Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati Estetikaning zamonaviy yondashuvlari Estetik tarbiyada ijodning o‘rni


Fojeaviylik va kulgililik kategoriyalari


Download 46.09 Kb.
bet4/6
Sana21.11.2023
Hajmi46.09 Kb.
#1792201
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati Estetikaning zamonaviy

Fojeaviylik va kulgililik kategoriyalari. Inson hayotini ideal holatda tasavvur qilishni istaydi, lekin ushbu tasavvur reallikda tubanlik, jirkanchlik, yovuzlik bilan to‘qnash kelishi idealning yengilishiga olib keladi va ushbu mag‘lubiyat fajeaga aylanadi.
Rus ruhshunosi Vigodskiy o‘zining “San’at psixologiyasi” asarida, ziddiyat badiiy shakllarning va badiiy materialning eng asosiy xususiyati ekanligini va affektli ziddiyat (katarsis)estetik reaktsiyaning asosini tashkil qilishini ta’kidlaydi12. Har bir fojia zaminida alohida fojiali to‘qnashuv yotadi va bu to‘qnashuv, ziddiyat keng ko‘lamlilik, ijtimoiylik kasb etadi. Masalan; fojeaviylikni tariflashda, yunonlar inson yaxshi bo‘lishi mumkin, ammo xato, nuqson, kamchilik, bilmaslik uning o‘ziga va boshqalarga balo-ofat keltiradi deb, insonning azob uqubatlari uchun ma’suliyatni uning o‘ziga yuklaganlar. O‘rta asrlar G‘arb xristian mafkurasi insonning azob-uqubatlari qilgan gunohlari uchun jazo, Ovropa uyg‘onish davrida esa fojeaviylik, shaxsiy ehtiros va iroda, o‘z maqsadlari sari intilayotgan insonlar to‘qnashuvi bo‘lib ifodalangan.
Tragediya – yunoncha so‘z bo‘lib dramaning bir turi – hayotiy kuchlar, qarama-qarshi xarakterlar, ehtiroslar o‘rtasidagi keskin kurash, konflikt dahshatli voqea, hodisa, mudhish ahvol asos qilib olingan va ko‘pincha qahramonning halokati bilan tugaydigan fojiali asar.
Jahon madaniyati tarixida pissimistik tragediyalar bilan bir qatorda optimistik tragediyalar ham o‘rin olgan. Qahramonning o‘limidan so‘ng qayta yaralishi xususida Osiris, Dionis va boshqa qahramonlar hayotidan keltirilgan. «Romeo va Djuletto‘», «Gamleta», «Otello» kabi asarlarda esa, qahramonning o‘limi uning yuksak ideallarining o‘limini anglatmasligini bildiradi.(qahramon o‘lsa-da uning ideallari mangu barhayot bo‘ladi).
Kulgulilik. Kulgu va tabassum qachonki kulgililikning yo‘ldoshiga aylanadi, agarki ularda inson idealiga zid, qarama-qarshi bo‘lgan holat ustidan g‘alaba qozonilsa va inson undan mamnuniyat hissini tuysa, chunki idealga qarshi holatni emotsional fosh etish bu yomonlikni yengish va undan ozod bo‘lish demakdir. I.Kant kulgililikning tabiatini latifa misolida ochib berishga harakat qiladi, F.Shiller esa xajviyani voqelik bilan ideal orasidagi qarama–qarshilik orqali ko‘rsatib o‘tadi. G.Gegel kulgililikning asosini zohiriy ishonch va botiniy to‘laqonli bo‘lmaganlik orasidagi qarama–qarshilik orqali ifodalaydi.
Bu bordagi mavjud nazariyalar kulgililikning predmetini obyektiv xususiyat sifatida yoki shaxsning subyektiv imkoniyatlari natijasi yohud subyekt va obyekt o‘zaro aloqadorligining natijasi sifatida ko‘rib chiqiladi va mazkur metodologik yondoshuv kulgililikdagi ko‘p ma’nolikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, deydi. Nodonlik esa insonni kulgili qiladi. Biroq, kulgililikning mohiyati, uning kelib chiqishi sabablari haqida Aflotun biror-bir fikrni aytgan emas. Quldorlik tuzumi zodagonlarining namoyondasi bo‘lgan Aflotun uchun kulgililikning demokratik mohiyati begona edi. Aristotel fikricha, kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor yetkazmaydigan va zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi. Insondagi jahldorlik, suskashlik, qizg‘onchiqlik, subutsizlik, izzattalablik, shuhratparrastlik kabi illatlar kulgililik uchun obyekt bo‘ladi. Aristotel fikricha, kulgi–axloq hududlarini bezarar buzishdir. Aristotel estetikasida kulgi inkor etilib, komediyaning xarakteri nazariy jihatdan asoslanadi. Aristotelning fikriga ko‘ra, har qanday ozod inson hazil bilan ro‘baro‘ kelishi mumkin. Bu holatda kulgi insonning shaxsiy ehtiyojini qondiradi. Qiziqchi esa–boshqalarning ermagi, ovunchog‘idir13.
Kulgililik estetik kategoriyalardan biri bo‘lib, voqelikdagi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ziddiyatlarni estetik ideal pozitsiyasidan emotsional tanqidiy tarzda ifodalanishini aks ettiradi.Masalan, Makiavelli zamonaviy hayot haqida o‘tkir hajviy komediya yaratish bilan italyan “ma’rifiy kommediya”si tarixida yangi yo‘nalishni belgilab berdi. Qoloq aqidalar bilan yangi intilishlar orasidagi to‘qnashuv “komediya del arte” san’atining bosh mavzusi bo‘lib kelgan. Bu san’atning muhim jihatlaridan biri shuki, unda bir rolga mutaxassislashgan aktyor doimo shu rolni ijro etib kelgan, ya’ni har bir rolning o‘z ustasi bo‘lgan. Inson o‘z ongidagi idealning modeliga qarab go‘zallik ulug‘vorlik, fojeaviylik va kulgililik kabi estetika fanining mezoniy tushunchalariga baho beradi.
Farobiy yunon adabiyotidagi janrlarni quyidagilarni keltirishi estetika kategoriyalarining yunonistonda rivojlanib sharqda ham munosib o‘rin egallaganini ko‘rsatadi. (trago‘ziyo) tragediya, (kumuziya) komediya, (dramato) drama, (saturo) satira va boshqalar14. Go‘zallik kategoriyasi esa barcha kategoriyalarga bog‘lovchilik vazifasini bajaradi.

Download 46.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling