Dunyo dinlari
XI-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) –
Download 249.5 Kb.
|
dunyo dinlari tarixi 11 dastur[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilari «Tarix» fanlari bo‘yicha ta’lim oluvchi bitiruvchilar quyidagi malaka talablariga ega bo‘ladilar
- DUNYO DINLARI TARIXI”
XI-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – dunyo dinlari tarixi, dinshunoslikdagi zamonaviy tendensiyalar, davlat va din munosabatlari, jahon dinlari manbalari, tariqatchilik, din va madaniyat, diniy an’ana va marosimlar kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.
Tarix fani chuqur o‘qitiladigan sinflarda mazkur dasturda berilgan mavzular qo’shimcha adabiyotlardan foydalanilgan holda kengaytirib o‘qitiladi. O‘quvchilar tarixiy hodisalarning mazmunini bilishdan tashqari, tarixiy voqealarni bir-biri bilan taqqoslay olishlari, mustaqil fikr yuritib, ularga baho berishlari, voqealar mohiyatini tushuntira olishlari, yozma ifodalay olishlari zarur. Birlamchi voqealardan ikkinchi darajalisini farqlay olishlari, ularni ijtimoiy tahlil qilib, xulosalar chiqara olishlari zarur. Umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilari «Tarix» fanlari bo‘yicha ta’lim oluvchi bitiruvchilar quyidagi malaka talablariga ega bo‘ladilar: tarixni o‘rganish orqali tarixiy tafakkurni shakllantirish, o‘zlikni anglash, ma’naviy bo‘shliqlarni oldini olish; o‘z va o‘zga dinlarga nisbatan hurmatni ongli ravishda anglab yetadi; shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarda sog‘lom-ma’naviy muhitni shakllantiradi, nizoli vaziyatlarda o‘zini o‘zi idora qila oladi; O‘zbekistondagi demokratik islohotlar va dunyoda kechayotgan ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarga munosabat bildira oladi; turli ma’naviy tahdidlar va mafkuraviy xurujlarni anglaydi va to‘g‘ri baholay oladi, munosabat bildiradi; mamlakatimizdagi ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarda ishtirok etish va baholashda faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’ladi; Vatan, millat taqdiri uchun ma’suliyat, dahldorlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat hissi shakllanadi va rivojlanadi; mamlakatimiz tarixi jahon tarixining bir bo‘lagi ekanligini anglash orqali, buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlaridan axloqiy tarbiya va ibrat olishni o‘rganadi. “Dunyo dinlari tarixi” o‘quv dasturi asosida fan o‘qituvchisi yillik taqvim-reja ishlab chiqadi va ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Taqvim-reja tuzishda yakuniy nazorat ishlarining to‘g‘ri taqsimlanishining ketma-ketligiga e’tibor qaratish lozim. Ushbu o‘quv dasturida boblar kesimida mavzularga ajratilgan umumiy soatlar hajmi keltirilgan bo‘lib, ularning taqsimlanishi o‘qituvchi tomonidan ijodiy yondashgan holda amalga oshiriladi. Jumladan, taqvim mavzuiy rejani tuzishda o‘quv dasturida boblarga ajratilgan (mavzularga berilgan) umumiy soat hajmidan chiqmagan holda taqsimlanishi zarur. Shuningdek, o‘quvchilarning Davlat ta’lim standartini o‘zlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida mavzularga ajratilgan soat hajmini 15% gacha o‘zgartirish va metodik kengash yig‘ilishida kelishilgan holda maktab pedagogika kengashida muhokama qilinib tasdiqlanishi maqsadga muvofiqdir. O‘quv dasturining boshida har bir sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar keltirilgan. Bu o‘z o‘rnida o‘quv yili boshlanishida pedagoglarning harakat strategiyasini belgilab beradi. “DUNYO DINLARI TARIXI”
Download 249.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling