Dunyo dinlari tarixi


Download 0.49 Mb.
bet59/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92
Bog'liq
дин

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


  1. «lslom» so'zining ma'nosini izohlab bering.

  2. Qanday tarixiy shart-sharoitlar islomning paydo bo'lishiga sabab bo'lgan?

  3. Qur'on haqida nimalarni bilib oldingiz?

  4. Qur'onning «Usmon to'plami® deb nom olgan nusxasi haqida so'zlab bering.

  5. Islom qay tariqa jahon diniga aylangan?

  6. Islomning sunniylik va shialikka bo'linib ketishi sabablari haqida so'zlab bering.

  7. Sunniylik va shialik o'rtasidagi farqlarni taqqoslang.

25-&. MUHAMMAD (S. A. V.)NING HAYOTI VA PAYG AMBARLIK FAOLIYATI TARIXIDAN.

Muhammad ibn Abdullo(s.a.v.) ning bolalik va yoshlik yillar. Muhammad (570—632- (s. a. v) islom ta'limotiga ko'ra, yagona Xudo — Allohning elchisi, ya'ni payg'ambaridir. Alloh uni o'zining qonuni — islom dinini bandalari orasida yoyishga da'vat etgan.
Muhammad (s.a.v.) 570- yilda Makka shahrida tug'ilgan.
Otasi Abdulloh 25 yoshida vafot etgan paytida Muhammad (s.a.v.) ikki oylik chaqaloq edi. Muhammad 6 yoshda bo'lganida onasi Omina ham vafot etadi. Endi, uni bobosi Abd al-Mutallib o'z tarbiyasiga oladi. Abd al-Mutallib arablarning quraysh qabilasidan edi. Uning otasi Hoshim qurayshlarning hurmat- e'tiborini qozongan shaxs edi.
U bu hurmat-e'tiborga oddiy xalq va yo'qsillarga xayr-ehson, qurbonlikka mollar so'yib, ularni boqish hisobiga erishgan edi.
Ikki yildan so'ng Abd al-Mutallib ham vafot etgach, Muhammad (s. a.v.) amakisi Abu Tolib qaramog'ida qoladi. Amakisi Abu Tolib tijoratchi edi. U jiyani Muhammad (s. a. v.)ni ham tijorat ishlariga o'rgatadi. Muhammad (s. a. v.) zehni o'tkir, mehnatsevar bo'lib o'sadi. O'smirlik chog'laridanoq savdo karvonlarini kuzatib boruvchi bo'lib xizmat qiladi. Bu esa uni sahro sharoitida ham yashay olishga o'rgatgan. Muhammad (s.a.v.) o'spirinlik chog'ida faqat tinchlik sharoitidagi hayotnigina ko'rib qolmay, balki urush harakatlarida ham qatnashgan. Masalan, 584- yilda quraysh qabilasi bilan boshqa qabila o'rtasida urush boshlanganida, u amakilariga kamon o'qini uzatib turgan.
Tinchlik o'rnatilgach, cho'ponlik ham qilgan. Ana shunday faol hayot, sayohat va kattalar g'amxo'rligi Muhammad (s.a.v.)ning ham aqlan, ham axloqiy jihatdan barkamol bo'lib voyaga yetishini ta'minlagan. U hamisha o'z oldiga jiddiy vazifalarni qo'ygan va ularni bajargan. Muhammad (s.a.v.) hamisha — «Odam nima o'zi?», «U nima uchun va qanday yashaydi?», «Xudo kim o'zi?» degan abadiy savollar ustida ko'p o'ylagan.
Muhammad (s.a.v.) ga 24 yoshida «sadoqatli», «amonatdor», «sofdil» degan laqab berilgan va bu laqab barcha tomonidan tan olingan. Muhammad (s.a.v.) ning hayotida ana shunday tub o'zgarishlar ro'y bera boshlagan paytda badavlat savdogar beva ayol Hadicha uni o'ziga ishboshi qilib oladi. Muhammad (s.a.v.) bu vazifani ham muvaffaqiyat bilan bajaradi. 25 yoshida Hadicha bilan turmush quradi. 40 yoshli Hadicha o'z davrining o'qimishli ayoli bo'lgan. U Muhammad (s.a.v.)ning halol, ishonchli odam bo'lganligi uchun unga turmushga chiqqan. Ular 6 nafar farzand ko'rganlar. Afsuski, farzandlaridan faqat Fotimagina voliddan so'ng biroz yashagan. Qolganlari yosh vafot etgan. Fotima unib-ulg'aydi va otasining izidan borib, katta hurmatga sazovor bo'ldi.
Muhammad (s.a.v.) amakisi qiynalib qolgach, uning o'g'li Alini o'z yonlariga olgan. Keyinchalik qizi Fotimani unga turmushga bergan.
Payg'ambarlik faoliya tining boshlanishi. Diniy adabiyotlarda ta'kidlanishicha, 610-yildan boshlab Muhammad (s. a. v.)ning hayotida keskin o'zgarish yuz beradi. Bu o'zgarish — ularning payg'ambarlik faoliyati boshlanishi bilan belgilangan.
Payg'ambar — xudoning elchisi. Xudo payg'ambarni odamlar orasidan tanlaydi. Payg'ambarlik ilohiy vahiyga suyanadi. Chunki Alloh insonlardek gapirmaydi. Ayni paytda Alloh bilan to'g'ridan- to'g'ri gaplashishga inson dosh berolmaydi. Shu sababli Alloh o'z so'zlarini farishta orqali o'z payg'ambariga ma'lum qiladi. Bunga vahiy deyiladi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling