Dunyo dinlari tarixi


Isoning Quddusga kirishi bayrami


Download 0.49 Mb.
bet54/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92
Bog'liq
дин

Isoning Quddusga kirishi bayrami — Pasxa arafasidagi oxirgi yakshanba kuni nishonlanadi. Bu bayramga Isoning Quddusga kirishi, shahar aholisining xudo farzandini qutlab, uning yo'liga palma shoxlaridan poyondoz tashlagani sharafiga bag'ishlangan. Bu bayram dindorlaiga hamma Isoni xuddi quddusliklardek ochiqko'ngillik bilan qabul qilishlari lozim, degan fikrni eslatib turadi.
Isoning osmonga ko'tarilib ketishi bayrami — Pasxadan keyin 40- kuni nishonlanadi. Bu bayramga qatldan keyin tirilgan Isoning arshi a'loga ko'tarilganligi haqidagi ta'limot asos qilib olingan.
Xristianlikning bu bayrami qavmlariga Isoning ilohiyligini eslatib turadi.
Iso qiyofasining o'zgarishi bayrami — Isoning yangi qiyofaga kirishi sharafiga har yili 6- avgustda bayram qilinadi. Injilda ta'kidlanishicha, bir kuni Iso tog'da o'z shogirdlari bilan ibodat qilayotganida, uning qiyofasi birdan o'zgarib, kiyim-boshi oppoq bo'lib ketgan va shu lahzada: «Bu — mening suygan farzandim, unga quloq solinglar» — degan xudoning ovozi kelgan. Shu tariqa Iso o'zining ilohiy mohiyatini namoyon etgan. Albatta, bu ta'limot xudojo'ylar orasida Iso nufuzini ko'tarmay qolmas edi.
Bibi Maryamning tug'ilishi bayrami — har yili 8- sen- tabrda nishonlanadi. Bayramning ahamiyati cherkovning insoniyatga xajoskor Isoni bergan ilohiy onaga bo'lgan e'tibori bilan belgilanadi. Bu bayram cherkov uchun dinga ishonuvchilarni — Bibi Maryam xudo huzurida ayollarga homiylik qiluvchi, deb ishontirishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan.
Xoch(krest)ni tiklash bayrami — 14- sentabrda ni- shonlanadi. Xristian ta'limotiga ko'ra, Rim imperatori Konstantinning onasi Yelena IV asrda Isoning oyoq-qo'li mixlangan salbni topgan va uning xotirasiga bayram joriy etilgan. Bu xoch keyinchalik Quddus yaqinidagi Golgofa tog'ida tiklangan. Xoch topilgan joyga ibodatxona qurilgan. 335- yilning 13- sentabrida uni muqaddaslashtirish marosimi o'tkazilgan. Shunday qilib, bu bayrai(i kelib chiqqan. Bayramning asosiy g'oyasi — inson Iso kabi hayotda salb yo'lini bosib o'tadi, bu yo'l uni najot topishga olib keladi, har bir dindor Iso kabi o'z salbini olib yurishi zarur va odamlar xaloskorning irodasiga butunlay umid qilishlari lo­zim, degan fikrni singdirish edi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling