Dunyodagi ko‘pgina rivojlangan maamlakatlar aqsh,Angliya, Frantsiya


Download 25.35 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.10.2019
Hajmi25.35 Kb.

   Dunyodagi ko‘pgina rivojlangan maamlakatlar AQSH,Angliya, Frantsiya 

iqsodiyotiga nazar solsak ularda hozirgi zamon bozor iqtsodiyoti 

modellaridan biri bo‘lgan- Aralash iqtsodiyotni ko‘ramiz. Aralash 

iqtsodiyot poliiqtsodiy tizim bo‘lib, bozor iqtsodiyoti va 

kooperativ(shirkat)iqtsodiyoti kabi modellardan o‘zining 3 ta jihati bilan 

ajralib turadi.

⁸   a)mulkiy xilma-xillik

   b)xo‘jalik yuritish xilma-xilligi 

   c)xo‘jalik faoliyati miqiyosida muvozanatning ta‘minlanishi

a)xilma -xil mulkchilik yonma yon rivojlanishi sababli, mulkiy yagona 

monopoliyaga o‘rin qolmaydi, bunda mulkchlikning 3 ta turi bor bo‘lib

xususiy mulk, 

jamoa mulki

davlat mulkidan turadi 

Xususiy mulkda individual mulk  shakli emas balki,kooperativ(shirkat) 

mulki ustunlik qiladi.Ishchi va xizmatchilarning o‘ziga qarashli mulki bu 

Jamoa mulki deb ataladi va ular xalq korxonalarida o‘z ifodasini topadi. Bu 

yerda o‘z faoliyatini yuritayotgan xar bir ishchi, xizmatchi mulk sohibi 

bo‘lib  ham mehnat axli hisoblanadi.Davlat mulki eng asosiy, umummilliy 

ahamiyatga ega masalalar bilan cheklanadi uning shakli xususiylashtirish 

xisobiga qisqarib boradi. Shuning uchun bu mulklarning hechbiri monopol 

xususiyatga ega bo‘lmaydi, Iqtsodiyotda mulkiy muvozanat saqlanadi

b) Xo‘jalik, yakka shirkat aralash tarzda yuritiladi bu esa- xo‘jalik yuritish 

xilma-xilligi xisoblanib, ular orasida ijara munosabatlari keng tarqalib 

qo‘llaniladi. Masalan;yer, ko‘chmas mulk, moshina-uskunalar ijara asosida 

ishlatiladi,lizing turli shakli keng qo‘llaniladi.Umuman aytganda xo‘jalik 

subetktlari xo‘jalik faoliyati o‘z mablag‘iga, qarz puliga tayanib ishlatiladi. 

Qo‘shma ko‘rxonalar va transmilliy korporatsiyalar rivojlanib ochiq 

Page 1 of 3


iqtsodiy sohalar rivojlanib, xo‘jalik yuritish tartibi milliy doiradan chiqib 

baynalmilallashadi.

v)Xo‘jalik faoliyati natijasida yirik va kichik biznes muvozanat holatda 

bo‘lishini ta‘minlab ular orasidagi raqobat natijasida yirik monopoliyalarga 

yo‘l qo‘yilmaydi, Ular orasidagi munosabat birinchidan raqobat, ikkinchi 

tomondan sheriklik munosabati hisoblanib ham monopoliyaning 

cheklanishiga olib keladi. Albatta buning oqibatida necha millionlab 

korxonalar yopiladi yoki o‘z-aro qo‘shiladi va yangidan ochiladi. 

Iqtsodiyotda sub‘ektar ko‘pligi bu raqobatning oshishiga olib keladi. 

Aralash iqtsodiyotning o‘zi ko‘p ukladillikni talab qilmaydi va bozorbop 

narsalar ishlab chiqarishga qaratilgan. Barcha ishlab chiqarish omillari 

unumdorlikni oshirish maqsadida mukammallashib boradi. Samarali ishlab

chiqarish esa daromadni ish xaqqi, foyda, renta,foiz oshirish imkonini 

beradi.Aralash iqtsodiyot ommaviy farovonlikni ta‘minlashda da muhim 

ahamiyatga ega va o‘zining umumlashtiruvchi qonuniga ega. Birinchidan 

mulk xilma xil bo‘lib mulk ozchilikka emas balki ko‘pchilikka tegishli bo‘ladi

va xodimlar mulk sohibiga aylanad. Ikkinchidan maxsulotning ko‘p ishlab 

chiqarilishi farovonlikni ta‘minlashga yetadi yani maxsulot faqatgina bir 

ishlab chiqaruvchi  emas balki bir necha ishlab chiqaruvchi kompaniyalar 

hisobiga bozorlar to‘ldiriladi keyinchalik esa uning tan narxi ham bir 

qancha arzonlashishini kuzatishimiz mumkin.Aralash iqtsodiyotda iqtsodiy 

munosabatlar aralash tarzida bo‘lishi bozor va nobozor munosabatlar 

qo‘shilib ketishiga olib keladi. Ular orasidagi munosabatlar biznesda o‘z 

o‘rnini topib o‘brosi ortishiga, imijiga ega bo‘lishiga,ishchi xizmatchilarning

mulkdorga aylanishiga olib keladi. Aralash iqtsodiyotda tartibszlik va 

noaniqlik eng quyi darajaga tushadi. Iqtsodiy munosabatlar tezda 

muvozanatlashib turadi.Davlat daromadlarni qayta taqsimlab minimal 

daromadlarning keskin pasayishiga yo‘l bermaydi. Aralash iqtsodiyotda  

iqtsodiy tanglik chuqur bo‘lmaydi va undan kam ta‘lofatlar bilan chiqib 

ketadi.Aralash iqtsodiyot xozirgi kunda eng rivojlangan, barqaror shakli 

sifatida yuzaga keladi.Uning yaqqol na‘munasini AQSH iqtsodiyotini olish 

Page 2 of 3



mumkin.Aralash iqtsodiyot haqidagi nazariyalar 20-asrning 20- yillarida 

paydo bo‘lgan.



Page 3 of 3

Download 25.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling