Duduqlanish


Download 8.79 Kb.
bet1/3
Sana17.11.2023
Hajmi8.79 Kb.
#1782837
  1   2   3
Bog'liq
DUDUQLANISH

DUDUQLANISH

REJA: 1.Duduqlanishning kelib chiqishi 2.Duduqlanish shakli va sabablari 3.Duduqlanish paydo bo’lishiga yordam beradigan shart sharoitlar 4.Duduqlanish asoratlari,tashxislash,davolash va oldini olish


Duduqlanish (tutilib gapirish) — ko’pincha nutqning boshida (kam hollarda, o’rtasida) paydo bo’ladigan artikulyatsion va hiqildoq mushaklarining spazmatik (toritishishli) harakatlaridir, natijada bemor bir tovushda (yoki tovushlar guruhida) tutilib qolishga majbur bo’ladi. Duduqlanishning ushbu alomatlari klonik va tonik spazmlar bilan juda o’xshash. Klonik duduqlanishda so’z, bo’g’in va ohanglarni takroriy shakllanishi kuzatiladi. Tonik duduqlanish tovush chiqarish to’xtashi bemor boshqa tovushni artikulyatsiya qilishga o’tishiga imkon bermaydi.
Nutq maromining buzilishi, harf va boʻgʻinlarni tutilib-tutilib yoki bir necha marta qaytarib talaffuz qilish. Koʻproq bolalarda uchraydi. Tugʻma irsiy omillar (alkogolizm, giyohvandlik), koʻpincha qoʻrqish, hayajonlanish (kamdan-kam hollarda taqlid qilish), homiladorlik davridagi turli zararli illatlarning homila jismiga taʼsiri, baʼzan goʻdaklikda endi nutq shakllanayotganda ruhiy kasalliklar bilan ogʻrish, bosh miya shikastlari va boshqa kasalliklar sabab boʻladi. Ayrim hollarda duduq bolaning beixtiyor qoʻl, oyoqlari qimirlab, yuz muskullari uchib turadi. Duduqlar uyalganda, hayajonlanganda koʻproq tutilib qoladi. Oʻz vaqtida toʻgʻri davo qilinmasa, bola maktabga borganida Duduqlanish yanada kuchayadi, ayniqsa, oʻsmirlar Duduqlanishdan uyalib, kam gapirishga, oʻz fikrlarini bosh va qoʻl harakati bilan tushuntirishga intilishadi. Duduqlanish yosh ulgʻaygan sari kamayib boradi, baʼzan duduqlanish umrbod saqlanib qoladi .
Duduqlanishning nevrotik va nevrozga o’xshash shakli mavjud. Nevrotik duduqlanish sog’lom bolalarda stress va nevroz natijasida paydo bo’ladi. Nevrozga o’xshash duduqlanish asab tizimi kasalliklariga chalingan bolalarga xosdir (ham tug’ma, ham orttirilgan, masalan bolalar serebral falajligi).
Boshqa manbalarda duduqlanishning yuqorida aytilgan tonik va klonik shakllari ajratiladi.
Duduqlanishning ikki sababi bor: turtki bo’luvchi va provokatsiyalovchi. Duduqlanish rivojlanishiga turtki bo’luvchi sabablar orasida quyidagilarni ajratish kerak:
  • Irsiy moyillik;
  • Ensefalopatik oqibatlarga olib keladigan kasalliklar;
  • Bachadon ichida, tug’ilish davomidagi jarohatlar;
  • Asab tizimining ortiqcha ishlashi va charchashi (yuqumli kasalliklar natijasida).


Download 8.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling