Sanoq sistemasining ishlatilishi
Maktab kursidagi informatika faninidan bizga ma’lumki, sonlar nafaqat o`nlik sanoq sistemasida balki boshqa sanoq sistemalarida ham bo`lishi mumkin. Masalan: kompyuter ikkilik sanoq sistemasidan foydalanadi ya’ni 19-soni ikkilik sanoq sistemasida (kompyuterda) 10011 ko`rinishida ifodalanadi. Bundan tashqari sonlarni bir sanoq sistemasidan ikkinchi sanoq sistemasiga o`tkazish kerak. Python bu uchun bir qancha funksiyalarni taqdim etadi:
int([object],[sanoq sistemasi asosi])- butun sonni berilgan sanoq sistemasidan o`nlik sanoq sistemasiga o`tkazadi.
bin(x)- butun sonni ikkilik sanoq sistemasiga o`tkazadi
hex(x)- butun sonni o`n oltilik sanoq sistemasiga o`tkazadi
oct(x)- butun sonni sakkizlik sanoq sistemasiga o`tkazadi.
Son
Sonlar Python dasturlash tilida 3 turda bo'ladi:
butun sonlar,
haqiqiy sonlar
kompleks sonlar
Butun songa misol 2,5, …
Haqiqiy sonlarga misol 3.23 va 52.3e-4.
Kompleks sonlarga misol (-5+4i) va (2.3-4.6i)
Butun sonlar
Python interpretatorida yuqorida operator va ifodalar mavzusida ko`rib chiqqan barcha operatorlarni oddiy matemetika kursida ishlatilganidek bajarilishini ko`rdik. Ya’ni ko`paytirish, qo`shish, ayirish, bo’lish, darajaga ko`tarish va hokazo. Endi esa butun sonlar ustida bajarish mumkin bo`lgan qo`shimcha metodlarni ko`ramiz.
int.bit_length()- sonni oldidagi ishora va nollarni hisobga olmasdan uni ikkilik sanoq sistemasida taqdim etish uchun kerakli bo`lgan bitlar soni.
int.to_bytes(length, byteorder, *, signed=False)-shu sonni taqdim etuvchi baytlar qatorini qaytaradi.
classmethod int.from_bytes(bytes, byteorder, *, signed=False)-berilgan baytlar qatoriga mos sonni qaytaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |