Alohida mamlakatlar milliy bozori hamda jahon bozori farqlanadi. Jahon bozori bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. Agar milliy bozorda tovarlar harakati iqtisodiy omillar (ishlab chiqarish aloqalari, transport, xom ashyo, mehnat resurslari va h.k.) bilan bog’liq bo’lsa, tovarlarning jahon bozoriga bu omillardan tashqari alohida davlatlarning tashqi iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. - Alohida mamlakatlar milliy bozori hamda jahon bozori farqlanadi. Jahon bozori bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. Agar milliy bozorda tovarlar harakati iqtisodiy omillar (ishlab chiqarish aloqalari, transport, xom ashyo, mehnat resurslari va h.k.) bilan bog’liq bo’lsa, tovarlarning jahon bozoriga bu omillardan tashqari alohida davlatlarning tashqi iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.
- Milliy xo’jaliklar va ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakllangan jahon xo’jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.
Tovarlar mamlakatlar o’rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, ijtimoiy zaruriy baynalminal mehnat sarflari jahon bozorida e’tirof qilinadi. - Tovarlar mamlakatlar o’rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, ijtimoiy zaruriy baynalminal mehnat sarflari jahon bozorida e’tirof qilinadi.
- Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda, sof holda amalga oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo’lishiga to’sqinlik qiluvchi maxsus omillar jahon narxlariga ta’sir qiladi. Tashqi savdo va valyuta cheklashlari, valyutalar qiymatining o’zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi chayqovchiliklar va hokazolar shular jumlasidandir. SHu sababli ayrim mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlashuv qobiliyatidagi farqlar, pirovard natijada mehnat unumdorligining milliy darajadagi farqlarini aks ettiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |