Dunyo kartografiyasi haqida Dengiz kartalari Topografik kartalarni tuzish


Tezkor (operativ) kartalarni tuzish


Download 0.6 Mb.
bet5/6
Sana01.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1316058
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dunyo kartografiyasi va GAT

Tezkor (operativ) kartalarni tuzish. Tezkor kartalarni tuzishda aerokosmik ma’lumotlarning o‘rni juda katta hisoblanadi. Bunday kartalar tuzishda masofadan turib olingan ma’lumotlarga (kosmik suratga) tezkorlik bilan avtomatik ravishda ishlov berilib kartografik o‘lchamlarga keltiriladi. Eng taniqli tezkor kosmofotokartalardan biri meteorologik kartalar hisoblanadi. Tezkor tarzda ma’lum qisqa vaqt ichida o‘rmon yong‘inlari, suv toshqinlari, qishloq xo‘jaligi ekinlarining maydoni, kasalliklari va boshqalarni tezkor (operativ) fotokartalarini tuzish mumkin. Bulardan tashqari ekologik xolatlar, tabiiy va antropogen jarayon va xodisalar tezkor kartalarini ham tuzish mumkin. Kosmofotokartalar yordamida qishloq xo‘jaligi ekinlarini pishib etilishi, hosildorligi, qor qoplamini hosil bo‘lishi, tog‘li hududlarda qor ko‘chkilari, sel, lavina va boshqalar shularga o‘xshash xodisalarni o‘rganish va kuzatish uchun foydalaniladi..
Atrof-muhitni va uning alohida komponentlarini hozirgi xolatini masofadan turib olingan ma’lumotlar va kartalar asosida kuzatish, o‘rganish va nazorat qilish aerokosmik monitoring deb yoki kartografo-aerokosmik monitoring deb yuritiladi.
Kosmik monitoring vaqtida jarayon, voqea va hodisalarni kuzatibgina qolmasdan, ularni rivojlanishi, ma’lum hududlarda tarqalishi va ularni holatini, ya’ni sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini baholab, xavfli oqibatlarga olib keluvchi natijalarni oldini oluvchi chora-tadbirlarni ilmiy asoslangan ravishda ishlab chiqarishga yordam beradi. Ma’lum geografik hududdagi voqea, xodisa va jarayonlarni dinamikasini baholash va bashorat qilish uchun asos yaratiladi. SHuning uchun tezkor (operativ) kartaga olish va operativ fotokartalar tuzish tabiiy va antropogen jarayon, voqea va xodisalarni rivojlanishini nazorat qilish vositasi, hamda ularni boshqarishda to‘g‘ri qarorlarni qabul qilishni ta’minlovchi asosiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda.

Kartografik asarlarga yirik masshtabli topografik kartalardan tortib, Er yuzasining hammasini o‘z ichiga olgan mayda masshtabli umumgeografik kartalar, har xil mazmundagi mavzuli kartalar hamda Er shari yuzasining hammasini o‘zida aks ettirgan dunyo atlaslaridan tortib ayrim mamlakatlar va ularning regionlarini aks ettiruvchi atlaslargacha kiradi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling