Dunyo dinlari tarixi


Download 489.19 Kb.
bet75/83
Sana10.07.2023
Hajmi489.19 Kb.
#1659407
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83
Bog'liq
дин

Vahhobiylik nimani targ'ib etgan? I Vahhobiylikning asosiy aqidasi vahdoniyat, ya'ni yakka xudolikni himoya qilishdir. Vahhobiylar farishtalar, payg'ambar, muqacldas joylar, avliyo­lar musulmonlar bilan Alloh o'rtasida vositachi bo'la olmaydilar. Musulmonlar yakka xudolikka amal qilmay qo'ydilar. Shuning uchun ham ular o'zlari muqaddas deb hisoblagan joylarga sig'inmoqdalar, ularga atab qurbonliklar qilmoqdalar. Buning evaziga ulardan yordam so'ramoqdalar. Ish, hatto Yer yuzidagi ayrim narsalarda, masalan, toshda, daraxtda, o'simlikda ham Allohning qudrati bor, deb ularga ham sig'inishgacha borib yetdi. Musulmonlar Payg'ambarning safdoshlarini va sahobalarini yuqori ko tarmoqdalar. Ularning qabrlari ustiga maqbaralar qurdilar. Qabristonlarga yodgorlik qo'ydilar. Ularning bu ishlari asl islomga mutlaqo zid. Binobari n, ularning bu ishlari shirkdir, deydilar.
Ular fuqarolarni o'z tomoniga og'dirib olish uchun dastlab od(% insonga yoqadigan fikrlardan keng foydalandilar. v , kUnonchi, tarkidunyochilikni qoralaydi. Bundan tashqari, vahobiylik — chin musulmon zeb-ziynat taqmaydi, oddiy kiyinadi,kamtar-xokisor bo'ladi, aysh-ishratga, boylikka, dabdabaga berilmaydi, chunki bular kofirlikdir, deb uqtiradi. Shuningdek,musiqa chalishni, qo'shiq aytishni, rasm chizishni tauigi Shunday qilinganda, — deb ta'lim beradi vahhobiylik ju shariatga asoslangan tub mohiyatiga ega bo'ladi, poklanadi va asl holatiga qaytadi.
Vahhobiylikdagi bu jozibali jihatlar uning Arabiston yar orolida keng yoyilishi uchun imkon bergan. Ayni paytd Arabiston hukmron tabaqalari, xususan, hozirgi Saudiyg Arabistoni davlatiga asos solgan Saudlar sulolasi avlodlari shuningdek, ingliz mustamlakachilari vahhobiylik.ni qo'llab' quvvatlaganlar. Arabiston hukmron tabaqalari vahhobiylik yordamida mustaqil davlatga ega bo'lish va uning boshqaruvini qo'lga kiritishni istagan.
Ingliz mustamlakachilari esa arab dunyosida Usmonli turklar imperiyasi hukmronligiga barham berish va bu yerda o'z siyosiy ta'sirini to'la qaror toptirishni xohlagan.
Vahhobiylaro'z tarafdorlarini ko'paytirish uchun kimlar ular­ga qo'shilsa, majburiyat va qarzlardan ozod etiladilar, deb e'lon qilganlar.
Biroq keyinchalik vahhobiylikning jozibali tomonlari uning buzg'unchilik va o'zga fikrdagilarga nisbatan o'ta shafqatsizligi kabi jirkanch jihatlari soyasida qolib ketgan.
Xususan, vahhobiylar o'zlariga qo'shilmaganlarni, hatto ular­ning qarindosh-urug'larini ham musulmon emas, deb e'lon qilganlar. Ularga hech qanday rahm-shafqat qilmaganlar. Vahhobiylar o'zlariga qo'shilmaganlarga qarshi jihod e'lon qilganlar va uni o'z maqsadlariga erishishda asosiy qurol qilib olganlar. O'z g'oyalariga zid deb hisoblagan ko'plab ilohiyotchi allomalarning asarlarini o'tda kuydirganlar.

  1. Download 489.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling