Dunyoning biologik resurslari
Download 84 Kb.
|
DUNYONING BIOLOGIK RESURSLARI
Dunyo okeani resurslari.
Keyingi o’n yilliklarda jahon okeanshunos olimlari, shu jumladan Yu.M.Shokalskiy, V.Yu.Vize, N.N.Zubov, P.P.Shirshov, K.K.Makarov, Jak iv Kusto kabi rus tadqiqotchilari, o’nlab ekspedisiyalarning ishlari natijasida Dunyo okeanining ko’p sirlarini kishilar bilib olishdi.Dengiz geologiyasi yordamida okean tabiiy resurslarining juda katta xazinasi ekanligi isbot qilindi. Bu xazina avvalo dengiz suvidan iborat.Dengiz suvi miqdori 1338 mln km3 yoki gidrosferadagi suv miqdorining 96,5% tashkil etadi.Bu degani Yerdagi har bir kishi uchun o’rta hisobda taxminan 270mln m3 dengiz suvi to’g’ri keladi. Bundan tashqari dengiz suvi o’ziga xos “tirik ruda” bo’lib, tarkibida 75xil ximiyaviy element mavjud. Misrliklar va xitoyliklar qadim zamonlardanoq dengiz suvidan tuz ajratib olishni o’rganib olishgan.Hozirda dengiz suvidan ko’p miqdorda tuz (insoniyat iste’mol qilayotgan tuzning 1/3 qismi) undan tashqari magniy,brom,yod olinadigan manba bo’lib xizmat qiladi. Bundan keyingi boylik Dunyo okeani tagidagi mineral resurslardir.Materik sayozligidan qazib olinadigan resurslar orasida neft va gaz katta ahamiyatga ega.Ko’pchilik hisoblarga qaraganda bu boyliklar butun jahon zaxirasining yarmidan ortig’i materik sayozligida joylashgan. SHuning uchun 5 ta Arktika davlatlari (Rossiya, Kanada, AQSH, Norvegiya, Daniya) SHimoliy Muz okeani havzasini bo’lib olish shartnomasini 2008-yil may oyida Grendandiyani Gotxob shaxrida imzoladi. Materik sayozligidagi qattiq foydali qazilmalar nishab shaxtalar va dragalar yordamida qazib olinadi.Shuningdek okeanlarda cho’kib ketgan kemalar ko’plab qidirilmoqda va topilmoqda.Okean chuqur qismining asosiy boyligi temir-marganes qotishmalaridir.Dunyo okeanidagi asosiy temir-marganes qotishmalari X1X asrning 70 yillaridayoq inglizlarning “Chellenjer” ilmiy tadqiqot kemasida aniqlangan. Dunyo okeani tagidagi barcha temir-marganes qotishmalari aniqlangan bo’lib, ularning katta qismi Tinch okeanida joylashgan. Temir-marganesni dunyo okeanidagi umumiy zaxirasi 3trln.t.,olish mumkin bo’lgani 0,5 trln.t.ni tashkil qiladi.Qotishmalarni qazib olish dastlabki tajribasi AQSH tomonidan Gavayi orollari yaqinida o’tkazgan (1980-yil). Dunyo okeanining bundan keyingi boyligi energetika resurslari.Bu boylik juda katta.Olimlarning hisobiga ko’ra sayyoraimzdagi suv qalqishining umumiy qudrati 1-6mlrd kVt ga teng.1mlrd kVt qudrat Er yuzidagi barcha daryolar energiyasidan ortiq. Suvning ko’tarilishi bilan bog’liq yirik elektr stansiyalarni 25ta joyda qurish mumkinligi aniqlangan.Rossiya, AQSH, Fransiya, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya eng katta suv qalqishi energiya resurslariga egadir.Bu mamlakatlarda suv ko’tarilishining balandligi 10-15 m ga etadigan sohillar bor.Masalan: Fandi qo’ltig’i (19m gacha), Penjina qo’ltiqchasi (14m), Kandalashka (12m). Dengiz suvlarining qalqishi hisobiga ishlaydigan elektr stansiyalari qurilgan bo’lib, ularni QES (PES) deyiladi.QESlar hozirda jahonning 5 mamlakatida mavjud bo’lib, ular: Rossiya, AQSH, Fransiya, Kanada,Xitoy. Dunyo okeanining yana bir boyligi biologik resurslardir.Bular suvda yashovchi hayvonlar va o’simliklardir.Bu resurslardan foydalanish akvakultura va marikultura usullarida qadimdan Xitoyda rivojlangan.Okeanlarning biologik moddalari umumiy miqdori 35mlrd.t. hisoblanadi, ular 140ming tur mavjudotdan iborat bo’lib, shundan 130 000 turi hayvonot turlariga, 10 000 turi o’simlik turlariga to’g’ri keladi. Ular hammasi birgalikda yer biomassasini 5,5 % ini tashkil etadi. Norvegiya, Bering, Oxita, Yapon, dengizlari dunyodagi eng maxsuldor dengizlar hisoblanadi.Biroq okeanlardagi ko’pgina organizmlar muhofazaga muhtoj.Masalan: Kitlarni ovlash 1868 yildan boshlangan.Birgina 1962 yil dunyo bo’yicha 66000 kit ovlandi.Hozirga qadar esa Dunyo okeanidan 2mln.dan ortiq kit ov qilingan.Shuning uchun 1982 yildan boshlab jahonda kit ovlash BMT tomonidan ma’n etilgan. Download 84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling