Dunyo dinlari tarixi
Download 0.49 Mb.
|
дин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davolash sehrgarligi.
Harbiy sehrgarlik.
0‘tmishda qabilalararo urushlar to‘xtovsiz davom etib turgan. Har bir qabila urushdan g‘olib chiqishni istagan, albatta. Qabilalar jangoldidan g‘alabani ta’minlashga xizmat qiluvchi marosimlarni bajarganlar. Shu tariqa harbiy sehrgarlik yuzaga kclgan. Harbiy sehrgarlikning asosiy maqsadi harbiy g‘alabani ta’minlashdan iborat bo'lgan. Harbiy harakat yoki mudofaa boshlanishidan avval harbiy raqslar ijrosi boshlangan. Raqs harbiy jangni eslatgan. Raqs jarayonida jangchilar dushman tasvirlariga nayza sanchganlar. Shu sehr kuchi bilan dushmanga ta’sir etilgan. Ayni paytda, tabiiyki, har bir jangchi urushda o‘zining omon qolishini istaydi. Shuning uchun ham ular o‘zini xavf-xatardan saqlaydigan tumorlar taqib olishardi. Bu odat hozirgacha saqlanadi. Go‘yoki, bu harbiy tumorlar jangchilarni o‘qdan saqlar emish. Keyinchalik ajdodlarimiz hayotida harbiy yurishlarda yoki mudofaada ruhlar madadiga tayanish rasm bo'lgan. Bunda ular turli usullar bilan ruhlarga ta’sir ko‘rsatishga uringanlar. Bundan kuzatilgan maqsad — janglarda ruhlarning qo'llab-quvvatlashiga erishish edi. Davolash sehrgarligi. Jamiyat taraqqiyotida kasallikni, o‘limni dushmanlik sehri oqibatida yuborilgan ofat, deb hisoblangan davrlar bo‘lgan. Natijada odamlar kasallikni tanaga kiritmaslik, buning iloji bo‘lmaganida uni davolash yo‘llarini qidirganlar. Shu tariqa davolash sehrgarligi vujudga kelgan. Davolash sehrgarligida qo‘llanilgan vositalar juda xilma-xil bo‘lgan. Ajdodlarimiz davolash ishlarida sariq yoki qizil tusli mineral bo‘yoqlarni ko‘p qo'llaganlar. U qaynatilgan suvga aralashtirilib, har xil kasalliklarni davolashda ichilgan. Yoki yog‘ aralashtirilib, malham tayyorlangan va duo o‘qib og‘riq bor joylarga surtilgan. “G‘ayritabiiy” kuchga ega bo‘lgan bu dori-darmonlar o‘sha davrning tabiblari tomonidan tayyorlangan. Tabib dori uchun foydalangan moddalarning xususiyatini biladi, u bu bilimlarni ruhlardan oladi, deb ishonilgan. Ajdodlarimiz odamda paydo boMgan kasallikka uning tanasiga kirib qolgan biror narsa sababchi, binobarin, uni tanadan chiqarib yuborish zarur, deb hisoblaganlar. Bu ishni “sehrgar” tabib duo o‘qish orqali “amalga oshirgan”. Tabiblar o‘z “sehrli” faoliyatlarida — bug'li hammom, qonni chiqarib tashlash, qayt qildirish kabi usullardan juda keng foyda- langanlar. Bular yordamida tanadagi kasallikning chiqarib yubo- rilishiga ishonilgan. Bemorlarga turli achchiq moddalar ichka- zishib, qayt qildirilgan. Biroq, qonni tozalash, undan kasal keltiru- vchi ins-jinslami chiqarib yuborish esa duoning kuchi bilan sodir etildi, deb bemorlar ishontirilgan. Bemorlar tanasini kasal tarqatuvchi kuchlardan tozalashda olov va suvdan ham keng foydalanilgan. Uyni tutunga to'ldirib qo‘yib, kasal tarqatuvchi ins-jinslar- ning odam tanasiga kirmasligi uchun kasalliklarni haydash ma- rosimlari bajarilgan. Bemor tanasidagi isitmalar ham shu yo‘l bilan “haydalgan”. Davolash sehrgarligida tabiblar odamlarni, biz har qanday suvdan emas, balki “muqaddas” suvdan, ya’ni dam solingan suvdan foydalanayotirmiz, deb ishontirganlar. Davolash sehrgarligida bemor tanasidagi kasallikni boshqa odam tanasiga, turli xil narsalarga o‘tkazish usuli bilan haydash mumkin- ligiga ishonish ham mavjud bo‘lgan. Bu davolash usulini qo‘llashda turli marosimlar bajarilgan. Masalan,,qoraqo‘tir kasalidan qutu- lish uchun tikonli tayoqcha tayyorlangan. Uning tikonlariga be- morning qoni surtilib ko‘rinarli joyga tashlab qo‘yilgan. Kimda- kim shu tayoqchani joyidan qo‘zg‘atsa, ushlab olsa, kasallik duoning kuchi bilan unga o‘tib ketadi, deb ishonilgan. Ayrim xalqlarda, xususan, Sharq xalqlarida (o‘zbeklarda ham) duoning kuchi bilan kasallikni daraxtlarga o‘tkazib yuborish bilan bog‘liq marosimlar bajarib kelingan. Bundan tashqari, turli xalqlarda kasal bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik uchun odamlarning turli-tuman tumorlami taqib yurishidan ham keng foydalanilgan. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling