Dunyo kartografiyasi haqida Dengiz kartalari Topografik kartalarni tuzish


Download 0.6 Mb.
bet2/6
Sana01.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1316058
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dunyo kartografiyasi va GAT

9.3. Dengiz kartalari
Ma’lumki, dengizlar Er shari yuzasining 71% ini tashkil qiladi. Demak, dengiz kartalarining roli nihoyatda katta bo‘lib davlat ahamiyatiga egadir. Dengiz kartalari asosan gidrografik kartalar bo‘lib, ulardan dengiz navigatsiya sohasida foydalaniladi. SHu bilan birga bunday kartalar kemani boshqarishda, suzish yo‘llarini o‘rnini aniqlashda, yangi dengiz yo‘llarini ochishda foydalaniladi.
So‘nggi vaqtlarda ochiq va yopiq dengizlarning tabiiy resurslarini o‘rganish maqsadida yangi mavzuli kartalar tuzishga e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, dengiz osti relьefini o‘rganish va undan foydalanish uchun maxsus kartalar tuzilmoqda.
Dengiz kartalarida dengiz tubining relьefini ko‘rsatuvchi batimetrik ko‘rsatkichlarning roli katta, bundan tashqari dengiz tubidagi qum, shag‘al yoki dengizdagi xavfli joylar, sayozliklar, riflar, toshli qirg‘oqlar, cho‘kkan kemalar o‘rni, dengiz oqimlari va ularning kuchi, magnit og‘ish burchaklari, suv ko‘tarilishi (priliv) va qaytishi (otliv) vaqtlari, suzib yuruvchi muzlar mayak va buylar ko‘rsatiladi (9.2-rasm).

9.2-rasm. Dengiz navigatsiya kartasidan namuna


Dengiz kartalari Merkator proeksiyasida tuzilib azimut yo‘nalishlari to‘g‘ri chiziqlar bilan ifodalanadi, natijada nuqtalarning koordinatalarini aniqlash oson, shu bilan birga bunday kartalarda radionavigatsiya turlarini tushirish ancha qulaydir.
Sobiq Ittifoqda tuzilgan dengiz kartalarining masshtabi qirg‘oqqa yaqin joylarda 1:25000 dan 1:75000 gacha, ochiq dengizda esa asosan 1:1000000 masshtabda bo‘lib, bunday kartalar Dengizni bosh kartalari deb yuritiladi. Hozirgi vaqtda dunyoning 1:10 mln va 1:3,5 mln masshtabli dengiz kartalari tuzilgan. Xalqaro gidrografik tashkilot rahbarligida dengiz kartalarini standartlashtirish ustida ish olib borilmoqda, natijada hamma dengiz kartalaridan xohlagan mamlakatlar foydalanishi mumkin.
Quruqlikdagi kartaga nisbatan dengiz kartalari tez-tez yangilanib turadi va ularni Xalqaro gidrografik tashkilot nazorat qilib turadi. Dengizlarning mavzuli kartalari asosan, batimetrik, gidrometeorologik, geologik, geofizik yo‘nalishlarda tuziladi.Masofadan turib olingan aerosurat, kosmik surat va raqamli ma’lumotlarning eng katta afzalliklaridan biri, ularni bir vaqtning o‘zida bir xil tabiiy sharoitda juda katta maydonlarni qamrab olishidadir. Geografik karta va kosmosurat o‘zlarining metriklik (o‘lchami) xususiyatlari bo‘yicha bir-biridan farqlanadi. Bu farqlanishni asosiy sabablaridan biri tasvirni loyihalashtirish qonun-qoidalaridar. Ayniqsa fotografik va televizion suratlarda bu farq sezilarlidir, chunki fotosurat – markaziy loyihalashtirish qonunlariga binoan tuzilgan, karta esa – ortogonal yo‘l bilan tuzilgan. SHuning uchun, kosmosuratlardagi xatoliklarning tabiati ham, xususiyatlari ham kartadagidan farq qiladi.
Kosmosurat va karta orasidagi farq tafsilotlarni ma’lum zamon va makonda tasvirlash xususiyatlari bir-biriga o‘xshamasligi tufayli kelib chiqqan. Karta legendasi va shartli belgilari yordamida o‘qiladi, chunki u ilmiy asoslangan dastur yordamida tuziladi. Kosmofotosurat esa ma’lum joyning bir lahzalik ko‘rinishga qarab tasvirlangan ob’ekt va tafsilotlarni bir-biriga o‘xshashligiga qarab o‘qiladi. Ma’lum geografik hududning kosmofotosuratlari o‘z tashqi ko‘rinishlari bo‘yicha ko‘proq topografik kartani eslatadi. Mavzuli kartalar bilan solishtirganda ular o‘rtasidagi farq sezilarlidir.
Masofadan turib olingan ma’lumotlardan foydalanishning bir qancha yo‘nalishlari bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

  1. YAngi topografik va mavzuli kartalar tuzish;

  2. Mavjud topografik va mavzuli kartalarni yangilash va tuzatish;

  3. Fotosxema, fotoplan, fotokarta, foto-blok-diagrammalar va boshqa kombinatsiyalashgan fotografik modellarni yaratish;

  4. Tezkor (operativ) kartalar tuzish va monitoring ishlarini olib borish.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling