Dunyo dinlari tarixi


Katoliklik marosim larining o'ziga xos tomonlari


Download 0.49 Mb.
bet50/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92
Bog'liq
дин

Katoliklik marosim larining o'ziga xos tomonlari.

  • Katoliklar bolani cho'qintirayotganlarida suvga botirib olmaydilar, balki uning ustidan suv quyadilar.

  • Cho'qintirilgandan keyin surtiladigan xushbo'y moy go'daklikda emas, balki balog'atga yetgandan keyin surtiladi.

  • Katoliklar non va vino bilan emas, balki faqatgina non bilan prichasheniye qiladilar. Cherkov ta'limotiga ko'ra, qavmlar bu marosimni bajo keltirish bilan Isoga ham vujud va qondosh bo'lib qoladilar.

  • Salb ishorasi uch barmoq bilan emas, balki besh barmoq bilan bajariladi. Katoliklarning marosimlari juda dabdabali va tantanali o'tishi bilan ajralib turadi. Marosim vaqtida organ chalinadi, yakka ashulachilar va xor munojotlar aytadi.

  • Diniy ibodatlar asosan lotin tilida bajariladi (Vatikan 1965- yildan buyon ibodatlarni milliy tilda o'tkazishga ruxsat etgan).

Katoliklikning qonunlashtirilgan qoidalari jihatidan xristianlikning boshqa yo'nalishlaridan farqlari quyidagilardir:

  • barcha ruhoniylarning uylanmasligi;

  • kardinallar institutining mavjudligi (kardinal katolik cher- kovida Rim papasidan keyingi oliy ruhoniy). U papa tomonidan tayinlanadi va uning yaqin maslahatchisi hisoblanadi. Ayni payt­da kardinallar kollegiyasi papani saylaydi;

  • Papaning din va axloq ishlarida mutlaqo gunohsizligi;

  • 21 jahon soborining tan olinishi (pravoslavlarda yettita);

  • dunyoviy kishilarning Bibliyani izohlashlari mumkin emasligi;

-nikohni bekor qilishning mumkin emasligi.
Protestantlik ta’limoti va marosimlaridagi umumiy va farqli tomonlar Protestantlik ham umumxristian ta’limotini e’tirof etsa-da, bu oqimda uchta yangi qoida mavjud. Bular:
a) shaxsan e’tiqod bilan najot topish;

  1. dinga ishonuvchi barcha kishilarning ruhoniy bo‘lishi mumkinligi;

d) Bibliyaning oliy nufuzi.
Bu qoidalarning mazmuni shundan iboratki, insonlar Isoga shaxsan e’tiqod qilishlari bilan oxiratda gunohlaridan forig‘ bo‘lishadi. Cho‘qintirilgan har bir xristian ruhoniylaming vosi- tachiligisiz ham ibodat qilish huquqiga ega. Binobarin ruhoniy- lar qavmlarning tavbasini qabul qilish va ularni gunohlardan forig‘ etish huquqiga ega emas.
Ayni paytda, protestantlik faqat Bibliyanigina diniy ta’limot manbai deb tan oladi. U ona tiliga taijima etilgan. Uni sharhlash ham mumkin.
Bundan tashqari, protestantlik katolik cherkovining Rim pa­pasi yagona va u gunohdan xoli, degan ta’limotini ham rad etadi. Shuningdek, «savobli ishlar zaxirasi», «xizmatlar xazinasi», a’rof, u dunyo huzur-halovatlari to‘g‘risidagi ta’limotlar rad etiladi. Protestantlik xristianlik marosimlarini bajo keltirish masalasiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritgan. Xususan, u katoliklikka xos maro­simlar ijrosidagi dabdabalikni inkor etadi.
Yettita sirli (tainstva) marosimlardan faqatgina «cho‘qintirish» hamda «non va vino tortish» marosimini qoldirgan. 0‘lganlarga bag'ishlab duo o‘qishni, aziz-avliyolarga sig‘inishni, ular sharafiga atab turli-tuman bayramlar o‘tkazishni, ikonalarga topinishni bekor qilgan. Cherkovlar ortiqcha hashamlardan xoli qilingan va qo'ng'iroqlar olib tashlangan. Protestantlik monastirlardan va monaxlardan xoli. Qavmlar ibodatlarni o‘z ona tillarida ba- jaradilar. Protestantlikda ruhoniylaming oila qurishi taqiqlan- maydi.
Pravoslav ta'limotining katolik ta'limotidan farqlari. Pravoslaviye (Chin e'tiqod) umum-xristianlik ta'limotini to'la tan oladi. Shunday bo'lsada, uning katoliklikdan farq qiluvchi tomonlari mavjud. Chunonchi, katoliklik muqaddas Ruh xudo Ota xudodan ham, O'g'il xudodan ham kelib chiqqan, deb ta'lim bersa, pravoslavlik muqaddas Ruh xudo faqat Ota xudodan kelib chiqqan, deb hisoblaydi.
Shuningdek, pravoslavlikda a'rof to'g'risidagi ta'limot ham yo'q. Xristianlikning boshqa oqimlardan farqli o'laroq, pravoslavlik har bir odamda uchta tug'ilish kuni bo'ladi, deb hisoblaydi. Birinchi tug'ilish kuni bu — odamlarning dunyoga kelgan kunidir. Biroq bu kun kishi hayotida muhim kun emas. Chunki bu odam yaxshi odam bo'lib chiqadimi yoki yomon odam boiadimi — bu hali noma'lum.
Inson uchun ikkinchi tug'ilish kuni — u cho'qintirilgan kundir. Bu kun birinchi kunga nisbatan muhimroqdir. Chunki ikkinchi tug'ilish kunida inson behishtda abadiy hayot kechirish uchun huquq oladi. Biroq o'sha odam yaxshi xristian bo'lib chiqadimi yoki aksimi — bu hali noma'lum. Shuning uchun ham eng muhim tug'ilish kuni bu — odamning o'lgan kuni. Chunki bu kunda o'lgan insonning taqdiri, ya'ni uning abadiy mashaqqat chekish uchun do'zaxga tushishi yoki abadiy farog'atda yashashi uchun jannatga tushishi masalasi hal bo'ladi.
Pravoslavlik marosimlari.Pravoslavlikda xristianlarning 7 sirli marosimi alohida o'rin egallaydi (tainstva). Bular — cho'qintirish, non va vino totish, ruhoniylik unvonini berish, tavba-tazarru, miro surtish, muqaddas zaytun moyi surtish va nikoh marosimlaridir. Bu marosimlar 1279- yilda uzil-kesil xristianlikning marosimi, deb belgilangan. Quyida qisqacha bu marosimlarning mazmuni xusu-sida to'xtalamiz.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling