Dunyo miqiyosida tabiiy geografik prognozlashtirish va prognozlar


Download 18.77 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi18.77 Kb.
#1535794

DUNYO MIQIYOSIDA TABIIY GEOGRAFIK PROGNOZLASHTIRISH VA PROGNOZLAR
Reja:

  1. Global ekologik va geografik muammolar: o‘hshashliklari, kelib chiqish sabablari.

  2. Dunyo «issiqxonasi» va uning oqibatlari (ekologik va ijtimoiy - iqtisodiy).

  3. Dunyo okeani sathining ko‘tarilishi va uning oqibatlari.

Tabiat bilan jamiyat o‘rtasida munosabatlarni murakkablashuvi natijasida geografik muhitda turli muammolar kelib chiqmoqda. Ularni mazmuniga ko‘ra ekologik muammolar deb atash mumkin. Ma’lum ma’noda ekologik muammolar geografik muammolar deb ham atalishiga asos bor. CHunki asosiy maqsad geografik muhitni o‘zgarishini oldindan aytib berish, uning o‘zgarishida qanday sharoit tarkib topishi mumkin, inson va umuman tirik organizm uchun uning zararligi va zararsizligi, tabiiy muhitda bo‘ladigan o‘zgarish landshaftga qanday ta’sir etishi mumkin kabi savollar bilan bog‘liq.


Global bashoratning asosiy ob’ekti geografiyaga an’anaviy bo‘lib kelayotgan «xo‘jalik - tabiat – inson» tizimidagi o‘zaro bog‘liqlik usulllar va dastlabki axborot esa tabiiy geograsfik va iqtisodiiy geografik ma’lumotlar va uslubiyotlardan iborat. Geografik bashoratlar global, hududiy va mahalliy bo‘lishi mumkin.
Global bashoratlar boshqa turdagi bashoratlar kabi ma’lum hududga borliq emas, butun biosfera, Yer kurrasi miqiyosida tabiatni o‘zgarishi bilan bog‘liq. Bashoratning maqsadi – Yerning holati va saqlanishin baholashning umumiy global strategiyasini izlashdan iborat. Global bashoratlashtirishda tadqiqotchining diqkat - e’tibori insonni xo‘jalik faoliyati oqibatlari, resurs va demografik muammolar, shuningdek sayyoraviy iqlimiy o‘zgarishlar negizida ularni o‘zgarishiga qaratilgan bo‘ladi.
Bugungi kunda insoniyat oldida o‘z yechimini kutayotgan qator muammolar turibdi. Rus olimlari S.B.Lavrov, Yu.N.Gladkov quyidagilarni eng muhim deb hisoblaydilar: tinchlikni saqlash, iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, energetika, xom – ashyo , dunyo okeani, madaniyat va odob inqirozi, sog‘likni saqlash, ishlab chiqarishdagi halokatlar, jinoyatchilik va terrorizm, demokratiyani taqchilligi, urbanizatsiya, millatlararo munosabatlar, demografiya, oziq – ovqat, qoloqlik va nihoyat ekologik muammolar.
Mazkur muammolar fanlararo mazmunga ega bo‘lsa – da, geografiya fanining vazifalariga yaqin turadi. Kompleks mazmunga ega bo‘lgan bu fanning o‘rganish ob’ektlaridan biri geografik qobiqdir. Bundan tashqari ozon muammosi, iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish kabi dunyoviy muammolar borki, ular bevosita geografiya faniga taalluqlidir.
Insoniyatning dunyoviy muammolariga e’tibor va uni ilmiy o‘rganish hamda bashorat qilishni ilk bor AQSh olimlari boshlab bergan desa to‘g‘ri bo‘ladi. Bu borada 1946 yilda yetakchi ishbilarmonlar, Stenford universiteti olimlari bilan birgalikda Stenford tadqiqot institutini tashkil qiladi- lar. 1966 yilda Vashington shahrida “Dunyoning kelajagini o‘rganuvchi jamiyat- ga asos solingan (“Obщestvo po izucheniyu buduщego mira”). Xullas XX asrning 60 – yillarida AQShda insoniyatning dunyoviy muammolarini o‘rga -nadigan 15 ta yirik institut va tashkilotlar yuzaga kelgan.
Shu yo‘sindagi tashkilotlardan biri 1968 yili italiyalik sotsiolog, yirik jamoatchi FIAT konsernining boshqaruvchisi Aurelio Pechchei tashabbusi bilan tashkil qilingan Rim klubidir. Mazkur klubning Rim shahrida asos solinishi bejiz emas. Chunki, Rim shahri insoniyatning eng qadimgi madaniy – ilmiy markazlaridan biridir.
Shaharga miloddan avvalgi 754 – 753 yillarda asos solingan. Ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy muhitning taqazosi bilan 1303 yilda Rim universiteti tashkil qilingan. Ushbu xalqaro nufuzga ega bo‘lgan oliy dargohda fanning turli sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi va hozirgi davrda 180 ming talaba tahsil oladi (O‘ME, 7 jild, 2004, 331b.). Rim klubi halqaro nodavlat tashkilot bo‘lib, unga turli mamlakatlarning yetuk olimlari, menejer, iqtisodchi, demograflar, jamoat arboblari, yirik kompaniya rahbarlari a’zo sifatida qabul qilingan, ularning soni 100 kishi atrofida. M.Gorbachev uning faxriy a’zosi, sinergetika ta’limotining asoschisi I.Prigones esa haqiqiy a’zosi hisoblanadi. Klubning shtati, rasmiy budjeti yo‘q. Unga dunyoning yirik kompaniyalari homiylik qiladi. (“Fiat”, “Folksvagen” va boshqalar). Klub ishini 12 a’zodan iborat, uning prezidenti rahbarligidagi ijroiya qo‘mita boshqaradi (Prezidenti Aurelio Pechchei (1968 – 1984); A.King (1984 – 1991 ); R.Dies – Xoxlaytner (1991 y. dan). Klubning rasmiy idorasi ayni kunda Parij shahrida. Hozirgi davrda 30 dan ortiq mamlakatlarda Rim klubi ishiga ko‘mak beruvchi milliy uyushmalar (assotsiatsiya) mavjud (Rossiyada bu tashkilotning prezidenti (1989) D.V. Gvishiani).
Klubning asosiy maqsadi insoniyat oldida yuzaga kelgan va kelishi mumkin bo‘lgan dunyoviy (asosan iqtisodiy – ijtimoiy, siyosiy, ekologik) muammolarni o‘rganish, muhokama qilish, davlatlar rahbarlari bilan muloqot o‘tkazish, dunyo jamoatchilik fikrini ushbu muammolarga qaratish va uni shu yo‘sindagi tadqiqotlarni rag‘batlantirish. Klubning asosiy “mahsuloti” olimlar, tadqiqotchilar tomonidan Rim klubi nomiga tayyorlangan ma’ruzalaridir. Hozirgi kunda Rim klubi buyurtmasi bilan 30 dan ortiq ma’ruzalar tayyorlangan va keng jamoatchilik muhokamasiga havola etilgan.
Mazkur ma’ruzalar ichida D. Medouz va uning hamkorlari (AQSh) tomonidan 1972 yilda tayyorlangan “O‘sish chegaralari” (“Predelы rosta”) asari xalqaro ilmiy jamoatchilik orasida e’tiborga ega bo‘lganlardan biridir. Alarmistik ( inglizcha – alarm, frans.- alarme – vahima, bezovtalik) mazmuniga ega bo‘lgan bu asarda mualliflar dunyo bo‘yicha demografik, iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtirish va nihoyat turg‘un o‘sishni (“nulevoy rost”) taklif qiladilar. Unga asos qilib, sayyoramizda aholining tez suratlar bilan ko‘payib borayotganligi ( o‘sha davrda yillik o‘sish 1,9 % atrofida edi), oziq – ovqat va sanoat ishlab chiqarish sur’atini o‘ta tezligi, mineral resurs- larning kamayib borayotganligi, atrof – muhitni esa tobora ifloslanayot- ganligi asos qilib olingan edi. Asarda antropogen yukning tabiatga ta’sir kuchining o‘sish chegaralari tahlil qilingan. Bu sayyoramizning ekologik holatini bashoratlashga bag‘ishlangan to‘ng‘ich global model edi. Lekin, mazkur tadqiqotning bir yoqlamaligi, mintaqaviy farqlanishlar hamda ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy kuchlarning inobatga olinmaganligi keyinchalik tanqid ostiga olindi. Ushbu g‘oyaga qarshi borganlarning soni ko‘p bo‘lgan bo‘lsa – da, u o‘z maqsadiga erishdi, ya’ni dunyo hamjamiyatining e’tiborini qozondi, kelajak haqida o‘ylashga chorladi. Keyinchalik bu borada yangi – yangi tadqiqotlar paydo bo‘ldi ( Maksakovskiy, 2008, 38 – 42 betlar).
A.D. Medouz rahbarligidagi tadqiqotlarning navbatdagi natijasi 20 yildan so‘ng 1992 yilda “O‘sishning yangi chegaralari” («Novыe granisы rosta») modeli taklif qilinadi. Bunda tadqiqotchilar aholi, iqtisod va atrof- muhitni yagona tizim ekanligini asoslaydilar. Ularning fikricha dunyoviy rivojlanishning formulasi quyidagicha: I= RAT. Bunda I – atrof – muhitga beriladigan yuk, R- aholi, A- farovonlik, T-texnologiya.
Bu yerda farovonlik jon boshiga iste’molning miqdorini bildirsa, texnologiya esa mahsulot birligi ko‘lamida keltirilgan zararni ifodalaydi.
Dunyo hamjamiyatining xohlagan hududiy qismi ekologik vaziyatni yaxshilashga o‘z ulushini qo‘shishi mumkin. Mualliflar boshqa tadqiqotchi lardan farqli o‘laroq mustaqil ravishda hozirgi kunda ommaviy tus olgan barqaror rivojlanish g‘oyasini ilgiri suradilar. Bundan tashqari, quyidagi tadqiqotchilar tomonidan tayyorlangan ma’ruzalardan amerikalik Dj.Forrester (1971), M.Messarovich va E.Pestel (1974), E.Laslo (1978) gollandiyalik Yan. Tinbergen (1975), A.Pechchei (1977), kabi olimlarning izlanishlari e’tiborga loyiq.
Rim klubi dastlab jamiyat va tabiat o‘rtasidagi qarama – qarshiliklarga e’tiborni qaratgan bo‘lsa, keyinchalik sotsial muammolar uning asosiy e’tiboriga aylandi.
Amerikali geograf – olim S. Koen dunyoning siyosiy kartasida ro‘y bera- digan o‘zgarishlarni bashoratlaydi. Uning fikricha dunyoni siyosiy ma’muriy bo‘linishi bundan keyin ham davom etadi. 20-30 yildan so‘ng mustaqil davlatlarning soni taxminan 300 taga yetadi. Ular 1900 yilda 57 ta, 1938 yilda 71 ta, 1959 yilda 92 ta, 2000 yilda 193 ta bo‘lgan. S.Koen bo‘yicha Yevropada Flandriya, Valloniya, Bretan, Uels, Shotlandiya, Kataloniya, Bakslar davlati, Osiyoda – Mindanao oroli, Panjob, Tibet, Afrikada- Katanga, Shimoliy Amerikada – Fransuz Kanadasi kabi mustaqil davlatlar paydo bo‘ladi. Avstraliya, Afg‘oniston, JAR, Sudan, Braziliya, Meksika, qisman esa Rossiya, Xitoy parchalanishi mumkin. Dunyo siyosiy – ma’muriy bo‘linishga asosiy sabab milliy uyg‘onish, siyosiy o‘z-o‘zini boshqarishga, milliylikka intilishdir. Asarda “Boy – Shimol ” va “Kambag‘al – Janub”, hamda “Yevropa – Amerika” va islom dunyolari o‘rtasidagi munosabatlar ham tilga olingan (Maksakovskiy, 2008, 41 b.) .
Bundan tashqari Rossiya olimlari tomonidan global ekologik muam- molarni bashoratlashga bag‘ishlangan ayrim tadqiqotlar o‘ziga xos. ( Milkov,
1990, Gorshkov, 1986) Yu.P.Seliverstov sodir bo‘layotgan dunyoviy ekologik muammolarga optimistik ruhda yondashadi. Uning fikricha biosfera insoniyat tomonidan tabiatga ko‘rsatilayotgan salbiy ta’sir oqibatlarini bartaraf qilish qobilyatini hali yo‘qotgani yo‘q. Atmosfera tarkibini karbonat angidridi va zararli gazlar bilan to‘ldirilishida insoniyatning ulushi tabiiy jarayonlarga nisbatan juda kam. Ular sayyoramiz va uning tarkibiy qismlari uchun xavfli emas. Global ekologik inqiroz yo‘q, u Rossiya Federatsiyasi miqyosida ham namoyon emas, faqat ayrim mintaqalarda qisman xavf mavjud. Insoniyatning rivojlanishi jarayonida tabiat bilan uyg‘un yashash tamoyiliga erishmoq lozim, deb xulosa qiladi olim (Seliverstov, 1995).
Akademik – matematik N.N.Moiseev (1920 – 1999) rahbarligida Rossiya Fanlar Akademiyasi huzuridagi hisoblash markazida biosferadagi o‘zgarishlarni o‘rganish borasida “Geya” nomidagi matematik modellar tizimi markazi tashkil qilingan edi. Tadqiqotlar natijasida olim, biosferadagi ekologik muvozanatni buzilganligi va insoniyatning tabiatga nisbatan hozirgi munosabati global inqirozning ro‘y berishi aniq ekanligini qayd qiladi. N.N.Moiseev, insonning tabiatga qaramligi kelajakda kamaymaydi, aksincha ortadi, inson tabiat bilan uyg‘un yashamog‘i zarur deb ta’kidlaydi. Olim “Ekologik imperativ” g‘oyasini ilgari suradi, ya’ni tabiat qonunlarining ustuvorligi, inson esa ularga o‘z harakatlarini moslashga majbur ekanligini qayd qiladi. Tug‘ilishni me’yorlashtirish, aholi sonini hamda tabiatga ko‘rsatilgan antropogen yuk (bosim) hajmini 10 marta kamaytirishni qayd qiladi (Moiseev, 1998).
Xullas insoniyatning kelajagi haqida hozirgi kunda son – sanoqsiz ba- shoratlar mavjud, lekin ularning qaysi biri to‘liq o‘z isbotini topadi yoki yo‘q, buni vaqt ko‘rsatadi. Bundan qat’iy nazar, futurologlar orasida geograflar faol va yetakchi bo‘lishi zarur, chunki geografiya fanining nodir imkoniyati muammolarga majmuali yondashuvi, ya’ni integratsion va sintez qudrati bunga imkon beradi.
Download 18.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling