Dunyo dinlari tarixi
Budda — nurlangan, oliy haqiqatga erishgan, haqiqat najotkori. Tripitaka
Download 0.49 Mb.
|
дин
Budda — nurlangan, oliy haqiqatga erishgan, haqiqat najotkori.
Tripitaka — uch savat donoligi. SAVOL VA TOPSHIRIQLARDarslikning 13- § asosida qanday dinlarga jahon dini deyilishi va ularga qanday xususiyatlar xosligini eslang. Buddaviylik dini qachon va qay tariqa vujudga keldi? Buddaviylikning tezda shuhrat qozonishiga qanday omillar sabab bo'ldi? Siddxartxa Gautama haqida nimalarni bilib oldingiz? Nima uchun Siddxartxa shohona dunyoviy hayotdan voz kechdi? Buddaviylik dinining muqaddas kitobi haqida so'zlab bering. 18-& BUDDAVIYLIK TA'LIMOTI. MAROSIM VA BAYRAMLARI. To'rt oliy haqiqat Buddaviylik ta'limotining asosini Budda yaratgan quyidagi «to'rt oliy haqiqat» tashkil etadi: Azob-uqubatning mavjudligi haqidagi ta'limot. Bu ta'limotga ko'ra, dunyodagi har bir narsa, shu jumladan, tug'ilmoq, yashamoq, kasallik, o'lim va boshqalar azob-uqubatdir. Azob-uqubatlarning sabablari mavjudligi haqidagi ta'limot. Bu ta'limotga ko'ra azob-uqubatlarning sababi — kishilarningistak-xohishlari, yashashga va baxtga intilishlari, hayotga tashnaliklaridir. Bu haqda Budda bunday deganligi manbalarda qayd etilgan: «Tashnalikdan mehribonlik kelib chiqadi, mehribonlikdan borliq yuzaga keladi, borliqdan tug'ilish yuzaga keladi, tug'ilishdan esa qarilik va o'lim, baxtsizlik, g'am-g'ussa, azob-uqubat, xo'rlik, umidsizlik paydo bo'ladi. Hamma azob- uqubatlar yig'indisining kelib chiqishi shundaydir». Azob-uqubatlarning bartaraf bo'lishi haqidagi ta'limot. Har qanday hayot, — deb ta'lim beradi Budda, — barcha mavjudotga azob beruvchi yomonlikdir. Yomonlik va azob- uqubatlarning sababi — insonning va barcha tirik mavjudotlarning bu dunyoga bog'langanligi, ko'ngil qo'yganligidir Har qanday hayot, — deb ta'lim beradi Budda, — barcha mavjudotga azob beruvchi yomonlikdir. Yomonlik va azob- uqubatlarning sababi — insonning va barcha tirik mavjudotlarning bu dunyoga bog'langanligi, ko'ngil qo'yganligidir. Har qanday insoniy tuyg'u, hissiyot, ehtiros, istak azob-uqubatni chuqurlashtiradi va yana dahshatliroq tarzda qayta tug'ilishga olib keladi. Bundan qutulmoq uchun hayotga chanqoqlikdan, turmush ko'ngilxushliklaridan, lazzatlaridan, hokimiyatga vaboylikka intilishdan voz kechish lozim. Ayni paytda, yerdagi hayot hodisa-Iariningbarchasi beqaror va o'tkinchi ekanligini fahmlamoq ham zaair. Azob-uqubatlardan qutulishning najot yo'li borligi haqidagi ta'limot. Bu ta'limot mazmunini najotning quyidagi 8 oliyjanob yo'li tashkil etadi: to'g'ri maslak, to'g'ri nuqtayi nazar. Bu — donolik bo'lib, odamlarga hayotning 4 oliy haqiqatini tushunib olishga yordam beradi; to'g'ri niyat. Bu — barcha tirik mavjudotga do'stona muno- sabatda bo'lishni, azob-uqubat tortayotganlarga hamdard bo'lishni, boshqalarning muvafTaqiyatiga beg'araz munosabatda bo'lishni, shuningdek, har qanday sharoitda ham ruhan vazmin bo'lishni anglataredi; d) to'g'ri yurish-turish. Bu — o'g'irlik qilmaslikni, tirik mavjudotni, shu jumladan, odam o'ldirmaslikni, noqonuniy nikohda bo'imaslikni, mast qiluvchi ichimlik ichmaslikni hamda yolg'on gapirmaslikni anglatgan; e) to'g'ri so'z. Bu — yolg'on gapirishdan, tuhmat- bo'htonlardan, fisq-fasod suhbatlardan va mish-mishlardan tiyi- lishni anglatgan; yashashning to'g'ri daromad manbayiga ega bo'lish. Bu — qurol, mast qiluvchi ichimliklar sotishdan, shuningdek, hayvonlarni o'ldirishdan, fohishalikdan tiyilishni anglatgan. to'g'ri xatti-harakat. Bu — o'z ongini inson uchun zarar keltiruvchi o'y-fikrlardan xoli qilish va foyda keltiruvchi o'y- fikrlar bilan yashashni anglatgan; to'g'ri xotirlash. Bu — insonning o'z tanasining, hissiyotining, ruhiy holatining bir me'yorda faoliyat ko'rsatishiga jiddiy e'tibor bilan qarashini anglatgan. Bu narsa insonga Budda axloqiy tamoyillariga amal qilib yashashida katta rol o'ynaydi, deb hisoblanadi; j) fikr-e'tiborni to'g'ri narsalarga qaratish. Bu — insonga Budda ta'limoti qoidalaridan chalg'imaslik imkonini beradi. Bu dunyo azob-uqubatlaridan xalos boiishning najot yo'li mazmuni ana shunday. Biroq buddaviylik ta'limotiga ko'ra, Najotning bu oliyjanob sakkizlik yo'li monaxlik (taqvodorlik) hayot tarzini ixtiyor etganlargagina nasib etardi. Monaxlar (taqvodorlar) — bu dunyo hayotiy ehtiyojlaridan, lazzatlaridan voz kechib yashovchilardir. Budda hayotlik chog'ida monaxlik jamoasini tuzgan va u «Sangxi» deb atalgan. To'g'ri, inson uchun hayotda hayotiy ehti- yojlardan, lazzatlardan voz kechib yashash qiyin, albatta. Shunday bo'lsa-da, monaxlik hayotini targ'ib etgan Budda ta'limoti juda tez sur'atlar bilan tarqalgan. Buddaviylik dini esa katta shuhrat qozongan. Buning birinchi sababi — buddaviylikning kastachilik tartiblarini inkor etganligi; ikkinchi sababi esa, tarkidunyo qilganlar bilan dunyoviy hayot kechirayotganlarning bir-biridan mutlaqo ajratib tashlanmaganligi edi. Taqvodor monaxlar bemalol dunyoviy hayot kechirayotganlar bilan muloqotda bo'la olganlar. «Sangxi» a'zolari dunyoviy kishilarga Budda ta'limotini o'rgatgan bo'lsalar, o'z navbatida, dunyoviy hayot kechiruvchilar tarkidunyo qilganlarga oziq-ovqat, kiyim- kechak yetkazib berganlar. Boy-badavlat kishilar esa ularga boshpana ham qurib berganlar. Bu savobli ishlari bilan ular kelgusida hozirgi holatlaridan yaxshiroq bo'lib tug'ilishga umid qilganlar. Najotning «oliyjanob sakkizlik yo'li»ga amal qilgan odam oxir- oqibatda yuksak kamolotga erishgan. Yuksak kamolotga erishgan odam deyilganda — chin haqiqatni anglab yetgan (Buddaning «to'rt oliy haqiqat»ini) monax avliyo tushunilgan. Buddaviylikda ular arxat deb ataladi. Ana shunday monax avliyo nirvanaga o'ta olgan. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling