Dunyo dinlari tarixi
«Avesto»ning o'rganilish tarixidan
Download 0.49 Mb.
|
дин
«Avesto»ning o'rganilish tarixidan. «Avesto» haqidagi eng muhim tadqiqotlardan biri milodning IX asriga oid «Din amallari» asaridir. Unda «Avesto»ning 21 kitobi mazmuni sharhlab berilgan.
Mazkur sharhlar: savobli ishlar yo'riqnomasi; diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi; zardushtiylik ta'limoti asoslari; dunyoning Axuramazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni va undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar; Zardushtning tug'ilishi va bolaligi; haq yo'lini tutish; jamiyat a'zolarining haq-huquqlari; dev, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o'qiladigan duolar, amallar va boshqalardan iborat. Biroq zardushtiylikning muqaddas kitobi keyinchalik, XVIII asrgacha, umuman o'rganilmagan. Ilm ahli va jamoatchilik e'tiboridan chetda qolgan. XVIII asrdan boshlab, Yevropa olimlari «Avesto»ni ilmiy tadqiq etishga kirishganlar. Bu borada, ayniqsa, ingliz olimlari Tomas Gaid, Jorj Buche; fransuz olimlari Anketil dyu Perron, Meri Boys; rus olimi K. Kossovich va boshqalarning tadqiqotlari hamon o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Tomas Gaid (1700- yilda nashr etilgan) «Qadimgi eronliklar: parfiyan va midiyaliklar dinining tarixi» nomli kitobida «Avesto» haqida qimmatli ma'lumotlar yozgan. Jorj Buche esa 1723- yilda Hindistonda yashovchi Zardusht — forslardan «Avesto»ning bir qismini olgan va uni Oksford universiteti kutubxonasiga topshirgan. Meri Boys ko'p yillar davomida Hindistondagi zardushtiylar jamoalari hayoti va urf-odatlarini o'rgangan. Bu haqda «Zardushtiylar e'tiqodlari va urf-odatlari» nomli kitob yozib qoldirgan. Anketil dyu Perron 1755- yildan Hindistonga ilmiy safar qilib, zardushtiylar orasida 3 yil yashagan. Ularning ibodatlarini, urf-odatlarini o'rgangan. Ayni chog'da «Avesto»ni o'z ona tiliga tarjima qilgan. Uch jildni tashkil etgan taijima «Zend Avesto» nomi bilan 1771- yilda chop etilgan. Rus olimi K. Kossovich 1861- yilda «Avesto» haqida «Zendavestdan to'rt asar» nomli kitob yozgan. So'z zardushtiylik haqida ketar ekan, shu holatni ham ta'kidlash zarurki, «Avesto» dunyoning ko'p tillariga qilingan tarjimalar orqali bizga yetib kelgani uchun undagi nomlar, atamalar aksariyat hollarda asliga to'g'ri kelmaydi. Bir so'z bilan aytganda, «Avesto»dagi turkona jihatlar kam qolgan. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling