Dunyo dinlari tarixi


Bibliya — yunoncha so'z bo'lib «kitoblar» degan ma'noni anglatadi. Talmud


Download 489.19 Kb.
bet26/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83
Bog'liq
дин

Bibliya — yunoncha so'z bo'lib «kitoblar» degan ma'noni anglatadi.
Talmud — yahudiy tilida «o'rganish» ma'nosini anglatadi.
Yahudo (luda) — Ya'qub payg'ambarning to'rtinchi o'g'li. Bu nom o'zbek tilida «shukur» ma'nosini bildiradi.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. Yahudiylik dini qay tariqa paydo bo'lgan?

  2. Yahudiylik dinining o'ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Daftaringizda ana shu xususiyatlarni birma-bir qayd eting.

  3. Qanday sabablarga ko'ra yahudiylik diniy tashkiloti — sinagoga yahudiylar hayotining markaziga aylangan?

  4. Muso payg'ambar haqida so'zlab bering.

  5. Yahudiylik dinining muqaddas kitoblari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  6. «Talmud» qay tariqa yaratilgan?

QO'SHIMCHA MA'LUMOT.
Muso payg'ambar shajarasi:
Ibrohim — Is'hoq —Ya'qub — Loviy — Kaaf — Avraam alayhissalomlar.
Muso payg'ambar miloddan avvalgi 1666—1546 yillarda yashagan.
12-& YAHUDIYLIK TA'LIMOTI. URF-ODATLARI, MAROSIMLARI VA BAYRAMLARI.


Yahudiylik ta'limoti.Yahudiylik ta'limotiga ko'ra xudo butun olamning yaratuvchisi. Olamdagi barcha narsalar, hodisalar uning xo- hishi, irodasi bilan sodir bo'ladi. Xudo dunyoni 6 kunda yaratgan. Oltinchi kuni odam yaratilgan va unga Olam haqida qayg'urish vazifasi yuklatilgan.

  • Yahudiylar, — deb ta'lim beradi bu din o'z qavmlariga, — xudo tanlagan xalqdir. Shuning uchun ham xudo ular bilan Ahdlashuv tuzgan. Yahudiylar bugungi kunda (o'sha davr nazarda tutiladi) qattiq azob-uqubat chekayotgan bo'lsalar, bunga ularning o'zlari aybdordirlar. Ular gunoh ish qilganliklari hamda xudoning ko'rsatmalarini buzganliklari uchun xudo ularni jazolagan. Shunday bo'lsa-da, yahudiylar xudo tomonidan tanlangan xalq bo'lib qolaveradilar. Vaqt-soati kelib, xudo Yaxva ularni kechiradi va afv etadi. Gunohlaridan o'tadi.

Yahudiylar butun tarixiy taraqqiyot davomida ana shu ta'limotga ishonib yashadilar va yashamoqdalar.
Xudo Sino tog'ida Muso payg'ambarga taqdim etgan 10 vasiyat quyidagilar haqida edi:

  • ajnabiy xudolarga sig'inmaslik;

  • ajnabiy xudolar butxonalarini vayron etish;

  • quyma xudolar yasamaslik;

  • ota-onani e'zozlash;

  • qotillik qilmaslik;

  • aralash nikohga kirmaslik;

  • o'g'irlik qilmaslik;

  • fohishalik qilmaslik;

  • yolg'on guvohlik bermaslik;

  • birovning mol-mulkiga ko'z olaytirmaslik.

Yahudiylikda ilohiy qahramon, xaloskor, milliy qahramon haqida ta'limotlar ham mavjud.
Unga ko'ra, ilohiy qahramon bir kun bo'lmasa, bir kun kelib yahudiylarni chet elliklar zulmidan xalos etadi.
Ayni paytda, yahudiylikda kelgusi asr haqidagi ta' ~ ot ham mavjud edi. Bu ta'limot asosida mustaqil yahudiy da' ;tini tiklash g'oyasi yotgan.
Bundan tashqari, bu din taraqqiyotining so'nggi bosqichida unga narigi dunyo haqidagi ta'limot ham kiritilgan.

Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling