Dunyo dinlari tarixi


Yahudiylik urf-odatlarining o'ziga xos jihatlari


Download 489.19 Kb.
bet27/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83
Bog'liq
дин

Yahudiylik urf-odatlarining o'ziga xos jihatlari. Yahudiylik juda ko'p urf-odatlarga.marosimlarga, bayramlarga hamda taqiq va buyruqlarga ega din.
Masalan, bu din talabiga ko'ra, liar bir yahudiy 365 ta taqiqni va 248 ta buyruqni yoddan bilishi shart.
Bu din o'z qavmlari hayotini qanchalik qattiq tartibga solib qo'yganligini ana shu raqamlar ham isbotlaydi.
Bu din talablari, hatto yahudiy kiyadigan kiyimni, yeydigan ovqatni, kun tartibini ham belgilab beradi.
Xususan, yahudiylarning biror-bir qadami duosiz bosilmaydi.
Yangi tug'ilgan o'g'il bola 8 kunligidayoq xatna qilinadi.
Bolalarga 5—6 yoshidan boshlab diniy ta'lim beriladi. Shu orqali «Tavrot» va «Talmud»ning asosiy aqidalari yod olinishiga erishiladi. Yahudiylik xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rnini o'ziga xos ruhda hal etgan. Unga ko'ra — ayol kishi erining itoatkori. Yahudiylikka e'tiqod qiluvchi liar bir erkak liar kuni xudoga xudo uni ayol qilib yaratmaganligiga shukr qiladi. Ayol kishi esa o'z duosida o'zini eriga itoat etuvchi qilib yaratganiga shukr qiladi.
Bu din o'z qavmlari uchun tuya, cho'chqa va quyon go'shtini iste'mol qilishni taqiqlaydi. Yeyishga ruxsat etilgan mol va parranda go'shtlarida qon dog'i mutlaqo bo'lishi mumkin emas.
Yahudiy erkaklarining kiyimlari uzun, bir xil matodan tikilgan. Ular uxlayotganda ham boshlarini biror narsa bilan berkitib yotadilar. Diniy marosimlarni bajarayotganda esa kiyimining ustidan albatta yoping'ich yopishi shart.
Yahudiylik diniga boshqa millat vakillari ham qabul qilinishi mum' :n. Biroq bundan awal, ular qat'iy qator talablarni bajaradilar. Masalan, bu dinni qabul qilmoqchi bo'lgan ayol kishi yahudiyga turmushga chiqishi, erkak kishi esa xatna qildirishi shart.
Bundan tashqari, bu din yahudiy ayolining boshqa dindagi kishiga turmushga chiqishini taqiqlaydi.
Mana shunday qattiq taqiqlari hamda yahudiylarning boshqa xalqlardan ustunligi to'g'risidagi g'oyalari tufayli yahudiylik dini — milliy din bo'lib, jahon diniga aylana olmagan.

Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling