Drenajlash orkali suvsizlantirish


Download 1.31 Mb.
bet7/9
Sana04.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1077196
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boyitish jarayonlari

Sentrifugalash


Sentrifugalash deb mayin zarrachali mahsulotlardagi suvni yo‘kotish uchun markazdan qochirma kuchni ishlatib suvsizlantirish jarayoniga aytiladi.
Sentrifugalarning sxemasi 58– rasmda keltirilgan. YOn devori setkali (teshik-teshik) yoki yaxlit konusli rotor o‘z o‘qi atrofida katta tezlikda aylanadi. Setkali rotorli sentrifugalar filtrlovchi sentrifugalar deyiladi va ko‘pincha mayda ko‘mirli boyitmalarni suvsizlantirish uchun ishlatiladi.

88 - rasm. Sentrifugalarning sxemasi. a) filtrlovchi; b) cho‘ktiruvchi.
Aylanuvchi rotor ichiga yuklangan mahsulot markazdan ko‘chirma kuch bilan rotorning setkali yuzasiga sikiladi va sekin pastga sirpanuvchi cho‘kma xosil qiladi. Suv shu kuch ta’sirida cho‘kma orqali filtrlanib, setkaning teshiklari orasidan o‘tadi va kuyulish patrubkalari orqali chiqarib olinadi. YAxlit rotorli sentrifugalar cho‘ktiruvchi sentri- fugalar deyiladi va suyuq bo‘tanalarni suvsizlantirish uchun qo‘lla- niladi. Suvsizlantiriluvchi mahsulot barabandagi tuynuk orqali markaz- dan qochirma kuch bilan sentrifuga rotoriga tashlanadi va rotorning yaxlit yon devoriga siqiladi. Suv cho‘kmadan siqib chiqariladi, rotorning yonbosh qopqog‘idagi teshikdan oqib tushadi va quyulish patrubkasi orqali chiqarib olinadi. Cho‘kma shnek yordamida rotorning devori bo‘ylab ikkinchi yon bosh qopqoqqa tomon xarakatlanadi va bo‘shatuvchi voronkadan tushirib olinadi. CHo‘ktiruvchi sentrifuganing rotori va shneki bir tomonga, lekin turlicha tezlikda aylanadi. Ikkala turdagi sentrifugalarning rotorlari xam qoplama bilan yopiladi.
Filtrlovchi sentrifugalar yirikligi - 13 + 0 mm va namligi 15 - 30 % ko‘mirli boyitmalarni suvsizlantirishda 8 – 10 % namligi mahsulot beradi va ishlab chiqarish unumdorligi qattiq zarrachalar bo‘yicha 30 – 40 t/soatga etadi.
CHo‘ktiruvchi sentrifugalar esa -1 +0 mm li ko‘mirli shlamlarni suvsizlantirishda 16 – 18 % namlikka ega cho‘kmani ushlab beradi. Ishlash unumdorligi qattiq zarrachalar bo‘yicha 40 – 60 t/soatga etadi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling