Dtpi aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yoʻnalishi 3-kurs 12B-20 guruh talabasi Begmatov Sanjarning Botanika tadqiqod uslublari fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi
Download 1.08 Mb.
|
Botanika.7
- Bu sahifa navigatsiya:
- ETBORTINGIZ UCHUN RAHMAT.
DTPI Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yoʻnalishi 3 kurs 12b-2020 guruh talabasi Rajabov Olchinbekning Botanika tadqiqod uslublari fanidan tayyorlagan taqdimot ishi.Mavzu: Oʻsimliklarning floristik tarkibini oʻrganish uslublari.Reja: 1. To‘pgullarning umumiy ta’rifi. 2. To‘pgullarni morfologik xususiyatlari. 3. Oddiy to‘pgullar. 4. Murakkab to‘pgullar. Yopiq urug‘li o‘simliklarni novdalari shaklan o‘zgarib gul chiqargan shoxchalarga aylanadi, bunday shoxchalar to‘pgullar deb ataladi. To‘pgulni o‘rtasida vegetativ barg bo‘lmaydi. To‘pgulli shoxlanish natijasida ulardagi gullar soni ko‘payadi, bu esa hasharotlarga uzoqdan yaxshi ko‘rinadi. To‘pguldagi gullar birdaniga ochilmasdan biri-ketin ochiladi bu ham chetdan changlanishga imkon yaratadi. Shamol yordamida changlanadigan o‘simliklarda shamolda oson tebranadigan to‘pgullar (kuchallalar, boshoq, shingil) changlanishni osonlashtiradi. To‘pgullarni biologik ahamiyati shundan iboratki, plastik material kam sarf etiladigan mayda gullar to‘pgulga to‘planib hasharotlarga uzoqdan yaxshi ko‘rinadi (ziradoshlar, astradoshlar va boshqa o‘simliklarda). To‘pgullar hasharotlarga yaxshi ko‘rinadi va chetdan changlanishni tezlashtiradi. Shamol yordamida changlanuvchi o‘simliklarning to‘pgullarga yon bargchalar bilan tutashmagan. Bu esa changni shamol yordamida tarqalishiga ko‘maklashadi. 2. To‘pgullarni morfologik xususiyatlari. To‘pgullarni aniqlashda ulardagi ba’zi muhim belgilar hisobga olinadi. 1. Novdada barglarni hosil bo‘lish yoki bo‘lmasligiga qarab – frandoz, brakteoz va bargsiz to‘pgullarga bo‘linadi; 2. Shoxlanish xususiyatiga qarab oddiy va murakkab to‘pgullarga; 3. Novdani o‘sish xususiyatiga qarab monopodial va simpodial to‘pgullarga ajratiladi; Monopodial to‘pgullarda novdaning shoxlanishi apekal (tepa) meristemasidan hosil bo‘ladi va tepa gul eng keyin ochiladi. Bunday to‘pgullar monopodial, ratsemoz (lot. ratsemoz-shingil, gul o‘qi) yoki botrik (yunon. botris-shingil) to‘pgul deb ataladi. Monopodial yoki botrik to‘pgul, notekis gullaydi, ya’ni gullari ketma-ket pastdan yuqoriga qarab ochilib boradi, uchki gullari hammadan keyin ochiladi (jag‘-jag‘, ivan choy, lagoxilus-ko‘kparang va boshqalar).Simpodial yoki soxta dixotamik shoxlanishga ega bo‘lgan to‘pgullar simoz (yunon. kyuma-to‘qin) to‘pgul deb ataladi. Bunday to‘pgulning novda uchi gul bilan tugallanadigan to‘pgul. Ularda avvalo bosh o‘qdagi tepa gul birinchi bo‘lib ochiladi (kartoshka, nezabudka, faseliya va boshqalar). 4. To‘pgulni bosh o‘qidagi meristemasi gulga aylansa bunday to‘pgul yopiq yoki aniq to‘pgul deb ataladi. Ba’zi o‘simliklarda apikal meristema vegetativ bo‘lib, o‘sishni davom etadi va yon gullarni hosil qiladi. Bunday gullar ochiq yoki noaniq to‘pgul deb ataladi. Murakkab to‘pgullarning markaziy o‘qi monopodial va simpodial shoxlanadi, bunday to‘pgullarni tirs deb ataladi, tirs shaklidagi to‘pgullar yalpizdoshlar, kampirchapondoshlar, chinniguldoshlar, sigirquyruqdoshlar va boshqa oilalarda uchraydi. 3. Oddiy to‘pgullar Oddiy to‘pgullar monopodial shoxlangan bo‘lib, bitta markaziy gul o‘qida joylashadi. Ularga quyidagilar kiradi. 1.Shingil yoki shoda. Bunda asosiy gul o‘qida gul bandiga ega bo‘lgan gullar yakkayakka joylashadi. Masalan, uzum shingili tashqi ko‘rinishi jihatidan shingil har xil bo‘ladi. Masalan, frandoz (binafsha), brakteoz (cheryomuxa), ochiq (giasit), yopiq (qo‘ng‘iroqgul), bir yoki ikki gulli (no‘xat) 2. Oddiy qalqon (yassi to‘pgul). Asosiy gul o‘qining pastida joylashgan gul bandlari uzunroq bo‘lib, gulning hammasi bir tekis bo‘lib joylashadi (nok, do‘lana, olma). 3. Boshoq. Bunday to‘pgulning asosiy o‘qida bandsiz yoki bandli gullar zich bo‘lib joylashadi (zubturum, tizimgul va boshqalar). 4. So‘ta. Bitta etdor yo‘g‘on o‘qda boshoq kabi bir necha gullar joylashadi (makkajo’xori so‘tasi, ig‘irkalla). 5. Soyabon. To‘pgulning asosiy o‘qi qisqa bo‘lib, barcha gullarning gulbandlari shu o‘q ichidan chiqqanday bo‘lib joylashadi (navro‘zgul, gilos, nok, piyoz, primula va boshqalar). 6. Boshcha. (kallakcha). Asosiy o‘q biroz kengaygan bo‘lib, gullar yo bandsiz yoki qisqa bo‘ladi (sebarga va ba’zi astragallar). 7. Savatcha. Oddiy to‘pgullarni taxasuslashgani bo‘lib astradoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning to‘pguli hisoblanadi. Bularda asosiy o‘q “savatchaga” o‘xshash kengaygan bo‘lib, mayda o‘troq gullar zich joylashgan. Savatchada gullar akropetal – markazga tomon ochiladi, ya’ni birinchi bo‘lib chetdagi gullar va eng oxirida o‘rtada joylashgan gullar ochiladi. Savatchani yon va ost tomonidan atrofini bargchalar o‘rab turadi. Bu bargchalar hali ochilmagan yosh gullarni himoya qiladi (masalan, kungaboqar, moypechak, bo‘tako‘z, qoqi va boshqalar). 4. Murakkab to‘pgullar Murakkab to‘pgullarni markaziy o‘qida bir necha oddiy to‘pgullar joylashgan bo‘ladi. SHuning uchun ham ularni markaziy o‘qi ko‘p bo‘lib ko‘rinadi, bunday to‘pgullar poliotelik (yunon. poli-ko‘k, otela markaziy o‘q) to‘pgul deb ataladi (yalpizdoshlar, burchoqdoshlar, sigirquyruqdoshlar va boshqalar). Murakkab to‘pgullarga quyidagilar kiradi: Murakkab shoda (shingil) yoki shoxlangan to‘pgul. Bunday to‘pgullarda asosiy markaziy monopodial o‘q uzoq vaqt o‘sishni davom ettiradi va natijada bir o‘qda bir necha shoxchalar rivojlanadi, bu shoxchalar o‘z navbatida shoxlari ham gullar o‘rnashadi (masalan, qashqarbeda). Qashqarbedaning markaziy monopodial o‘qi frandoz shoda bo‘lib, shoxchalaridagi oddiy gullari ochiq brakteoz to‘pgullardan iborat. Shodalardan hosil bo‘lgan bunday to‘pgulni ba’zan supurgi boshoq deb ataladi. ETBORTINGIZ UCHUN RAHMAT.Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling