Dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy manzarasi


Download 89.36 Kb.
bet1/41
Sana08.01.2022
Hajmi89.36 Kb.
#241110
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
9-jahon savol-javob 2019-yil

9-sinf


Jahon tarixi

Tuzuvchi:Qahharov Husniddin Rabbimovich


Savol-javoblar

2019-yilgi nashrdan tuzilgan.


(1048 ta savol- javob)

I-BOB.

DUNYONING IJTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY MANZARASI

1-§.XIX asr oxiri-XX asr boshlarida kapitalizm taraqqiyotida yuz bergan tub o`zgarishlar.

1.Monopolistik kapitalizm qachon qaror topgan------XIX asr oxiri XX asr boshlarida

2. Monopolistik kapitalizm bu-----kapitalizmning iqtisodiy hayotida monopoliyalar rivojlangan,moliya oligarxiyasi shakllangan,ishlab chiqarish konsentratsiyalashgan va millarlararo korporatsiyalar vujudga kelgan,siyosiy hayotda ularning jamiyat hayoti ustidan hukmronligi o`rnatilgan bosqichdir

3.Monopoliya-------yun.mono-tanho,poleo-sotaman.-iqtisodiyotning bir sohasidagi tanho hukmdorlik

4.Germaniyada qaysi sindikat qazib olinadigan va sotiladigan ko`mirning asosiy qismini o`z qo`lida to`plagan----------Reyn-Vestfaliya

5.Sindikat-------yun.-birgalikda ishlash.-bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi

6.XIX asr oxirida Germaniyada nechta monopoliya faoliyat ko`rsatgan-------250 ta

7.XIX asr oxirida AQSHda nechta monopoliya faoliyat ko`rsatgan-------185 ta

8.Moliya oligarxiyasi qanday vujudga kelgan-----sanoat va bank kapitalining qo`shilishi natijasida

9.Oligarxiya----yun.-ozchilik hokimiyati-iqtisodiy va siyosiy hukmronlikning bir hovuch ulkan kapital egalari qo`lida to`planishi

10.XX asr boshlarida Fransiyada bank gigantlar nechta edi--------3 ta

11.XX asr boshlarida AQSHda bank gigantlar nechta edi--------2 ta

12.AQSHda mamlakatning iqtisodiy hayotini nazorat qilib turgan nechta oilaning imperiyalari mavjud edi--------60 ta oilaning

13.XIX asr oxirida AQSHda imperiya oilalari ichida ajralib turgan eng kattalari qaysilar------------------Rokfeller (neft),Morgan (moliya),Karnegi (po`lat)

14.XX asr boshlarida AQSHda qaysi imperiya o`zining ko`p millionli mulkini sotgan-----Karnegi

15.Morganning po`lat tresti AQSHdagi po`latning necha foizini berardi--------66 foizini

16.Rokfellerning neft tersti AQSHdagi neftning qanchasini ishlab chiqarardi------hammasini

17.Trest--------ishlab chiqarish va savdoni o`zlaricha emas,markaziy boshqaruv qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi

18.Fransiyada fransuz bankining yirik omonatchilari kimlar bo`lgan -----“200 oila”

19.Industrial davlatlar 1900-1913-yillarda chetga chiqargan kapitali necha baravar oshgan----2

20.1910-yilda dunyoda millatlararo korporatsiyalar soni qanchaga yetgan------100 taga

21.XX asr boshlarida dunyoning kerosin bozorini bo`lib olgan moliya guruhlari qaysilar-----------------------Rokfeller (AQSH),Rotshildlar (Buyuk Britaniya,Fransiya)

22.”Umumiy elektr komponiyasi” qaysi davlatga tegishli---------AQSH

23.”Umumiy elektr jamiyati” qaysi davlatga tegishli--------Germaniya

24.”Umumiy elektr komponiyasi” va ”Umumiy elektr jamiyati” o`rtasida qachon shartnoma imzolangan-------1907-yil

25.XIX asr oxiri-XX asr boshlarida qaysi davlat dunyoda iqtisodiy taraqqiyotda 2-o`rinda,

yevropada esa 1-o`rinda turgan-------------Germaniya

26.AQSH Gavayi orollarini qachon anneksiya qilgan---------XIX asr oxirida

27.Anneksiya------lot.birlashtirish.-bir davlat hududini butunlay yoki qisman egallab olish

28.AQSH Filippinni qachon bosib olgan------ XIX asr oxirida

29.AQSH Puerto-Riko va Guam orollarini qachon o`zining yarim mustamlakasiga aylantirgan------------- XIX asr oxirida

30.Imperializm--------kapitalizm jamiyatining eng yuqori va oxirgi davri

31.Konsern-------ishtirok,manfaat.—manfaatlar umumiyligi asosida uyushgan korxonalarning yirik birlashmasi

32.Konsentratsiya------ishlab chiqarishning bir yerga to`planishi

33.Kartel------italyancha-qog`oz,hujjat-bir tarmoqdagi mustaqil komponiyalar,firmalarning ishlab chiqarish va sotishning umumiy hajmlari,narxlari,sotish bozorlari,har bir ishtirokchining ulushi va boshqalar to`g`risidagi bitim asosida tashkil etilgan tuzilma

34.Moliya-------maqsadli pul jamg`armalarini vujudga keltirish,jamlash,taqsimlash va ishlatish bilan bog`liq munosabatlar




Download 89.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling