Dunyo dinlari tarixi


Download 489.19 Kb.
bet31/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83
Bog'liq
дин

Hinduiylik ta’limoti Hinduiylik ta’limotiga ko‘ra, dunyoni yuqorida aytilganidek xudo Brahma yaratgan. Dunyo ma’lum vaqt oralig‘ida yashaydi. Dunyoning har bir yashash davri 4 milliard 320 mil- * lion yilga teng. Buncha yil, o‘z navbatida yana to‘rt bosqichga bo‘linadi. Uning oxirgi bosqichi 432000 yilga teng bo‘lib, bu bosqich yalpi qulash va gunohlarga botish davridan iborat bo‘ladi.
InsoFli, adolatli insonlar kamqoladi. Gunohkorlar vajinoyatchilar ko‘payadi.
Qirg'inbarot halokatli urushlar kuchayadi. Qurg‘oqchiliklar ro'y be rad i.
Ilukmdorlar o‘z fuqarolarini haddan ortiq ezadi. Odamlar baxtsizlik azobiga giriftor bo‘ladi. 100 yillik qurg‘oqchilik o'rnini osmonda paydo bo‘ladigan 7 ta quyosh egallaydi. Ular tuproqdagi barcha namlikni quritib yuboradi. Qattiq shamol tufayli hammayoqni yong‘in qoplaydi. Bu yong‘in hatto yer osti dunyosini ham halokatga uchratadi. Shundan so‘ng qayta bulut to'planadi. Dahshatli chaqmoqlar chaqadi. Chaqmoq hamma narsani portlatib yuboradi. Shu davrda, ayni paytda, 12 yil davom etadigan jala quyadi. Natijada dunyoni suv bosadi, hamma narsa suv ostida qoladi.
Bunday dahshatli halokatni xudo Brahma oxiriga yetkazadi. U suvda suzib kelib shamol va bulutlarni yutib yuboradi. Ayni paytda, u bir vaqtlar o‘zi yaratgan hamma narsani, shu jumladan, boshqa xudolarni va barcha odamlarni ham yutib yuboradi. Shundan so‘ng u uyquga ketadi va dunyoni yana yangidan yaratgunicha dam olishda davom etadi.
Hinduiylikda jannat va do‘zax tushunchalari ham bor.
Bu dinning aqidalariga ko‘ra, odamzot yaratilishidayoq, ijtimoiy jihatdan tengsiz yaratilgan. Shuning, uchun bu tengsizlikni real hayotda tugatishning iloji yo‘q. Chunki unga ta’sir etishga qodir bo‘lgan kuchning o‘zi yo‘q.
Inson ruhi abadiyligi uchun u o‘lgan jasaddan yangi tug‘ilgan inson tanasiga ko‘chib yuradi. Nihoyat, inson o‘z hayotida nimaiki yomonlik, gunoh qilsa, u oqibatsiz qolmaydi. Uning jazosini narigi dunyoda tortadi.
Hinduiylikda ajdodlar ruhiga topinish alohida o‘rin tutadi. Bu narsa shu darajada muhimki, o‘z ajdodi ruhiga topinmagan o‘g‘il, hatto merosdan mahrum etiladi. Vafot etgan ajdod xudoga tenglashtiriladi. Shuning uchun ham ular bu dunyoda yashayotgan qarindosh-urug‘larini qo‘riqlaydi, ularning oilasi va hayotini muhofaza qiladi, deb ta’lim beradi hinduiylik.
Bulaming hammasi hinduiylikning muqaddas kitobi — Vedada qonunlashtirilib qo‘yilgan. Veda Hindistondagi kastachilik tartibini mustahkamlagan. Bu tartibga ko‘ra, hind-lar quyidagi 4 kasta (toifa)ga bo'lingan.

  1. Brahmanlar (ruhoniylar); 2) Kshatriylar (jangchilar); 3) Vayshiylar (savdogar, dehqon va hunarmandlar); 4) Shudriylar (past tabaqalar).

Veda ta’limotiga ko‘ra, brahmanlarni xudo Brahma o‘z og‘zidan yaratgan. Shuning uchun faqat brahman xudo nomidan gapira olgan. Brahma o‘z qo‘llaridan kshatriylar (jangchilar)ni yaratgan. Bosh jangchi podshodir. Brahma o‘z sonlaridan vayshiylarni, loyga botgan oyoqlaridan esa shudriylarni yaratgan. Brahmanning o‘g‘li brahman, kshatriyning o‘g‘li kshatriy, shudriyning o‘g‘li shudriy, vayshiyning o‘g‘li vayshiy bo‘lib tug‘ilgan.
Odam qaysi toifada tug'ilgan bo‘lsa, umr bo‘yi o‘sha toifada qolgan. Hinduiylik ta’limoti bo‘yicha odamlarning hayotdagi maqsadi to‘rtta. Bular:

  1. drahma — diniy, oilaviy va ijtimoiy ishlarni ado etish;

  2. artha — moddiy boyliklar topish va undan to‘g‘ri foydalanish;

  1. kama — hayotiy intilishlar;

  2. moksha — qayta tug'ilish zanjiridan xalos bo‘lish.

Hinduiylikka ko‘ra murda ko‘milmaydi, balki kuydiriladi.
Dafn marosimida muqaddas hisoblangan Gang sohillariga tumonat xalq yig‘iladi. Agar vafot etgan hind Gang daryosi yoqasida kuydirilsa, u shubhasiz jannatga ketadi, deb ishoniladi.
Kishilar dafn marosimidan qaytishlarida Gang suvidan idishlarda olib keladilar va marhumning dafn marosimiga o‘z vaqtida yetib kela olmagan yaqinlariga bu suvdan ulashadilar.

Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling