Dunyoni egallab olayotgan raqamli texnalogiyalarni umum ta’lim maktablarda o’rgatilishining afzalliklari


Download 28.08 Kb.
Sana18.09.2020
Hajmi28.08 Kb.
#130169
Bog'liq
maqola


DUNYONI EGALLAB OLAYOTGAN RAQAMLI TEXNALOGIYALARNI UMUM TA’LIM MAKTABLARDA O’RGATILISHINING AFZALLIKLARI

Avalov Azizbek Bahodir o’g’li

Toshkent Axborot Texnalogiyalari Universiteti Samarqand filiali Kampyuter injinering fakulteti 1-bosqich talabasi

+998930030530



+998937289984

Anatatsiya: Ushbu maqolada maktab o’quvchilarini raqamli texnika va texnalogiyalarga o’rgatish va kelajak kasbi bo’lgan dasturlashni o’rgatish, kelajak avlot uchun qay daraa axamiyatli ekanligi va bu borada qanday ishlar amalga oshirilsa manfatli bo’lishi xaqida ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlar: dasturchi, raqamli texnalogiyalar, kodlash, inavatsion g’oya, IT-park, roboto texnalogiyalar.

Kundalik hayotimizni raqamli texnalogiyalarsiz tasavur qilish qiyin. Bu texnalogiyalar rivojlanishda davom etaverar ekan bu texnalogiyalarni yarakish va uni mukammalalashtirish eng asosiy kelajak kasblariga aylanib qoladi. Umum ta’lim maktablaridan bu soxa bo’yicha kelajak avlotni qiziqtirish, uni mukammal darajada o’rgatish va yoshlarni bu kasbni egallashda ko’mak berish uchun ham, maktablarda dasturlash va raqamli texnalogiyalarga oid fanlarni joriy qilishni amalga oshirish kerak. Yosh bola qiziqqon bo’ladi deyishadi. Shunday ekan yoshligidan busoxa bo’yicha to’g’ri va zarur ko’nikmalarni berib borilishi kerak. Chunonchi dunyoni texnalogiyalar egallab olarekan uni yaratuvch texnik va dasturchilarga talab oshadi. Dunyo kasbi dasturchilik kasbiga aylangan vaqtda, xar bir inson, yosh kelajak avlot o’z manfati, yurti uchun nafi tegadigan, foydali ixtirolar qilishga qodir. Bu dasturlashni maktabda o’qitish o’rgatishning afzalliklari xar bir yosh maktab chog’idayoq o’zining shaxsiy dastutiga, raqamli texnalogiyasiga qolaversa kelajakda yarataoladigan inavatsion g’oyalariga ega bo’ladi. 6-7-8-sinf o’quvchilariga dasturlashning yo’naltiruvchi tili bo’lgan c++ dasturlash tilini undan keyin yuqori darajali mashhur va ko’p talab qilinayotgan dasturlash tillri python, java, web, javascript, dolphin, php kabi dasturlash tillarini o’rgatish kerak. Maktabda darslar qoniqarli bo’lmaydi. Faqatgini maktab bilimi bilan Oliy o’quv yurtlariga kirolmasligi ham buning isbotidur. Oliy o’quv yurtiga kirishdan maqsad ham yaxshi maoshli ishga joylashish, o’zining kasbiy yonalishi bo’yicha yetuk kadir bo’lib yetishish xar bir yoshning maqsadi. Agar quidagi dasturlash tillaridan birini professional darajada o’rgansa uyida o’tirgan xolda internet orqali pul ishlash imkoniyati ham mavjud. Misol uchun keltiradigan bo’lsak www.upwork.com sayti orqali soatiga 10 $ 12 $ gacha pul topishi mumkin. Oliy o’quv yurtini tamomlagan iqtdorli talabalarni ishga joylashtirish haqida shartnomalarni maktabdan ham olsa bo’ladigan bo’lisi kerak. Maktabni dasturlash boyicha boshlang’ich bilim ko’nikmalar bilan tamomlagan yoshlarni oliy ouv yurtiga kirish imtihonlarini asosan mutahasislik yo’nalishga oid test savollari bilan almashtirish maqsatga muofiq bo’ladi. Dasturchi bo’lish oson emas lekin harakat qilgan talaba bu dasturlash tilini tushunadi va uni o’rganish bo’yicha bilim egallash uchun astoydil harakat qiladi. O’qitiuvchi xar xil qiziq mashg’ulotlar va rag’batlantirishlar olib borilsa albatta harakatlarni samarasi o’z hosilini ko’rsatadi. Dasturlash kasbini egallash, raqamli texnalogiyalar, inavatsion g’oyalar va shunga o’xshash dubnyoni egallab olayotgan elektro texnika bularni barchasini o’zimizning yoshlar tomonidan dunyo yuzini ko’rishi davlatning qay darajada rivojlanganini, boshqa davlatlar bilan tengma teng raqobatlashib gina qolmasdan dunyoda yetakchi darajada o’rin egallashi ham yoshlarning qo’lida buning uchun faqatgina davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlarni ustun va dunyoni egallash (raqamli texnalog’iya bo’yicha) uchun zina poya azifasini bajaradi deask mubolag’a bo’lmaydi.

Dasturlashning umum talim muossasalarida o’tilishining yana bir avzalligi umidli yoshlarning raqamli texnalogiya bo’yich manaviy ongining rivojlanishi har qanday masala muammoni hal qila olishni o’rganishi tezlik bilan qisqa yechim topa olishi kelajakda yaratilajak loyixalarning mukammal darajada targib qila olish qobiliyati vujutga kelishi maktabda olinajak fundamental ko’nikmalar nafaqat oliy o’quv yurtlarida balki hayot faoliyatida ham mukammal yordam bera oladi deb o’ylayan.
Download 28.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling