Dunyo e’tirof etsa arzigulik qishlog’im


Download 30.64 Kb.

Sana14.07.2018
Hajmi30.64 Kb.

                       

Dunyo e’tirof etsa arzigulik  

                                    qishlog’im.  

     Ona  yurtim-obod  yurtim  O’zbekiston  farzandiman.Har  bir  inson  o’z  tug’ilib  o’sgan  vatani  bilan 

faxrlangani  kabi,men  ham  ota  qishlog’im Jizzax    viloyatining Baxmal  tumanidagi Bog’mozor  Mo'g'ol 

qishlog’i haqida qalbimda g’urur va iftixor bilan bayon etmoqchiman. 

     Qishlog’mni  vatanimning  ostonasi  deb  hisoblayman,chunki  uzoq  va  yaqin  tarixga  nazar  solsam 

o’zgacha ma’no kasb etadi. 

     Bog’mozor  Mog’ol  qishlog’i  Turkiston  tog’  tizmasining  etagida 

joylaygan bo’lib  So’g’diyona davlatining bir bo’lagi bo’lgan Baxmal 

vohasining  hududiga  kiradi.Qadimiy  manbaalarda  yozilishicha 

qishlog’imning  tarixi  Bronza  davridan  boshlanadi.Bog’mozor 

Mo’g’ol  qishlog’i    dastavval    O’ratepa  bekligiga  so’ngra  Buxoro 

amirligiga  qaragan.Men  va  qishlog’im  ahli  Buyuk  Sohibqiron  va 

uning  nabirasi  Zahiriddin  Muhammad  Boburning  muborak  

qadamlari    yetganligi  bilan  faxrlanib  yuramiz.Chunki  Bog’mozor 

soyining ichki qismida 600 yillar muqaddam Amir Temur  tomonidan  

ustozi  Said  mir  Barakaning  ukasi  Said 

mir Xalil sharafiga  gumbazli honaqo va masjid  qurdirilgan.Bunga sabab 

Sohibqiron  AmirTemur  zamonida    Yuksak  ilm  ahliga,ustozi-

pirlarga,saidu-ulamolarga  hurmat  va  iltifot  bilan  munosabatda 

bo’lganlar.Rivoyatlarga  qaraganda  o’sha  davrda  bu  munosabatdan 

foydalanishga  harakat  qiluvchi  soxta  payg’ambarlar  ko’payib 

ketganligidir.Shu boisdan dono Amir Temur  bir tadbir o’ylab topadiki,bu 

quyidagicha:katta  gulxan  yoqilib  barcha  da’vogarlarga  olovdan  o’tish 

buyurilganida  ular  voz  kechishishadi.Faqatgina  Said  mir  Baraka  hech 

qanday qiyinchiliksiz olov ichidan gul hidlab chiqadi.Shundan keyin Amir 

Temur  Said  mir  Barakani  o’zining  piri  deb  tan  olgan  va 

e’zozlagan.Hattoki  pirining qabrini o’z qabri yoniga qo’ydirgan.Bu hozirgacha Samarqand shahridagi   

Go’ri amir  maqbarasida saqlanib kelmoqda.Shu jumladan Sohibqiron pirining  avlodlari va yaqinlariga 

ham  hurmatda  bo’lganlar.Buyuk  jahongir  jangu-jadallarida  va  tarixiy  safarlarida    pirini,  qolaversa 

uning ukasi Said mir Xalilni birga olib yurardi.Buyuk ipak yo’li bo’ylab safarlaridan birida Said mir Xalil 

qishlog’im  hududida vafot etadi. 

       Amir  Temur  farmoniga  asosan  soy  orasidan  munosib  joy 

tanlanib,  ul  zot  dafn  qilinadi.Qabr  ustiga  maqbara-honaqo  va 

uning yonida masjid qurdirilib,keyinchalik ham ziyoratgoh bo’lib 

qolishi  uchun  atrofida  bog’  bunyod 

ettirish 

maqsadida 

Temur 

o’z 

qavmidan  bir necha kishini shu yerda 

qoldiradi.Manashu  sabab  qishlog’im 

aholisining asosiy qismi  o’zbeklarning 

hitayuz,ming,barlos 

urug’lariga 

mansubdir. 

        Ziyoratgohni  to’rt    tomonidan  tog’    archalari  bilan  qoplangan  baland 

qirlar  shamol  va  to’fonlardan,qor  bo’ronlaridan,sel  va  yog’inlardan,asrab 

turadi.”Bog’  ortasidagi  mozor”  ma’nosini  anglatuvchi  Bog’mozor  soyining  quyi  qismidan  oqib 

o’tadigan  soy  bo’yida    ming  yillik  chinor  esa  ziyoratgoh  qo’riqchisidek 

bo’y cho’zib turubdi. 

      Turkiston tog’ tizmasi,Molguzar tog’i quchog’ida joylashgan Baxmal 

tumanining 

xushmanzara 

joylari 

va 

ziyoratgohlari 

juda 

ko’p.Jumladan,O’smat  ota,Novqa  ota,Jo’m-jo’m  ota  va  boshqa 

ziyoratgohlar.Lekin  men  uchun    Said  mir  Xalilillox  ziyoratgohi  alohida 

o’rin  tutadi.Chunki  u  mening  qishlog’imda  joylashgan.Shaharda 

yashasamda,qishlog’imga  har  borganimda  bu  tabarruk  joyni  ziyorat 

qilishga  harakat  qilaman.Zero  o’qish  va  ishlarimda  ajdodlarim  ruhi 

menga madadkordir. 

       Vohani  mashhur  qilgan  yana  bir  sabab  o’ziga  xos  go’zal 

tabiati,”Qizil  kitob”ga  kiritilgan  rang-barang  hayvonot  va  nabotot 

olamidir.Undan tashqari sof tog’ havosi,shifobaxsh va ming bir darga 

da’vo  ma’danli  buloq  suvlari  bo’lib,buni  zamonaviy  tibbiyot  ham 

tasdiqlagan.Diyorimdagi  yuz  yosh  bilan  yuzlashgan  insonlarning 

ko’pligi  bunga  isbot  bo’la  oladi.Baxmal  vohasiga,qolaversa,mening 

Bog’mozor  Mo’g’ol  qishlogimga  qadam  qo’ygan  har  bir  mehmonni 

xalqim bug’doy noniga,dong’i ketgan “Besh yulduz” olmasiga qo’shib 

samimiy  mehmondo’stlik  mehri  blan  siylashadi.Bu  mehrga  maftun 

bo’lganlar yana bir bor kelishni ko’ngliga tugub qo’yadilar. 

    Yurtimning shu  darajadaga  yetishishida  juda  ko’p  fidoiy  insonlarning 

xizmatlari  singgan  .  Ulardan  morif  sohasida  Rustam  Ahmedov,xo’jalik 

rivojlanishida 

Hamza 

Ashirqulov,Abil 

Xo’jaqulov 

,Xo’jabek 

Mansurov,Safar  Mallaev,Ne’mat  Tilovov  kabi  ko’pgina  insonlarni  aytib 

o’tishim  mumkin.  Bu  fidoyi  insonlar    qatoriga  Ulug’  vatan  urushi 

qatnashchilarini  ham  yuksak  ehtirom  bilan  tilga  olaman.  Ular  orasida 

bobolarim Azimov Hakim,Azimov Shodi ,Azimov Nishon,Azimov Toshbek 

va  katta  otam      Meliboyev  Umarning  borligi  ahlimiz  va  biz  kelajak 

avlodning,shaxsan o’zimning fahrlanib yurishimizga arziydi. 

     Ona  vatanim  O’zbekiston  mustaqil  bo’lgan  davrdan  boshlab 

muhtaram  prezidentimiz  I.A.Karimov  farmonlariga  asosan  tarihiy 

qadamjolarni  qayta  tiklash,  asrab-avaylab  kelajak  avlodga 

yetkazish,dunyoga  tanitish  shu  bilan  birga  tarixiy  shaxslar,fidokor 

insonlarni,vatan uchun jonini fido qilgan qahramonlarimizni qadrlash 

amalga  oshirilmoqda.Shu  qatorda  men  ham  Bog’mozor  Mo’g’ol 

qishlog’imda  joylashgan  Said  Mir  Halil  ziyarotgohini  Amir  Temur 

qadami  yetgan  manzil  sifatida  butun  dunyo  tanishida    o’z  xissamni 

qo’shishni    ko’nglimga  tugdim.Samarqand,Buxoro,Xiva,Toshkent 

shaharlari  kabi    Amir  Temur    darvozasi  va  ko’pgina  temuriylar 

nazar  solgan  ziyoratgohlari  mavjud.Jizzax  viloyati,qolaversa 

mening  aziz  qishlog’im  Bog’mozor  mog’ol    ham  turizm 

markazlaridan biriga aylansa ajab emas. 

       Har  faslda  o’zgacha  takrorlanmas  go’zal  manzarani  kashf 

etuvchi 

qishlog’im 

mustaqillik 

davrida 

maorif,ishlab-

chiqarish,sanoat,tibbiyot,sport,ilm-fan,ma’naviyat 

va 

boshqa 

sohalarda  ham  rivojlanib  bormoqda.Ayniqsa,biz  yoshlar  uchun  maktab,kollej,musiqa  va  sport 

maskanlari 

qurib 

berilmoqda 

Bu 

o’zgarishlar 

respublikamizning 

hamma 

viloyatlari,shaharlari,tumanlari,chekka 

qishloqlarida 

ham 

amalga 

oshirilmoqda.Bunga 

Yurtboshimizning va har bir sohadagi jonkuyar insonlarimizning xizmatlari juda katta.Biz yoshlar esa 

javob  tariqasida    o’qib  o’rganishimiz,yaratilgan  imkoniyatlardan  unumli  foydalanishimiz,izlanib 

harakat qilishimiz kerak. 

       Menga  qishlog’im  tarixini  o’rganishda  ota-onam,ustozlarim  Sultonxon  Yaxyoyev  va  Shuhrat 

Mamatqulov yaqindan yordam berishdi! 

                            

            Ona yurtim jamoli

                

    Biz yoshlarning kamoli!

  

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling