Dukchi eshon qo‘zg‘oloni
Download 1.68 Kb.
|
Dukchi eshon qo‘zg‘oloni-fayllar.org-1
Dukchi eshon qo‘zg‘oloni Tarixga “Dukchi eshon qo‘zg‘oloni” nomi bilan kirgan Andijon qo‘zg‘oloni 19-asr oxiridagi xalq harakatlarining eng kattalaridan biridir. U Muhammad Ali eshon (1846-1898) nomi bilan mashhur. Andijon qoʻzgʻoloni (1898) -oʻzbek xalqining mustamlakachilik va milliy zulmga qarshi ozodlik harakati. Dukchi Eshon qoʻzgʻoloni (voqeasi) nomi bilan ham mashhur. Unga Andijon uyezdining Mingtepa qishlogʻilik Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli rahbarlik qilgan.Turkistonda Rossiya imperiyasining 19-asr ikkinchi yarmida oʻrnatgan mustam-lakachilik tuzumi mahalliy aholini siyosiy huquqlardan mahrum etdi, mil-liy, diniy qadriyatlarini tahqirladi, iqtisodini esa imperiya maqsadlariga boʻysundirib, xalqning turmushi, moddiy ahvolini yomonlashtirib, qashshoqlanishiga olib keldi. Ayniqsa Fargʻonada Rossiya sanoati uchun zarur boʻlgan paxta xom ashyosini yetishtirishga zoʻr berilishi natijasida viloyatdagi aholi hayoti nihoyatda ogʻirlashdi. Ogʻir mehnat sharoitida yetishtiriladigan paxta xom ashyosi arzimas narxda sotib olinib, Rossiyaga olib ketilar, dehqon esa bundan durust moddiy manfaat koʻrmay, aksincha, turli xil ogʻir soliq, toʻlov va qarzlar iskanjasida yil say-in qash-shoqlashib borardi. Viloyatda paxta ekin maydonlarining tez sur’at bilan oʻsib borishi gʻalla mahsulotlari, bugʻdoy yetishtirishni keskin kamayi-shiga, aholini chetdan keladigan gʻallaga qaram boʻlishiga olib keldi. http://fayllar.org Download 1.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling