Dunyo dinlari tarixi


Download 489.19 Kb.
bet32/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
Bog'liq
дин

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. Hinduiylikning paydo bo'lishi tarixi haqida so‘zlab bering.

  2. Qanday sabablarga ko‘ra hinduiylik Hindistonda eng nufuzli dinga ay- landi?

  3. Nega hinduiylik jahon diniga aylanmadi?

  4. Hindistonda mavjud bo‘lgan kastachilik tartibi haqida so'zlab bering.

  5. Hinduiylik xudolari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  6. Hinduiylikda dunyo tuzilishi qanday bayon etilgan?


14-& SINKHIYLIK DINI TARIXIDAN.


Sinkhiylik dinining vujudga kelishi.Sinkhiylik dini XVI asrda Hindistonda vujudga keldi. Bu dinning asoschisi Nanak ismli shaxsdir. U guru deb atalgan. Nanak 1469- yili Panjob (Hindiston)da tug'ilgan. Hindistonda bu yangi dinning paydo bo'lishiga qator omillar sabab bo'lgan. Ularning birinchisi, Hindistonda asrlar davomida davom etib kelayotgan hamda hinduiylikni tish-tirnog'i bilan himoya qilayotgan kastachilik tartibiga qarshi kurash; ikkinchi sababi esa — hindlarning musulmonlar bosqiniga qarshi milliy- ozodlik harakati zaruriyati edi.
Nanak 10 yoshidayoq oliy tabaqalar kastasiga qabul qilinishiga bag'ishlangan marosimda — bunday tabaqaga qabul qilinuvchilarga imtiyoz belgisi sifatida kiydiriladigan muqaddas bog'ichni beliga bog'lashdan voz kechgan va hammaning xudo oldida tengligini e'lon qilgan.
V30 yil davomida u darbadarlikda hayot kechirgan. Shaharma- shahar, qishloqma-qishloq kezib yurgan. Va nihoyat, u 40 yoshida mashhur guru (ustoz, payg'ambar) bo'lib tanilgan. Ayni paytda, borgan sari uning shogirdlari ham ko'paygan^-U Nanak Ravi daryosining qirg'og'ida «Xudoning qasri» deb ataluvchi shaharcha bunyod etgan. Ustoz Nanak dehqonlar kiyimini kiyib yurgan. Oila a'zolari bilan dehqonchilik qilgan. Shogirdlari ham dehqonchilik bilan hayot kechirishgan. Shu tariqa yangi din — sinkhiylik diniga e'tiqod qiluvchilarning birinchi jamoasi tashkil topgan. Jamoa a'zolari topgan daromadlarini o'rtada baham ko'rganlar. Ularning oshxonalarida qaysi kastadaligidan qat'i nazar istalgan odam ovqatlanishi mumkin edi. Hinduiylik diniga e'tiqod qiluvchilar uchun bu mutlaqo ko'z ko'rib, quloq eshitmagan hodisa edi. Chunki hinduiylikda past kasta a'zolari bilan birgalikda ishlash, ovqatlanish u yoqda tursin, yuqori kasta a'zosi iste'mol qilayotgan ovqatga past tabaqa vakilining, hatto tasodifan soyasi tushib qolishiga yo'l qo'yish ham katta gunoh hisoblanardi. XVII asrdan boshlab sinkhiylik jamoasiga ko'plab dehqonlar ham qo'shila boshlagan. Bora-bora jamoa harbiy- demokratik tashkilot tusini olgan. Endilikda, bu jamoa kastacliilik, qabiladoshlikni rad etgan teng huquqli insonlar jamoasiga aylangan. Јjamoaga «poklar ordeni» rahbarlik qilgan. «Poklar ordeni»ga jamoaning eng ishonchli, pok va sadoqatli a'zolari saylangan.
«Poklar ordeni» qabul qilgan qaror qonun kuchiga ega bo'lgan va jamoaning barcha a'zolari uni bajarishlari shart edi. Shu tariqa asrda sinkhiylar kuchli davlat tuzishga muvaffaq bo'lganlar. asrda ular Panjobni ham egallaganlar. Bu davlat 1859- yilgacha, ya'ni inglizlar tomonidan istilo qilinguncha yashagan.
Shunday qilib, sinkhiylik kastachilikka qarshi oshkora maf- kuraga, Boburiylarsaltanatiga, keyinchalik inglizlar zulmiga qarshi kurash bayrog'iga ham aylanganj
Ayni paytda bu yangi din — hind jamiyatidagi diniy bo'linishni tugatish, hammani, shu jumladan, hinduiylik va islom diniga e'tiqod qiluvchilarni yagona dinga birlashtirish g'oyasini ham ilgari surgan.
Sinkhiylarda har qanday odam — vatandosh ham, diet ellik ham, har qanday dinga e'tiqod qiluvchilar ham birgalikda ovqatlanishi mumkin bo'lgan joylar hozir ham mavjud. Ular muqaddas joylar hisoblanadi.
Sinkhiylik ta'limoti. Sinkhiylik ta'limoti uning muqaddas kitobi «Adi Grantx» (Dastlabki kitob)da bayon etib berilgan.Sinkhiylik ta'limotiga ko'ra, xudo yagona va abadiy. U hamma narsada mavjud va hamma borliqning yaratuvchisi. U qo'rquv va dushmanlikdan xoli. U vaqtdan tashqarida mavjud. U tug'ilmaydi va o'lmaydi. U guruning ixlosi orqali bilib olinadi. Xudoni odam qiyofasida tasvirlash mumkin emas/^>
Ayni paytda, xudoga ishonish va uni sevish — bu, odamlarga nisbatan muhabbatdir. Bu muhabbat — kastachilikni, insonning jamiyatdagi mavqeyini va uning diniy e'tiqodini hisobga olmaydi. Binobarin, xudoning oldida barcha — boy ham, kambag'al ham, hinduiylik va islom e'tiqodidagilar ham tengdir.
Bundan tashqari, bu din ta'limotiga ko'ra, xudo bilan muloqotda bo'lish — vositalik inkor etiladi. Xudo liar bir odamning qalbida bo'lmog'i lozim. Har bir inson xudo bilan yakkama-yakka muloqot qilishi kerak. Bunday muloqot turli diniy rasmiyatchiliksiz bajarilishi lozim.
Sinkhiylik ta'limotida, shuningdek, odam uzluksiz qayta tug'ilish zanjirini boshidan kechiradi. Bu zanjirning uzun yoki qisqa bo'lishi odamning hayotda qanday xatti-harakatlar sodir etganligiga bog'liq bo'ladi. Sinkhiylikda bu zanjir eng qisqadir. Har bir sinkhiy uni uzishi mumkin. Shunday qilinganda odam to'la ma'naviy va moddiy jihatdan ozodlikka erishadi. Natijada u xudoga yaqinlashgan bo'ladi.
— Har bir sinkhiyning, — deb ta'lim beradi bu din, — hayotdagi asosiy maqsadi xudoni to'la anglab yetishidir. Buning uchun inson o'zini xudoga butunlay baxshida qilishi va xudo bilan qo'shilib ketishi lozim. Ana shundagina inson qayta tug'ilish azobidan qutuladi.
Xo'sh, qanday qilinganda inson xudoni to'la anglab yetadi va u bilan qo'shilib ketadi? Buning uchun inson xudoni sevishi, unga ishonishi va sadoqatli bo'lishi lozim. Xudoning xatti-hara- katlari haqida fikr-mulohaza yuritmog'i shart.
Sinkhiylikda o'zini xudoga baxshida etish, unga xizmat qi­lish — dunyoviy hayotdan yuz o'girishni anglatmaydi. Aksincha, bu din faollik bilan hayot kechirishni har bir insonning burchi, deb hisoblaydi. Bu faollikning asosida mehnat yotishi kerak. Inson uy-ro'zg'or, oila boshlig'i vazifasini a'lo darajada bajarishi lozim, deb ta'lim beradi.
Hayot ne'matlaridan voz kechish, tarkidunyochilik turmush tarzi qoralanadi. 17 millionlik sinkhiylar jamoasining bugungi Hindiston davlati hayotida katta mavqega ega bo'lib olganligi sinkhiylarning ana shu ta'limotga qattiq amal qilishlarining natijasidir.
/"^Sinkhiylikda ham «inson taqdiri» to'g'risidagi ta'limot mavjud. l/nga ko'ra — inson taqdiri uning hayot davrida qanday xatti- harakatlar qilganligiga bog'liq.
Insonda 5 ta asosiy qusur bor. Bular — nafrat, kibr-havo, ochko'zlik, hayot ne'matlariga o'chlik va unga bog'lanib qolishlikdir^
Ayni paytda, sinkhiylikda hind jamiyatidagi kastachilik tartibi qattiq qoralanadi. Adolatli xudo insonlarni toifalarga bo'lib yaratishi mumkin emas, deb ta'lim beradi.
Sinkhiylikning kastachilikka qarshi ekanligini uning ibodat- xonalari ham eslatib turadi. Bu din ibodatxonalari to'rt tomondan kiriladigan qilib qurilgan. Bu — sinkhiylik dinining hind jamiyatidagi har 4 kasta vakillari uchun ham ochiq ekanligini bildirib turadi.
Sinkhiylikda jamoaga qabul qilish marosimi alohida o'rin tutadi. Jamoa a'zoligiga qabul qilish ixtiyoriylik va onglilik tamo- yiliga asoslanadi. Qabul qilingan erkak a'zo nomiga sinkh (sher) harbiy unvoni, ayol a'zolar nomiga esa kaur (ona sher) harbiy unvoni qo'shiladi. Jamoa a'zolari alohida axloq kodeksi qoidalariga amal qiladilar. Bular:

    1. xanjar (kirpan) taqib yurish;

    2. temir bilakuzuk taqib yurish (kara);

    3. kalta charm cholvor kiyish (kachxa);

    4. soch va soqollarni oldirmaslik (kesh);

    5. salla ostidagi sochlarini albatta taroq bilan mahkamlab qo'yish (kangxa).

Axloq kodeksining bu talablari — besh «k» deb ataladi.
Hozirgi paytda Hindistonda e'tiqodchilar soniga ko'ra, sinkhiylik hinduiylik, islom va xristian dinidan keyin to'rtinchi o'rinda turadi.



Download 489.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling