Dunyoning biologik resurslari


Dunyo iqlimiy va rekrasion resurslari


Download 84 Kb.
bet3/4
Sana23.10.2023
Hajmi84 Kb.
#1717654
1   2   3   4
Bog'liq
DUNYONING BIOLOGIK RESURSLARI

Dunyo iqlimiy va rekrasion resurslari.

Agroiqlim resurslari atmosfera havosining aktiv (+100 S) haroratlari


yig’indisiga qarab baholanadi. Agroiqlimiy resurslarning taqsimlanishiga kenglik zonalligi va vertikal mintaqalanish xal qiluvchi ta’sir qiladi.
Agroiqlim resurslari-Er sharida issiqlik, yorug’lik va namlikning taqsimlanishiga bog’liq.
Agroiqlim resurslaridan issiqlik alohida o’rin tutadi. Issiqlik va yorug’lik ekvatordan har ikkala qutb tomon kamaya boradi. Natijada yer sharida 7 ta agroiqlim mintaqasi shakllangan. Ulardan tropik mintaqadan tashqari qolgan 3 ta mintaqa 2 martadan takrorlanadi.
1. Tropik mintaqa. Afrika eng issiq materik bo’lib, chekka shimoliy, chekka janubiy va baland tog’li qismlaridan qolgan barcha qismlarida 1sm.kv. joyga 80000 dan ortiq issiqlik tushadi, sovuq oyning o’rtacha haroratlar yig’indisi +150 dan yuqori. Bu joylar tropik mintaqaga mansub bo’lib, dunyoda tropik kengliklar oraliqlari (Amazoniya past tekisligi, Markaziy Afrika, Arabiston, Hindiston, Hindixitoy yarim orollari, Malayya arxipelagi va Avstraliyaning shimoli) kiradi. Bu mintaqada issiqsevar qisqa kunli o’simliklar o’sadi. Ekvator atrofida kunning uzunligi har doim 12 soat, shimoliy va janubiy tropiklarda esa 13 soatu 13 minut.Vegetasiya davri uzluksiz davom etadi.
2. Subtropik mintaqa tropik mintaqadan shimolda va janubda tarqalgan bo’lib, bu mintaqaga Afrikaning chekka shimoli va janubi, Janubiy Amerikaning janubi,Meksikaning shimoli-AQSHning janubi, Evropaning O’rta Dengiz bo’ylari, O’rta Sharq, O’rta Osiyo, Taklamakon cho’li, Sharqiy Xitoy, Avstraliyaning janubi kiradi.
Subtropik mintaqaga odatda Shimoliy va janubiy tropik chizig’idan shimoldagi va janubdagi hududlar kiradi. Bu mintaqada haroratlar yig’indisi 4000-80000 ga to’g’ri keladi. Yillik sovuq oyning o’rtacha tempratura yig’indisi +50 +150. Issiqsevar o’simliklar etishtiriladi. Vegetasiya davri uzoq 210-310 kun. Kunning uzunligi 13,30-15,30 soat.
3. Mo’’tadil mintaqa katta maydonlarni egallaganligi sababli 2 mintaqachaga: mo’’tadil mintaqacha va sovuq- mo’’tadil mintaqachaga bo’linadi. Mo’’tadil mintaqa asosan shimoliy yarim sharda joylashgan.
1) Mo’’tadil mintaqachaga AQSH ning shimoli – Kanadaning janubi, butun O’rta Yevropa, Belorus, Ukraina, Volga bo’yi, Kavkaz, Qozog’iston, Xitoyning markazi va shimoliy qismi, Koreya yarim oroli, Yaponiyaning shimoli kiradi. Bu mintaqada yilning sovuq oyining o’rtacha temperaturasi-100S .Yillik haroratlar yig’indisi 1 sm2 joyga 2200-40000ni tashkil etadi. Kunning uzunligi 16-17 soat. Bu mintaqachada kunning uzunligi o’rtacha va uzun bo’lgan o’simliklar (bug’doy, makka, qand lavlagi, kungaboqar, janubida esa paxta, eryong’oq, uzum) etishtiriladi.
2)Mo’’tadil mintaqacha shimolida 650 shimoliy kenglikkacha sovuq mo’’tadil mintaqacha egallagan. Bu mintaqachaga Kanadaning katta qismi, Shimoliy Evropa, Rossiyaning katta qismi kiradi. Yilning sovuq oyining o’rtacha temperaturasi yig’indisi -250gacha. Yillik temperatura yig’indisi 1000-22000. Kunning uzunligi 19-23 soatgacha. Bu mintaqachada uzun kunli o’simliklar zig’ir, kartoshka, malina,chereshnika, brusnika o’sadi. Bu mintaqachaning barcha qismlarida namlik koeffisienti 1 dan ortiq.
4. Sovuq mintaqaga 600 shimoliy kenglikdan shimoli ayrim joylarda 500shimoliy kenglikdan shimoli (Labrador yarim orolida) asosan shimoliy qutb doirasidagi hududlar kiradi. Bu mintaqaning janubida havo temperaturasining yig’indisi400-10000shimolida esa 4000ni tashkil etadi. Eng sovuq oyning o’rtacha temperaturasi -250 dan -400 gacha. Vegetasiya davri 1-1,5 oy. “Oq tunlar” bo’ladi. Namlik koeffisienti 1 dan yuqori bo’lgan hududlarga Amazoniya, Kongo, Gang-Braxmaputra havzasi, Janubi-Sharqiy Osiyo, Madagaskar, shuningdek sovuq mo’’tadil mintaqacha kiradi. Cho’l, chalacho’l va baland tog’li territoriyalarda namlik koeffisienti 1 dan kam. Namlik koeffisienti yog’in va parlanish orasidagi nisbatdan kelib chiqadi. Masalan:
Yog’in 500 mm-bug’lanish 500 mm namlik koeffisienti =1 (yetarli).
Yog’in 500 mm- bug’lanish 400 mm namlik koeffisienti = 1,2(ortiqcha).
Yog’in 500mm-bug’lanish 600 mm namlik koeffisienti = 0,8 (kam).
Quyosh – kosmik resurslar – kelajak resursidir.
Quyosh- yirik termoyadro reaktori, Yerdagi butun hayotning manbai, butun energetika resurslarining manbaidir. Quyoshning atrofida temperatura +60000, markazida esa +20mln0S. Quyosh energiyasi bitmas tuganmas boylikdir.
Quyoshda H2 ning geliyga aylanishi natijasida radiasiya ajralib chiqadi. Quyosh nuri erga 8,5 minutda etib keladi. Quyosh diametri Er diametridan109 marta katta. Quyosh energiyasining 1/10 qismi ishga solinsa 30 000 ta Dnepro GES beradigan energiyani beradi.
Faqat Toshkent shahriga 1 yilda tushadigan quyosh energiyasi 37 mln tonna ko’mir energiyasiga teng. O’zbekiston territoriyasi 3000 soatdan ortiq quyosh nuri bilan yoritiladi. Quyosh 10 – 15 mlrd yildan so’ng so’na boshlaydi. Ungacha 150 mln inson avlodi almashinadi.
Hozirda Quyosh energiyasiga asoslangan elektr stansiyalar QES lar AQSH, Yaponiya, Fransiya, Ispaniya, Ukraina, O’zbekiston kabi davlatlarda ishlab turibdi. Germaniyada quyosh avtomobili yaratilgan.
Kosmik resurslardan shamol energiyasi ham tugamaydigan resurslardir. Shamol tegirmonlari shamol dvigatellari, elkanli kemalar qadimdan foydalanib kelingan. Shamol energiyasi arzon va atrof-muhitni ifloslamaydi.
Lekin shamolsh energiyasi notekis joylashgan, ya’ni asosan mo’’tadil mintaqada to’plangan.
Rekreasion resurslar – bu dam olish va turizm resurslaridir. “Rekrasiya” so’zi lotincha “tiklanish” bo’lib, dam olishning, kishining ma’naviy va jismoniy kuchlarini tiklaydi. Rekreasion resurslar istirohat, turizm va shifolanish maqsadlarida bo’ladi. Ular 2 xil bo’ladi:
1.Tabiiy rekreasion resurslarga: dengiz sohillari (Qrim, Sochi), daryo bo’ylari (Niagara, Ganga), o’rmonlar, tog’li rayonlar (Alp tog’lari, Shohimardon) kabilar kiradi.
2- Madaniy-tarixiy rekreasion resurslar bo’lib, bularga tarixiy, arxeologik, me’morchilik, san’at yodgorliklari kiradi. Masalan: VDNH, Kreml, Ermitaj, Rim, Akripol, Misr ehromlari, Toj Mahal, Xiva, Paleontologiya muzeyi (Moskva), Buyuk Xitoy devori, Vavilon, Sherdor, Go’ri Amir, Oqsaroy va h.k.
Xalqaro turizmdan tushadigan daromadning 14 % i AQSH ga, 6 % i Ispaniyaga, 6 % i Fransiyaga, 6 % i Italiyaga, 4 % i Buyuk Britaniyaga, 3 % i Avstriyaga, 61 % i boshqa davlatlar hissasiga to’g’ri keladi



Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling