Dunyo dinlari tarixi
Pasxa (o'tib turadigan) bayrami
Download 0.49 Mb.
|
дин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Isoning tugilishi bayrami
- Isoni choqintirish bayrami asosida
- Ilohiy xushxabar bayrami
Pasxa (o'tib turadigan) bayrami — bu salbga tortilgan Isoning mo'jizaviy tirilishi xotirasiga bag'ishlangan bayramdir.
Pasxadan oldin ehtirosli hafta deb ataladigan hafta keladi. Bu — Iso chekkan mashaqqatlar va uning o'limini xotirlashga bag'ishlangan haftadir. Bu hafta davomida qavmlar ro'za tutadilar. Zo'r berib toat-ibodat qiladilar. Undan keyin, bir hafta davomida Pasxa bayrami boshlanadi. Pasxa bayrami xaloskor Isoning tirilishini tilovchi ibodat o'qish bilan boshlanadi. Pasxa vaqtida ruhoniylar tantana bilan bir-birimizni quchoqlab o'pishaylik, bizni yomon ko'rganlarni kechiraylik, deb dindorlarga murojaat qiladilar. Isoning tug'ilishi bayrami — Iso tug'ilgan kuni (Rojdeslvo) cherkov hayoti va dindorlarning turmushida muhim o'rin egallaydi. Bu bayramda O'g'il xudo Isoning ilohiy tug'ilishi haqidagi ta'limot asosi yotadi. Pravoslavlik cherkovi bu bayramni har yili 25- dekabrda (Rossiyada 7- yanvarda) nishonlaydi. Isoning tug'ilishi bayramida — uning insoniyat gunohini yuvishi va unga xalos bo'lish yo'lini ko'rsatishi uchun tug'ilganligi haqidagi ta'limot asosiy o'rin egallaydi. Din targ'ibotchilarining ta'kidlashicha, Isoning tug'ilishi bilan ijtimoiy kelib chiqishi yoki jamiyatdagi mavqeyidan qat'i nazar, barcha odamlar uchun najot yo'li, abadiy hayot va jannatda rohat- farog'atga erishish imkoniyati ochilgan. Bayram kunlari xristian olamining davlat muassasalarida va parlamentlarida Rojdestvo ta'tillari beriladi, tantanali ibodatlar o'tkaziladi. Isoni cho'qintirish bayrami asosida Isoning Iordan daryosida Ioann Krestitel tomonidan cho'qintirilganligi haqidagi ta'limot yotadi. Iso xuddi shu cho'qinishdan keyin va'z o'qib, o'z shogirdlari bilan xalq ongini yoritib, ma'rifatli qila boshlagan. Bu bayram 6-yanvarda nishonlanadi. Ilohiy xushxabar bayrami uchun farishtalar boshlig'i Gavriilning Bibi Maryamga kelajakda ilohiy farzand ko'rish to'g'risidagi xushxabarni ma'lum qilganligi haqidagi Injil hikoyasi asos qilib olingan. Pravoslaviye ilohiyotchilari buni insoniyatning najotga erishishidagi eng muhim voqea, deb biladi va shu kuni xudo bilan odamlarning sirli muloqotda bo'lishiga asos solingan, deb ta'kidlaydilar. Bu bayramning dindorlar uchun alohida ahamiyatli ekanligining sababi ham ana shunda. Bu bayram 25- martda nishonlanadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling