Dunyo mamlakatlarida maktabgacha ta’lim tizimi
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
ma\'ruza
Huquqiy asoslar. Asosiy qonunning 7-moddasiga muvofiq butun maktab ta’limi
tizimi davlat nazorati ostidadir. Federativ qurilishga muvofiq ta’lim sohasidagi vakolatlar federastiya va yerlar o‘rtasida bo‘linadi. Jumladan, Germaniyadagi mavjud 16 ta yerlarning hammasida ham o‘zlarining ta’lim to‘g‘risidagi qonunlari mavjud. Ta’lim sohasidagi qonunchilik va boshqaruv, asosan, erlarning vakolatiga kiradi. Bu, avvalombor, o‘rta va oliy ta’lim tizimi, kattalarni o‘qitish tizimi va ta’lim darajasini oshirish tizimiga tegishlidir. «Maktab ta’limi tizimini muvofiqlashtirish» to‘g‘risidagi yerlararo bitim (1971 y. 14 sentyabrda qabul qilingan Gamburg bitimi) ushbu tizimning umumiy va qiyosiy to‘zilmasini belgilaydi. Ushbu bitimga asosan yerlar qonunchilik organlari tomonidan maktabda ta’lim olishning majburiyligi, tashkiliy shakllar, imtihon natijalarini e’tirof etishga tegishli bo‘lgan majburiy qoidalar qabul qilindi. Bundan tashqari qo‘shimcha qarorlar qabul qilinib, yerlar madaniyat va ta’lim vazirlarining Doimiy anjumani (KMK) barcha yerlarda umumta’lim va kasb-hunar maktablarini tamomlaganlik hakidagi guvohnomalarni tan olish uchun ham umumiy asoslarni yaratadi. Bular, xususan, gimnaziyalarning yuqori bosqichlarini qaytadan tashkil qilish to‘g‘risidagi, yetuklik shahodatnomasi uchun imtihonlarga qo‘yiladigan yagona talablar to‘g‘risidagi va maktab ta’limi tizimida yakdillik va qiyoslashning zarur darajasini ta’minlaydigan birlashgan maktablarni tamomlaganlik haqidagi guvohnomalarni o‘zaro e’tirof etish hakidagi qarorlardir. Germaniya’ning birlashuvidan so‘ng KMK doirasidagi bitimlarga asosan yangi yerlarning ta’lim tizimini to‘zilmaviy qayta qurish markaziy vazifaga aylandi. Landtaglar tomonidan maktab to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilingandan so‘ng yangi yerlarning beshtasida 1992-1993 o‘quv yili boshlanishi bilan maktab ta’limining ko‘ppog‘onali tizimi joriy etildi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling