Dunyo dinlari tarixi


Download 489.19 Kb.
bet28/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83
Bog'liq
дин

Yahudiylik marosimlari. Yahudiylik marosimlari ichida —ibodat, Shanba kunini nishonlash, tug'ilish, diniy balog'at, nikoh va dafn marosimlari alohida o'rin tutadi.
30 yoshga to'lgan yahudiylik e'tiqodchisi bir kunda 3 marta — ertalab, kunduzi va kechqurun ibodat qilishi lozim.
Shanba kuni yahudiylarda muqaddas kun hisoblanadi. Yahudiylik ta'limotiga ko'ra, Xudo dunyoni 6 kunda yaratib bo'lgach, yettinchi kuni dam olgan (yahudiylarda shanba 7-kun hisoblanadi).
Shanba (shabbat) — xudoning karomati, uning Isroil xalqiga ko'rsatgan muruvvati, deb ishoniladi.
Shanba kunini nishonlash marosimi juma kuni kunning ik­kinchi yarmida sinagoga yoki uyda duo va madhiyalar o'qish bilan boshlanadi.
So'ng oila a'zolari stol atrofiga to'planishib, «farishtalar dunyosi» madhiyasini ijro etadilar. Ota-onalar bolalarini duo qiladilar.
Shanba kuni esa yahudiylar hech qanday yumush bilan shug'ullanmaydilar, ovqat pishirmaydilar, olov ham yoqmaydilar. Qo'llarida biror narsa ko'tarib yurmaydilar. Ish qurollari va kulga qo'l tekkizmaydilar.
Oq matodan tikilgan marosim kiyimlarini kiyib (tozalik va farog'at ramzi) Muqaddas kitoblardan duolar o'qiydilar.
Yahudiylarda o'g'il bola tug'ilsa, sakkizinchi kuni xatna qilinadi. Bu xudo bilan yahudiylar o'rtasidagi Ahdlashuv shartining bajarilishi belgisi hisoblanadi.
Xatna qilib bo'lingach, bolaga xudodan o'z marhamatini darig' qilmasligini so'rab duo o'qiladi. So'ngra bolaga qo'yilgan ism e'lon qilinadi.
Qiz bola tug'ilsa, uning nomini e'lon qilish marosimi otasi yoki onasi ishtirokida sinagogada amalga oshiriladi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, bolalarga diniy ta'lim berish juda erta boshlanadi. Bu marosim bolaga o'z ismida ishtirok etadigan harflarni topishni topshirishdan boshlanadi. Harflarasal surtilgan Taxtachaga yopishtirilgan bo'ladi. Asal bolaga Muqaddas kitob va Ahd bilan hayoti shirin bo'lishligini anglatib turadi.
O'g'il bolalar 13 yoshida, qiz bolalar esa 12 yoshida diniy balog'atga yetgan hisoblanadilar. 13 yoshli o'g'il bola endi «Ahd °'g'li» hisoblanadi. Endi u diniy qoidalarga amal qilishga shaxsan °'zi javobgar bo'ladi.
12 yoshga to'lgan qiz bola «Ahd qizi» hisoblanadi.
Yahudiylik marosimlari ichida nikoh ham alohida ahamiyatga ega. Chunki unga yahudiylar abadiyligining asosi deb qaraladi.Nikoli marosimi odatda kunning o'rtasida boshlanadi.Nikoli marosimi paytida kuyov shunday deydi:
«Muso va Isroil qonuni tufayli sen shu uzuk orqali men bilan nikohlanmoqdasan». So'ng nikohlanuvchilar bir stakanga quyilgan vinodan navbatma-navbat ichadilar. Ichibbo'lingach, yigit stakanni sindirib tashlaydi. Bu odal — yahudiy hayotining eng quvonchli damlarida ham avlodlarining achchiq qismatini esidan chiqarmasligiga ishoradir. Bu odat — yahudiylarga o'tmishda bosqinchilar tomonidan ular ibodatxonasining buzib tashlanganligini eslatib luradi.
Yahudiylik dini ham bayramlardan xoli emas. Bu dinning Pasxa, Shavuot (50 kun), Rosh Xashana (Yangi yil), Yom Kippur (Hukm kuni), Kushey, SimxatTora (Muso kitoblarini xotirlash), Tu Be Shvat (daraxtlar bayrami), Purim (yahudiylarning forslar va midiyaliklar ta'qibidan xalos bo'lganligini xotirlash) kabi bayramlari mavjud.
Pasxa bayramining qisqacha tarixi shunday: yahudiylarda Misr asirligining oxirgi 10 kuni davom etardi. O'ninchi kuni xudo o'z farishtalari orqali Misrdagi barcha to'ng'ich jonzotlarni nobud qilgan. Biroq xudo yahudiylar uylari omonligini saqlab qolgan. Balo-qazo ularni chetlab o'tgan.
Shu kun yahudiylik kitoblarida «Kulfatlardan qutulish kuni». «Kulfatlarning chetlab o'tishi kuni» — Pasxa kuni deb qayd etilgan.
Shu tariqa bu bayram — yahudiylarning Misr asirligidan qutulishlari, ularga xaloskor yuborilgan kun sifatida bayram qilinib kelinadi. Bu bayram bir hafta davom etadi.
Yom Kippur (Hukm kuni) bayrami — yahudiylarning xudodan gunohlarini kechirib yuborishni so'rashlariga bag'ishlanib o'tkaziladi. Bu bayram munosabati bilan yahudiylar 10 kun davomida tavba- tazarru qiladilar. Yahudiylik ta'limotiga ko'ra, xudo Yaxva shu kunlari har bir yahudiyning a'molini ko'rib chiqadi.
Shavuot (50 kun) dastlabki hosil pishig'i, Kushey esa hosilni yig'ib-terib olish munosabati bilan o'tkaziladi.

SAVOL VATOPSHIRIQIAR




  1. Yahudiylik ta'limotidagi asosiy g'oya nima?

  2. Musoga xudo tomonidan berilgan 10 vasiyat mazmuni haqida so'zlab bering.

  3. Yahudiylik dinida ilohiy xaloskor to'g'risidagi ta'limot qanday paydo bo'lgan?

  4. Yahudiylik dini nima uchun jahon diniga aylana olmagan?

  5. Yahudiylik marosimlari haqida so'zlab bering.

  6. Yahudiylik bayramlari haqida nimalarni bilib oldingiz




Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling