Dunyo dinlari tarixi


O'zbekistonda davlat va din munosabati


Download 0.49 Mb.
bet6/92
Sana09.07.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1659395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
дин

O'zbekistonda davlat va din munosabati O'zbekiston — dunyoviy davlat. Demak, dunyoviy davlatda amal qiladigan
davlat va din munosabati tamoyillari O'zbekistonda liarn amal qiladi.
Ayni paytda, Respublikamizda davlat va din munosabati masalasida o'ziga xos jihatlar ham mavjud.
Xo'sh, demokratik jamiyat barpo etilayotgan O'zbekistonda davlat va din munosabati qanday bo'lmog'i kerak?
YODDA TUTING:
Bu savolga Prezident Islom Karimov quyidagicha javob beradilar: «Davlatning ishi — davlatniki, dinning ishi — dinniki bo'lishi lozim. Bu nozik va murakkab masalada munosabatlarning o'zaro hurmat va ishonch asosida qurilishi — yagona maqbul yo'ldir.
Davlat dindor fuqarolarning diniy e'tiqod va haq-huquqlarini qanchalik hurmat-ehtirom qilsa, dindorlar ham davlat qonunlari va siyosatini shunchalik hurmat va ehtirom qilishlari shart. Shundagina hech kimning hecli kimdan ko'ngli qolmaydi».
O'zbekiston davlati o'z fuqarolarining diniy e'tiqodlarini hurmat qiladi.
Ayni paytda, dindorlar va diniy tashkilotlar O'zbekiston Res­publikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilab qo'yilgan quyidagi talablarga ham rioya etishlari lozim:

  • O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish;

  • dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ'ibot olib borish, millatlararo adovat uyg'otish va fuqarolararo totuvlikni buzish vositasi sifatida foydalanmaslik;

  • diniy tashkilotlarning davlat ro'yxatidan o'tishi;

  • diniy o'quv yurtlarida diniy fanlarni o'qitayotgan shaxslarning diniy ta'lim olgan bo'lishlari va diniy tashkilot rahbariyati ruxsati bilangina o'qitish ishlarini olib borishlari;

  • |dindorlardan majburiy pul yig'imi yig'maslik va to'lovlar undirmaslik;

  • taqiqlangan g'oyalarni, adabiyotlarni, kino, foto va video mahsulotlarni tarqatmaslik va ishlab chiqarmaslik.

O'zbekiston davlatida yana quyidagilar man etilgan:

  • diniy mohiyatdagi siyosiy partiya va jamoat harakatlarini tuzish. Bu liaqda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57- moddasida aniq ifoda qilingan.

Ayni paytda, Respublikamizda chet davlatlarda tuzilgan diniy partiyalarning bo'limlari tuzilishi ham taqiqlanadi:

  • terrorchilik, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko'maklashadigan, shuningdek, boshqa g'arazli maqsadlarni ko'zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalarning faoliyat ko'rsatishi;

  • dindoriar va diniy tashkilotlaming davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga tazyiq o'tkazishi;

  • yashirin diniy faoliyat bilan shug'ullanish;

  • davlat ro'yxatidan o'tmagan diniy tashkilotlaming faoliyat ko'rsatishi;

  • diniy tashkilotlar xizmatchilarining O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodining ro'yxatga olinishi;

  • diniy tashkilotlar xizmatchilarining hokimiyat vakillik organlari deputatligiga nomzod etib ro'yxatga olinishi.

Qonunning yuqorida qayd etilgan qoidalariga amal qilmagan fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Diniy tashkilotlar faoliyati esa tugatiladi.
Davlat va diniy tashkilotlar qonunga og'ishmay amal qilsalar, jamiyatda siyosiy barqarorlik mustahkam bo'ladi va fuqarolar totuvligi to'la qarortopadi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling