Dunyo kartografiyasi haqida Dengiz kartalari Topografik kartalarni tuzish


Download 0.6 Mb.
bet4/6
Sana01.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1316058
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dunyo kartografiyasi va GAT

Kartalarni yangilash. Aerokosmik s’yomkalarni takroriy bajarilishi, ya’ni yangi kosmik ma’lumotlarni olinishi 1:10 000 masshtabdan boshlab barcha masshtablardagi topografik va mavzuli kartalarni doimiy ravishda yangilab borish imkoniyatlarini beradi. Kartalarni yangilashda ularni xizmat qilish muddati, Er yuzasida bo‘layotgan o‘zgarishlarni va ularni tezligi, tez o‘zgaradigan narsalar va tafsilotlar tarqalgan erlar alohida ajratib olinadi va bu hududlar kartalari birinchi navbatda yangilanadi. Masalan, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida o‘zlashtirilgan erlar. Foydali qazilma konlaridan jadallik bilan foydalanilayotgan erlar, shahar, yo‘l va gidrotexnik qurilishlar o‘tkazilayotgan erlarning kartalari har yili yoki ikki yilda bir marta yangilansa, aholi kam yashaydigan, o‘zlashtirilmagan hududlar kartalari har besh yoki o‘n yillarda bir marta yangilanadi.
Topografik va mavzuli kartalarni yangilash uchun kosmik suratlardan foydalanish karta tuzish jarayonini va tahrir qilash ishlarini osontashtiradi. Karta tuzish uchun, hamda kartani yangilash uchun manbalarni tanlash va saralash, hamda kartasi yangilanayotgan hududning o‘ziga xos geografik xususiyatlari bilan tanishish uchun ketadigan vaqt qisqardi. Kartografik generalizatsiya ishlari osonlashdi va soddalashtirildi. SHular bilan birgalikda kartani aniqlik darajasi ortadi, tafsilotlarni berilishi va karta ma’nosi mantiqan to‘g‘ri tuziladi.
Fotokartalarni tayyorlash. Keyingi vaqtlarda ilmiy va amaliy ishlarda fotografik tasvirlardan keng foydalanilmoqda. Fotokartalarni tuzish uchun, aerokosmik suratlar qayta ishlanib, kartografik proeksiyaga moslashtiradilar. Aerokosmik suratlarning geometrik xatoliklari fotogrammetrik qayta ishlov berilib, yo‘qotiladi, ular transformatsiya qilinib, kerakli masshtablarga keltiriladi va yirik, o‘rta va mayda masshtabli topografik varaqlariga mos ravishda montaj qilinadi (1: 10 000 - 1:1 000 000). So‘ngra koordinatalar to‘ri, gorizontallar, gidrografiya va aholi yashash manzilgohlarining nomlari, joy tafsilotlari, yozuvlar chiziladi va yoziladi. Karta ramkasidan elemenlar jihozlanadi. Hozirgi kunda aero va kosmik suratlar asosida tuzilgan fotokartalargi ehtiyoj juda katta. Agar bunday kartalarni tuzishda relьefni gorizontallar bilan ifodalanmasdan soddalashtirilib borilsa kam o‘rganilgan va borib bo‘lmaydigan hududlar uchun fotokartalarni tuzish ancha osonlashadi va tezlashadi.
Topografik fotokartalarni tuzish bilan birgalikda, maydoni jihatdan katta hududlarni mayda masshtabli (1:2 000 000 va undan ham mayda) mavzuli fotokartalari va fotoportretlari ham tuzilmoqda. Bunday mavzuli fotokartalarda joyning rangli tasviri haqiqiy tabiiy ranglarga yaqinlashtirilib ifodalanadi. Karta mazmuni, tasvirlanayotgan mavzu elementlari bilan to‘ldiriladi, ya’ni geologik tuzilish konturlari, tuproq va o‘simlik qoplami konturlari, landshaftlar, tabiatga inson ta’siri va boshqa shularga o‘xshash konturlar bo‘lishi mumkin.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling