Dunyo va mdh davlatlarida tuproq tiplari
Download 55.05 Kb.
|
dunyo va MDH davlatlarida tuproq tiplari
Dunyo va MDH davlatlarida tuproq tiplariPokizaxon ErmatovaTuproq tasnifi — tuproklarni muayyan belgilar asosida taksonomik birliklarga boʻlish. Hozirgi zamon genetik Tuproq tasnifi tuproq hosil boʻlishi, rivojlanishi, evolyutsiyasi jarayonlari va xususiyatlarini oʻzida aks ettirgan tuproq profilining tuzilishiga asoslangan. Asosiy tasniflash birligi — tuproq genetik tipidir. Hozirgi zamon tasnifida 100 dan ortiq tuproq tiplari ajratilgan boʻlib, ular oʻz navbatida tipchalar, turkum, tur va xillarga boʻlinadi. Tuproq diagnostikasi, yaʼni obʼyektiv belgilar sistemasi tasnifning eng muhim qismi boʻlib, tuproqni tasnifning barcha taksonomik darajalarida ajratishga imkon beradi.
Tuproqni amaliy (agrar, ishlab chiqarish., meliorativ, oʻrmonchilik va boshqalar) jihatdan gurugʻlarga ajratish katta ahamiyatga ega. Yagona xalqaro Tuproq tasnifi ishlab chiqilmagan. FAO, YUNESKO tomonidan (1968—74) dunyo tuproq xaritasini tuzishda birinchi dunyo tuproq sistemasini yaratishga urinib koʻrildi.Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalari tuproqlari sugʻoriladigan tuproklar tarzida tasniflanadi. Yangi Tuproq tasnifida sugʻorish taʼsirida tuproq jarayonlari xarakterining tubdan oʻzgarganligini hisobga olib, ular alohida tuproq tipi sifatida ajratilgan. Bunda tuproqning zonal joylanish holati, sugʻorish taʼsirida oʻzgarganlik darajasi, avtomorflik va gidromorflik sharoitlari eʼtiborga olinadi. Zonal joylanish holati sugʻoriladigan tuproqning maʼlum kenglik zonasi yoki balandlik mintaqasiga mansubligini koʻrsatadi. Shunga koʻra, Oʻrta Osiyoning tekislik qismi sur tusli qoʻngʻir, qumli choʻl, taqirli va taqir, shuningdek, gidromorf sharoitda ularga yoʻldosh oʻtloqi, botqoqioʻtloqi va botqoqi tuproqlar tarqalgan ch>;l zonasi sifatida qaraladi.
Download 55.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling