jangchi, Shohistaning quvonchi. Shukur Saʼdulla “Egizak”, “Sen menga doʻst, men senga doʻst”, “Ulugʻ shahar” (turkum), “Hovlimizning bolalari” kabi qator sheʼrlarida doʻstlik gʻoyalarini ilgari suradi. Shoirning juda koʻp sheʼrlari maktab darsliklarida, qoʻllanmalarida uzoq yillardan beri nashr etilib kelinayotir. “Oʻyin”, “Lola va mushuk”, “Bahor keldi”, “Vatanim”, “Dastyor qiz”, “Ozod diyor”, “Toʻrt fasl”, “Qush tili” shular jumlasidandir. Shoir ijodida hajviy sheʼrlar ham bir talay: “Shalabbo”, “Anqov”, “Injiq”, “Ivirsiq”, “Bizning oyi” kabi asarlarida shoir dangasa, oʻz ustida koʻp ishlamaydigan, oʻqish, izlanishni yoqtirmaydigan, injiq, ivirsiq bolalar ustidan qattiq kuladi. “Ivirsiq”da shoir oʻyinqaroq, kun boʻyi koptok oʻynab, uyga berilgan vazifasini bajarish, oʻz vaqtida uyqudan turish oʻrniga qotib uxlab darsdan kech qolgan Siddiq ismli bolaning maktab oʻquvchilariga xos boʻlmagan qiliqlarini fosh qiladi: Daftari ochiq-sochiq, Qolgan vazifa chala. Soat yurar: chiq-chiq-chiq, Yechilmagan masala. Yana jiringlab soat, Toʻqqizga zang uradi. “Ivirsiqjon” betoqat – Endi shoshib turadi. Shukur Saʼdulla xalq ogʻzaki ijodini sevgan va undan ijodiy foydalangan shoirlardan biri edi. U “Noʻxatpolvon”, “Laqma it”, “Ayyor chumchuq”, “Chol bilan boʻri” kabi oʻnlab asarlarini ertaklar asosida yaratdi. Xalq ertaklarini joʻngina sheʼrga solib qoʻya qolmadi. Balki unga ijodiy yondashdi. Shukur Saʼdullaning “Komandirning boshidan kechirganlari”, “Kachal polvon”, “Aziz qishlogʻim”, “Ism qoʻyilmagan xat” qissalari oʻzbek bolalar nasrining yaxshi namunalaridan hisoblanadi. Shukur Saʼdullaning gʻoyaviy-badiiy yuksak, bolalarbop asarlari umr boʻyi kitobxonlar qalbida yashaydi. 10-savol.Milliy uyg’onish harakati va uning o’zbek bolalar adabiyotini yuzaga Keltirishdagi roli. Jadidchilik harakatining yuzaga kelishi. Addulla Avloniy–ilk bolalar shoiri. Milliy uyg’onish, millatning o’zligini angglash jarayoni mazkur davr adabiyotining ruhi va mazmunini tashkil qildi. Millatning o’zligini anglash asos qilib olingan bu uyg’onish davri bolalar adabiyoti va matbouti uchun ham poydevor bo’loldi. O’zbek bolalar adabiyoti tarixi haqida fikr yuritilar ekan, uning ilk qadamlari XX asr boshlarida yaratilgan alifbolar, adabiyot va o’qish kitoblaridan boshlanganini alohida qayd etish lozim. Bolalar adabiyoti tom ma’noda ma’rifatparvarlikning farzandidir. Chunki jadidchilikning poydevori, tamal toshi usuli jadid maktabi bo’lgan. “Jadidchilik”ning asosida “jadid” so’zi yotadi. “Jadid”ning ma’nosi “yangi”-“yangi tafakkur”, “yangi inson”, “yangi avlod” singari keng ma’nolarni o’zida mujassam etgan. Istilohning kirib kelishi Ismoilbek Gasprali (Gasprinskiy) ochgan yangi maktab nomi bilan bog’liq. U 1884 yilda boqchasaroyda bir maktab ochib, “usuli jadid” nomi bilan ataydi. Istilohning mazmuni maktab doirasida qolmagan, albatta. Aslida jamiyatning barcha qatlamlarini jalb etib, Uyg’onish mafkurasi bo’lib xizmat qilgan; milliy mustaqillik uchun kurash olib brogan; maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi. Ismoilbekning Turkistonga kelib, Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo’lishi, uning tashabbusi bilan bu shaharlarda, so’ngroq Farg’ona vodiysida “usuli jadid” maktablari tashkil topishi butun Turkistonda jadidchilik harakati ommaviylashuviga turtki bo’ldi. Tezkorlik bilan uning uchun darsliklar tuzila boshlaydi. Ushbu maktablar uchun yozilgan ilk darsliklar esa o’z navbatida, bolalar adabiyotiga yo’l ochdi. Jumladan, 1907-17 yillarda Munavvarqorining “Adibi avval”, “Adibi soniy” darsliklari, Abdulla Avloniyning “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” majmuasi, “Birinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yoxud axloq” Ayniyning “Tahzibus sibyon”, Fitratning “O’qu”, Sh.Rahimiyning “Sovg’a”, “Kattalarga o’qish”, Hamzaning “Yengil adabiyot’, “Qiroat kitobi” kitoblari chop etilib, maktablarda o’qitilgan. Bu kitoblar, xususan alifbodan so’ng o’qitiladigan majmualar “bolalarning tabiatlariga milliy hasrat va nadomatlardan ibrat o’lan nasihatlarni o’rnashdurmak orzusinda” (Avloniy) yaratilgan edi. Demak, aytish mumkinki, ana shu darsliklar birinchi marta bola dunyoqarashi, qiziqishlari, tafakkur olami hamda yosh xususiyatlariga muvofiq yozilgan; ulardagi badiiy ijod namunalari ham kichkintoylar tasavvuriga yaqin bo’lgan. Jadid adiblari va muallimlari ta’sirida ochilgan yangi usuldagi maktablar bolalarni shunchaki xat tanishga o’rgatishga emas, ijtimoiy-siyosiy savodini chiqarishda ham muhim rol oynagan. 1917 yil fevral voqealari arafasida Turkistonda 92 usuli jadid maktabi borligi qayd etilgan. Binobarin, XX asr boshlarida “usuli savtiya” maktablari paydo bo’lishi bilan bu maktablar o’quvchilariga mo’ljallangan ko’plab alifbo va o’qish kitoblari (majmualar) ham maydonga kelib, ularga tom ma’nodagi o’zbek bolalar adabiyotining tug’ilishi deb qarash (R.Barakayev) to’g’ri e’tirofdir. Chindan-da maktab adabiyot darsliklari bolalar uchun yaratilgan ilk maxsus kitoblar sanaladi. Uning sahifalarida badiiy adabiyot namunalari darj etilishi bu fikrni asoslay oladi. Zotan, XX asr boshlaridagi o’zbek ma’rifatparvarlik harakatining yetakchi namoyandasi, Toshkentdagi yangi usul-“usuli savtiya” maktablarining asoschilaridan biri Abdulla Avloniy o’zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotiga ham samarali hissa qo’shgan shoirdir. 11-savol.Pо‘lat Mо‘min she’riyatining o’ziga xosligi.Poʻlat Moʻmin adabiyot ixlosmandlariga, xususan, yosh avlodga shoir, dramaturg sifatida tanish va yaqindir. U oʻzining quvnoq sheʼrlari, zavqli qoʻshiqlari, qiziqarli dostonlari va ertaklari bilan bolalarning sevimli shoirlaridan biriga aylangan edi. U 1922 yil 24 dekabrda Toshkent shahrida tavallud topadi. Avval pedagogika bilim yurtida tahsil oladi. Soʻng Toshkent Davlat pedagogika institutini tugatib (1944), oʻqituvchilik qiladi. 1948–1950 yillarda gazetalarda adabiy xodim, 1951–1952 yillarda Oʻzbekiston Davlat nashriyoti bolalar adabiyoti boʻlimining mudiri boʻlib ishlaydi. 1954–1960 yillarda Yozuvchilar uyushmasida, 1962–1964 yillarda Madaniyat vazirligi qoshidagi Sanʼat ishlari boshqarmasida xizmat qiladi. 1949 yilga kelib uning “Sayrang, qushlar” nomli ilk toʻplami chop etiladi. Ketma-ket “Boʻl tayyor!”, “Tish choʻtkasi ertagi” (1955), “Hunardan unar” (1958), “Toʻgʻri oʻsgan gul boʻlar” (1960), “Aql qayerda boʻlar?” (1962), “Oltin nay” (1967), “Rahmatga rahmat” (1969), “Eson va omon” (1971), “Odob va oftob” (1971), “Yaxshilarga oʻxshasam”, “Gul va piyoz”, “Kuldi xiyol”, “Men sevaman, sen sevasanmi?”, “Oltin boshoqlar”, “66 oltin qoʻl”, “Ertakdan ertakka” (1990), “Fardlar kitobi” (1993) va boshqa toʻplamlari nashr etildi. Uning “Bolajon, bolajonim” kitobi 2004 yilda kitobxonlar qoʻliga tegdi. Bu toʻplamlarning hammasida yoshlarning begʻubor ruhiy dunyolari, qalb harorati va iztiroblari ifodalangan. Poʻlat Moʻmin dramaturg sifatida ham “Qovoqvoy va Chanoqvoy” (1970), “Suqatoy va Konfetoy”, “Bahodirning jasorati” kabi asarlarini yaratgan. U, ayniqsa, mohir qoʻshiqchi shoir sifatida elga tanilgan. Shoirning “Indamadi”, “Onadur ul, onadur”, “Senga bir gap aytaman” kabi oʻnlab qoʻshiqlari oʻzining sodda va ravonligi, musiqiy va xalqchilligi bilan xalqimiz yuragidan oʻrin olgan. U mohir tarjimon sifatida A. Pushkin, V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto, N. Nosov asarlarini ona tiliga oʻgirgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Poʻlat Moʻminning adabiyotimiz oldidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholangan. U 1998 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan. 12-savol.20-30-yillar о‘zbek bolalar adabiyoti. Maʼrifatparvarlikni bayroq qilib koʻtargan Abdulla Avloniy, Hamza, Fitrat, Elbek, Munavvarqorilar tomonidan yozilgan darslik va qoʻllanmalarda bolalar hayoti, oʻqishi, axloq-odobi haqida materiallar beriladi. Abdulla Avloniyning (“Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yoxud axloq”), Hamza Hakimzoda Niyoziyning (“Yengil adabiyot”, “Axloq hikoyalari”, “Qiroat kitobi”) asarlarida yangi davr nafasi ufura boshladi. Oʻtgan asrning 20yillarida Fitrat, Choʻlpon, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Gʻayratiy, Shokir Sulaymon, Oybek va boshqalarning katta yoshdagi bolalar uchun yozgan asarlarida ilm va mehnatga chaqiriq keng oʻrin oldi. Kattalar adabiyotining joʻshqin kuychisi Usmon Nosir oʻzining “Bogʻim” sheʼrida inson mehnat qilsa, bogʻ yaratsa, uning mehnati hech qachon yoʻq boʻlmasligini, ayniqsa, u bogʻ barpo qiladigan boʻlsa, uning dov-daraxti mangulikka daxldor ekanligini quyidagicha taʼrifladi, bolalarni mehnat qilishga, bogʻ-rogʻlarni koʻpaytirishga chorladi: Bargdek uzilib ketsam, Unutmas meni bogʻim. Ishimni hurmat qilur, Gullardan haykal qurur. Sheʼrlarim yangrab qolur, Ming yillardan keyin ham Unutmas meni bogʻim. Inson hayotda ishonch bilan yashashi kerak. Ayniqsa, odamlarga, xalqqa ishonch har bir bolada boʻlishi lozim. Insonni inson qiladigan ham, uni bor qiladigan ham, yer bilan yakson qiladigan ham xalq. Xalqni sevish, xalqqa ergashish azaldan bor boʻlgan. Shoir Choʻlpon ham xalqning naqadar buyuk kuchqudratga ega ekanligini, bolalar yurish-turishda, oʻqishda, odobaxloqda xalqqa ergashsa, xalqning ogʻirini yengil qiladigan boʻlsa, oʻsib, ulgʻayib har qanday ishning qulogʻini ushlaydigan boʻlsa, aslo kam boʻlmasligini “Xalq” asarida juda xalqona ohangda, hikmatlar shaklida aytadi: Xalq dengizdir, xalq toʻlqindir, xalq kuchdir, Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq oʻchdir. …Butun kuchni xalq ichidan olaylik, Quchoq ochib xalq ichiga boraylik! Bolalar adabiyoti yildan yilga shakllanib, koʻzga tashlana boshladi. Ayniqsa, bu yillarda yuqoridagi qalamkashlarning safiga Z. Diyor, D. Oppoqova, M. Fayziy, I. Muslim, A. Rahmat, Sh. Saʼdulla, S. Joʻra, M. Oqilova, Q. Muhammadiy, H. Nazirlarning kelib qoʻshilishi katta voqea boʻldi. Ular bolalarni yaxshi oʻqishga, ilm-fan nurlaridan bahramand boʻlishga, davrning haqiqiy oʻgʻil-qizlari boʻlib kamol topishga targʻib etadilar. Bolalar adabiyoti yildan yilga rivojlanib bordi. 30yillarga kelib, oʻzining professional shoir va yozuvchilariga ega boʻldi. Poyeziya (Zafar Diyor, Adham Rahmat, Ilyos Muslim, Shukur Saʼdulla, Sulton Joʻra, Mahmuda Oqilova, Quddus Muhammadiy), proza (Majid Fayziy, Dorjiya Oppoqova, Hakim Nazir), dramaturgiya (Zafar Diyor, Dorjiya Oppoqova) sohalarida bolalar ijodkorlari yetishib chiqdilar. Sadriddin Ayniy, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Oybek, Shokir Sulaymon, Elbek va Gʻayratiylar ham oʻzbek bolalar adabiyotini yuksaltirish ishiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. Bu davrda Zafar Diyorning “Qoʻshiqlar” (1933), “Tantana” (1936), “Sheʼrlar” (1939), “Muborak” (1940), “Sheʼr va hikoyalar” (1940) toʻplamlari va “Mashinist” (1935) poyemasi, “Baxtli yoshlik” dramasi, “Joʻnatish”, “Nojoʻyaliklar” hikoyalari; A. Rahmatning “Dum” (1938), “Baxtli yoshlik” (1939), “Zavqli allalar” (1940), “Sheʼrlar” (1940), “Hiylagar tulki” (1940) kitoblari; Sulton Joʻraning “Fidokor” (1940); Ilyos Muslimning “Oʻsuv” (1932), “Zaharxandalar” (1932) toʻplamlari, “Miqti keldi” poyemasi (1934); Shukur Saʼdullaning “Hayqiriq” (1933) toʻplamlari bosilib chiqdi. Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan juda koʻplab asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilindi. Buning natijasida oʻzbek bolalar adabiyoti har tomonlama boyib bordi. Ayniqsa, “Yosh turkistonliklar”, “Bolalar yoʻldoshi”, “Bolalar dunyosi”, “Oʻzgaruvchi yoshlar”, “Yosh kuch” kabi nashrlarning yoʻlga qoʻyilishi bolalar adabiyotining har tomonlama rivojlanishiga sabab boʻldi. Xullas, bolalar adabiyotining mavzu doirasi kengaya bordi. Yoshlik, maktab hayoti, ona yurt tabiati, xalqlar doʻstligi, ilm, hunar va texnikaga muhabbat mavzulari bolalar adabiyotidan keng oʻrin oldi. 13-savol.2. H.H.Niyoziyning ijodiy faoliyati. Hamza – bolalar shoiri. Hamza XX asr oʻzbek adabiyotiga tamal toshini qoʻyganlardan biri. XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek madaniyatining eng yirik namoyandalaridan, faol maʼrifatparvar shoir, oʻqituvchi, jamoat arbobi. U sheʼriyatni hayotga va xalqqa yaqinlashtirish, hozirgi zamon nasrini oʻzbek adabiyotida qaror topdirish, ayniqsa drama, komediya, tragediya yaratish bobida va teatr sanʼatini rivojlantirishdaulkan izlanishlar va kashfiyotlar qilgan sanʼatkordir. Hamza kompozitor, rejissyor, jurnalist, pedagog va darsliklar muallifi sifatida ham keng maʼlumdir. Hamzaning “Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi” (1915–1917), “Zaharli hayot” (1916), “Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi” (1927), “Maysaraning ishi” (1926) kabi dramatik asarlari oʻzbek adabiyotida yangi hodisadir. Hamza 1889 yilda Qoʻqonda tabib oilasida tugʻildi. Otasi maʼrifatli, ilgʻor ziyoli edi. Hamza eski maktabda, rus-tuzem maktabida va madrasada oʻqidi, fors, arab va rus tillarini oʻrgandi. Shu bilan birga Fuzuliy, Navoiy, Hofiz kabi mashhur Sharq shoirlari, Furqat, Muqimiy asarlari ustida mustaqil mutolaa qildi, ulardan oʻrgandi, ilhomlandi va ular taʼsirida 1905 yildan boshlab “Nihon” taxallusi bilan sheʼrlar yoza boshladi va 25 yoshdayoq “Devon” tuzdi. Ularda Sharq sheʼriyatiga xos muhabbat, diniy tematika bilan birga maʼrifatga chaqirish muhim oʻrin egallaydi. Hamza oʻzining pedagogik faoliyatini 1910 yilda Toshkentda Qashqar mahallasida, 1911 yilda Koʻqonda, 1914 yilda Margʻilonda va yana Qoʻqonda maktablar ochib, bolalarni oʻqitishdan boshladi. Hamza bu maktablarda dars beribgina qolmasdan, ayni choqda “Yengil adabiyot”, “Oʻqish kitobi”, “Qiroat kitobi” (1914–1915) kabi darsliklar ham yozdi. U bir shaharda usuli savtiya maktabini ochib quvgʻin qilinsa, ikkinchi shaharda yana shunday jadid maktabini tashkil qildi, koʻproq kambagʻal bolalarni va kambagʻallarni oʻqitishga intildi. Hamzaning maorif-oʻqitish ishlaridagi yutugʻi shunda boʻldiki, islomni usuli savtiya bilan bogʻlay oldi – Qurʼon va Xadislarni faol yordamga tortib, xalqni ilm-maʼrifatga, yangilikka daʼvat etdi. Download 30.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling