Dunyoning ilmiy manzarasi V aevolyutsiyasi


Download 26.85 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi26.85 Kb.
#1398283
Bog'liq
Dunyoning ilmiy manzarasi


DUNYONING ILMIY MANZARASI V AEVOLYUTSIYASI.
REJA:


  1. Dunyoning ilmiy manzarasi” tushunchasi.


  2. Dunyoning klassik ilmiy va noklassik ilmiy manzarasi”.


  3. Dunyoning postonoklassik manzarasi”.




  4. Dunyoning sinergetik manzarasi.



Olamning tuzilishi haqida insoniyat doimo o‘z qarashlariga ega bo‘lgan. Eng qadimgi davrdayoq kishilar bahorda daryolar toshishi, kun uzaya boshlashi, yomg‘ir va momaqaldiroqlar ko‘payishi ajib bir qonuniyatga bo‘ysunishini anglab yetganlar. Insoniyat tarixida ilk bor qum soatni o‘ylab topgan yoki dastlabki yil taqvimini kashf etgan ajdodlarimizning ham bu borada o‘z davriga xos tushunchalari bo‘lgan. Dunyoning dastlabki manzarasi mifologik xarakterda bo‘lib, olamning tuzilishi, asosan, afsona va rivoyatlar, asotirlarda ifodalangan tushunchalar, g‘oya va tamoyillarda o‘z aksini topgan. Ular nihoyatda sodda va oddiy tasavvurlarga asoslanganasta-sekin takomillashib, o‘zgarib borgan.

Dunyoning mifologik manzarasi davr bilan birga uning diniy manzarasi ham shakllangan. Dinning ilk shakllaridanoq olamning tuzilishi ilohiy kuchlarga, xudolarga bog‘lab talqin qilingan, dunyoning ibtido va intihosi ham u bilan bog‘langan. Jahon dinlarida dunyoning yaralishi, amal qilishi, olam va uning manzarasini tashkil qiladigan narsalarning nisbati kabi masalalarga alohida o‘rin berilgan.

Ilmiy bilimlar rivoji va fan shakllanishi natijasida «dunyoning ilmiy manzarasi» tushunchasi paydo bo‘ldi. Ushbu tushuncha olamning namoyon bo‘lishi, borliq va tabiat to‘g‘risidagi masalaga bag‘ishlangan nazariyalar, gipoteza va dalillarda aks etgan bilimlar majmuini ifodalaydi. Olam to‘g‘risidagi yaxlit nazariy xulosa «dunyoning ilmiy manzarasi» tushunchasining yadrosi bo‘lsa, bu boradagi turli modellar, qarash va fikrlar ushbu xulosani isbotlashga xizmat qiladi. Asosiy xulosa (nazariya yoki gipotezaning bosh g‘oyasi) muayyan darajada barqaror bo‘lsada, uning atrofidagi fikrlar o‘zgarib xilma-xil tarzda namoyon bo‘lishi mumkin. Lekin ushbu xilma-xil qarashlarga qaramasdan olamning tuzilishi haqidagi asosiy g‘oya uzoq vaqt saqlanib qoldi. Masalan, Ptolomey tomonidan asoslab berilgan olamning geotsentri nazariyasi uning vafotidan keyin ham bir necha asrlar davomida o‘z ta’siri va ahamiyatini saqlab qolgan. Bu davrda ko‘pgina olimlar, astronom va mutaxassislar olamning manzarasi haqida ko‘plab taxmin, gipoteza va qarashlarni bayon qilgan bo‘lsalarda, quyosh va boshqa sayyoralarning Yer atrofida aylanishi to‘g‘risidagi asosiy goya o‘zgarmay qolaverdi. Ya’ni, dunyo ilmiy manzarasining turlicha izohlari ana shu g‘oya doirasida amalga oshirilar edi. O‘rta asrlarga kelib, geliotsentrik nazariya o‘z isbotini topganiga qadar bunday hol davom etaverdi.

“Dunyoning ilmiy manzarasi” tushunchasi u hakdagi uzuq-yuluq tasavvurlar, bir-biri bilan bog‘lanmagan kdrashlar yig‘indisi emas, balki yaxlit, uzviy bog‘liqlikdagi g‘oya, xulosa va fikrlar majmuidir. Bu tushunchani ifodalaydigan bilimlar muayyan sistemani tashkil qiladi. Ularni tavsiflaydigan eng asosiy belgilardan biri - sistemalilik tamoyili bo‘lib, u uygunlik va uzviy bog‘liklik bilan izoxlanadi.

«Dunyoning ilmiy manzarasi» tushunchasi olam to‘g‘risidagi turlicha qarashlar, xilma-xil yondashuvlarning sintezidir. Ana shu ma’noda mazkur tushuncha bilish jarayonida integrativ (umumlashtiruvchi) funksiyani bajaradi. Bu vazifani bajaradigan tushunchalar bilishning turli sohalari uchun asos , doim nazarda tutiladigan hamda aksioma tarzida qabul qilinadigan xulosa, abadiy haqiqat rolini o‘taydi. Bugungi kunda fanning turli sohalarida tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar yerning quyosh atrofida aylanishi. Butun olam tortishish qonuni, suvning 100° da qaynashi, Avagadro sonining mikdorini tekshirnb o‘tirmaydilar. Balki o‘z tadqiqotlarida shu sohadagi bilimlarga tayanadilar, xolos.

«Dunyoning ilmiy manzarzsi» tushunchasi paradigma xususiyatiga ega, u olam haqidagi umumiy jihatlari bilishning maqsad va tamoyillarini belgilaydi. Mazkur tushunchaning ilmiy tadqiqotlar olib borish rejalari hamda izlanishlarning maqsad va vazifalarini belgilay oladigan psixologik, me’yoriy xususiyatlari to‘grisida ham gapirish mumkin.

“Dunyoning ilmiy manzarasi” tushunchasiga xos xususiyatlar to‘g‘risida turli soha mutaxassislari turlicha fikr yuritadilar. Masalan, tabiatshunoslar masalaga fizika va astronomiya nuqtai nazaridan yondashadilar, olamning xilma-xil modellarini, matematik, geometrik yoki trigonometrik formulalarini yaratadilar. Bunda olam yashashining asosiy shakllari bo‘lgan makon, maydon, zamon kabilarga alohida e’tibor beriladi. Olamning bu sohada e’tirof qilinadigan har qanday shakldagi manzarasida energiyaning saqlanishi, entropiyaning doimiyligi va boshqa fizik qonunlar uchun asos bo‘ladigan ustuvor tamoyillar o‘z o‘rni, ahamiyatini saqlab qoladi. Bunday yondashuv qanchalik teran va ilmiy bo‘lmasin, olam to‘grisidagi, asosan tabiatshunoslik yutuqlarini aks ettirgani tufayli, ko‘proq bir tomonlama qarashlarni ifodalaydi.

Aslida «dunyoning ilmiy manzarasi» tushunchasi keng ma’no, serqirra mazmunga ega bo‘lib, muayyan davr kishilarining tafakkur uslubi va fikrlash tarzini belgilaydigan olam to‘g‘risidagi aniq-tarixiy bilimlar majmuasidir. «Dunyoning ilmiy manzarasi» olamning tuzilishi, ob’ektlar o‘rtasidagi tartib, aloqadorlik, ularning genezisi, amal qilishi, rivojlanishi, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik munosabatlarni ifodalaydigan, g‘oyalar, ilmiy asoslangan bilimlar, turlicha yondashuvlar, qarashlar va tasavvurlar majmuini anglatadigan tushunchadir.

Shu bilan birga, «Dunyoning umumiy ilmiy manzarasi» va «Dunyoning xususiy ilmiy manzarasi» kabi tushunchalar ham bor. Barcha fanlarning yutuqlariga asoslangan va umumilmiy g‘oya, tushuncha hamda tamoyillarni umumlashtirgan dunyoning manzarasiga nisbatan «umumiy ilmiy manzara» atamasi qo‘llaniladi. Ayrim fan yoki ish sohasiga xos bu hakdagi qarashlar majmuini esa «dunyoning xususiy ilmiy manzarasi» tushunchasi ifodalaydi. Shu ma’noda, dunyoning fizik, ximik, geologik, astronomik va boshqa manzaralari to‘g‘risida ham fikr yuritish mumkin.

«Dunyoning ilmiy manzarasi» tushunchasi o‘zining genezisiga, rivojlanish bosqichlariga ega. Birinchi bosqich «dunyoning klassik ilmiy manzarasi», ikkinchi bosqich “noklassik manzarasi”, uchinchisini esa «postnoklassik manzarasi» kabi nomlar bilan ataydilar.

Galiley va Nyuton fizikasi erishgan yutuqlar asosidagi taraqqiyotning bir chiziqli, o‘tmishdan kelajakka tomon uzviy bog‘liqlikka amalga oshadigan harakat to‘g‘risidagi tasavvurlarga asoslangan bilimlar majmui tushuniladi.

Bunda o‘tmish o‘zidan keyingi davrni, u esa, o‘z navbatida, kelajakni to‘g‘ridan to‘g‘ri belgilab beradi. Dunyoning bu taxlit tushuniladigan ilmiy manzarasida go‘yoki xamma narsa hisoblab topilgan, olamdagi cheksiz o‘zgarishlar ham, azaliylikdan iborat o‘tmish ham hattoki benihoya kelajak ham aniq hisoblab chiqilishi mumkin. Mexanika qonunlari va butun olam tortishish qonuni, Kopernikning geleotsentrik nazariyasi kashf qilingan bir davrda dunyoning tuzilishi masalasida hamma narsa aniqdek bo‘lib qolganday. Fiziklar uchun olamning kashf etayotgan qonunlari qolmaganday tuyulgan zamonlar boshlandi. Tabiatshunoslar fizikaning cheksiz imkoniyatlari borligi va o‘z kashfiyotlari ummondan bir tomchi ekanligini anglab yetgan genial ustozlari I. Nyutonning quyidagi so‘zlarini unutib qo‘ygandek edilar: har doim biror yangilik yoki yutuqqa erishganimda, dengiz qirg‘og‘idan qimmatbaho tosh topib olgan yosh boladek suyunib ketman, qarshimda esa cheksiz ummon yastanib yotibdi.

Mexanika qonunlariga asoslangan dunyoning ilmiy manzarasi ustuvor bo‘lgan bu davr 300 yilga yaqin davom etdi. Bunda, asosan, tabiatdagi voqea va hodisalar go‘yoki ataylab muayyan uyg‘unlikda, ketma-ket va aniq bir koordinataga chizib qo‘yilgan mutanosiblikda namoyon bo‘ladi, degan tasavvur ustuvor bo‘ldi. Bu esa masalalarni asosan ontologiya nuqtai nazaridan hal qilishi emas, balki, ko‘proq sub’ektiv pozitsiyaga e’tibor qaratilishiga olib keldi. D. Yung, J. Berkli kabi olimlarning sub’ektiv idealizmi, F. Bekonning indukshya va R. Dekartning deduksiya metodlari olamni bunday izohlashning o‘sha davrda chuqur ildiz otganiga misol bo‘ladi.
Hozirgi zamon fanini falsafa bilan o’zaro ta'sir natijasida falsafa III mingyillikning bosh muammosi – insonning jamiyat va tabiat bilan yangicha munosabatlarini shakllantirish asosida insoniyatning dunyo miqyosida yashab qolishi muammosini anglab etishni taqozo etmoqda. Fan falsafasida tadqiqotlar rivojlanishining yangi manbai paydo bo’lmoqda. Bunda uning muammolari tabiat haqidagi fanlar sohasida amalga oshirilgan muayyan kashfiyotlardan ham ko’ra, ijtimoiy-tabiiy aloqalarning o’rganilishiga ko’proq bog’liq bo’ladi. Falsafada va umuman fanda rivojlanish jarayonlarini tahlil qilishga nisbatan ijtimoiy-tabiiy (ijtimoiy-iqtisodiy) yondashuv shakllanadi, barqaror rivojlanishga o’tishga maqsadli mo’ljal olinganida esa muammolarni hal qilishga nisbatan sistemali yondashuvning yanada yuqori darajasi – noosfera nuqtai nazaridan yondashuv shakllanadi.

Kelajakda barqaror rivojlanishga o’tilganida fan falsafasida asosiy e'tibor ijtimoiy-iqtisodiy va texnik-texnologik tadqiqotlardan tabiatni, tabiat va jamiyatni (ekologiya qonunlarini) o’rganishga qaratilsa kerak. Fanning ekologiyalashuvi jarayoni umuman olganda uning eng avvalo tabiiy fanlar sohasida fundamental tadqiqotlarni va bilishning umumiy ilmiy-integrativ shakllari va vositalarini ildam rivojlantirishni taqozo etuvchi maqsadlarni amalga oshirishga yo’naltirilishi bilan bog’liq bo’ladi. Bu ilmiy bilimlarni texnika va ishlab chiqarish, boshqarish va ta'lim sohalariga jadal tatbiq etish uchun zamin hozirlaydi. Ildam rivojlanish sistemasini bir xilda tushunish asta-sekin shakllanadi. Mazkur tushunish noosferaviy tafakkurda va aql-idrok sohasining qoidalarida mujassamlashgan insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan ma'naviy qadriyatlarga, intellektual salohiyatga va ma'naviy-axborot resurslariga asoslanadi1. Mazkur jarayonning shakllanishida fan falsafasi, shubhasiz, muhim metodologik, epistemologik va evristik rol o’enaydi.

Ma'lumki, noosfera haqidagi hozirgi kontseptsiyalarning bir qanchasida fan falsafasi yangi yo’nalishiga asos solgan tabiat hodisalarini tadqiq qiluvchi olimlar muhim rol o’enadilar. Bu yo’nalish fan rivojlanishida uning hozirgi, ba'zan postnoklassik deb nomlanuvchi bosqichidan keein yangi bosqich boshlanayotganidan darak beradi. XXI asrda ana shu talablar bajarilishi zarurligi munosabati bilan fanda ham, jamiyatning tabiat bilan o’zaro aloqada rivojlanishida ham falsafa rolining kuchayishini bashorat qilish mumkin.

Ko’pincha ekologiya va noosferogenez muammolarining hal qilinishi ilmiy jihatdan ta'minlanmaganligi natijasida falsafa ularni ilmiy ishlab chiqishda nafaqat tadqiqotlar strategiyasini shakllantirishning dastlabki bosqichida, balki qarorlar qabul qilishda ham katta yordam beruvchi ijobiy siljishga erishishning yagona nazariy-metodologik vositasi bo’lib qolayotir. Bugungi kunda falsafa fanning butun metodologiyasiga ta'sir ko’rsatmoqda. Fan metodologiyasi, falsafa tomonidan qo’eilgan insoniyatning yashab qolishini ta'minlash va tabiiy muhitni saqlash maqsadlariga qarab tobora ko’proq mo’ljal olib, yangi sistemali yaxlitlik va prognostik yo’nalish kasb etmoqda.

Shu munosabat bilan fanning falsafiy muammolarini yoritishda hozirgi zamon fanining nazariylashuvi va uzviy bog’liqligi dialektiklashuvi masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur jarayon, masalan, nazariy bo’limlari yuksak darajaga etishi natijasida ularning ayrim natijalarini ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan kvant mexanikasi yoki hozirgi zamon fizikasi kabi fanlarning rivojlanishida murakkablik va abstraktlikning o’sishida namoyon bo’layotir. Abstrakt, mantiqiy-matematik va belgili formallashtirilgan modellar tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

A.Eenshteen fan rivojlanishi jarayonida «uning mantiqiy negizi tajriba natijalaridan tobora uzoqlashib boradi va hissiy tajribalarda sinalgan asoslardan tortib to ulardan kelib chiqadigan tyoremalargacha bo’lgan fikriy yo’l tobora og’irlashib va uzayib boradi»1, deb qayd etgan edi. Fanning rivojlanishiga qarab, uning nazariy qismining ahamiyati ortib boradi, lekin bu empiriya, tajriba, kuzatish rolining kamayishi uchun asos bo’laolmaydi. Fan nazariylashuvining chuqurlashishi fan rivojlanishining har bir bosqichida doim o’ziga xos shaklga ega bo’ladi. Mazkur jarayon matematika, fizika, kimyoda va boshqa tabiiy fanlar va sohalarda ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanadi. U ijtimoiy-gumanitar bilishda ham tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

«Abstraktlikka moeillik»ni V. Geezenberg ham qayd etadi. U mazkur jarayonni hozirgi ilmiy bilishning rivojlanishiga xos va hozirgi zamon fanida etakchi rol o’enaydi, deb hisoblaydi1.

Hozirgi zamon fanining dialektiklashuvi uning rivojlanishining muhim jihatlaridan biridir. Fanning dialektiklashuvi hozirgi davrning muhim qonuniyatiga aylanmoqda va ilmiy bilimning barcha sohalariga, faqat «tarixiy fanlar» – gyologiya, biologiya, astrofizika, tarix va sh.k.ga emas, balki barcha fanlarga tobora keng kirib bormoqda. V. Pauli qayd etganidek, «fizika kundalik hayotining o’zi fizikada rivojlanish, shakllanish jihatini birinchi o’ringa chiqarmoqda»2. Binobarin, fanning dialektiklashuvi (uning nazariylashuvi singari) muayyan tarzda tarixiy bo’lib, fanning predmeti, uning ayni rivojlanish bosqichining o’ziga xos xususiyatlari, zamon va boshqa omillar bilan belgilanadi.

Hozirgi zamon fanining rivojlanishidagi mazkur jarayonni sezmaslik yoki chetlab o’tish mumkin emas. Bugungi kunda dunyoning aksariyat olimlari, qoida tariqasida, dialektik tarzda fikrlaydilar, Bunda ular dialektika qonunlarini tilga olmasalar va ta'riflamasalar-da, sog’lom fikr va ilmiy intuitsiyaga amal qiladilar.

Nihoyat, dunyoning hozirgi manzaralaridan yana biri bu diniy manzaradir. I. Karimov qayd etib o’tganidek, «XX asr ajoeib ilmiy kashfiyotlar asri, inson Koinot sirlari qo’eniga kirib borayotgan asr, axborot va g’oyat ulkan texnikaviy imkoniyatlar asri bo’ldi. Shu bilan birga bu asrning oxiri diniy qadriyatlarning ueg’onish davri, vazmin, behuda urinishlardan xoli diniy ma'naviyatga o’ziga xos tarzda qaytish davri bo’lib qoldi»3.

Din va falsafa, e'tiqod va bilimning o’zaro munosabatlarini ko’rib chiqar ekan, taniqli rus faylasufi N.A. Berdyayv ular bir-biriga xalaqit bermaydi va ularning birortasi boshqasining o’rnini bosa yoki uni yo’q qila olmaydi, deb qayd etgan edi. Faylasuf bilim va e'tiqod cheksiz, ular bir-birini mutlaqo cheklamaydi, deb ko’rsatadi. Ilmiy bilim ham, e'tiqod singari, ryal, lekin muayyan darajada cheklangan borliqqa kirish demakdir. Garchi fan tabiatni tushunishga to’g’ri o’rgatsa-da, u e'tiqod, vahiy, g’oya masalalarini hal qila olmaydi, deb qayd etadi Berdyayv.



Hozirgi jamiyatda din rolining kuchayishi fan bilan din, bilim bilan e'tiqodning o’zaro nisbati masalasiga tadqiqotchilar e'tiborini yanada kuchaytirdi. E'tiqod tushunchasi ikki ma'noda: ayni paytgacha tekshirilmagan, isbotlanmagan narsaga ishonch hamda diniy e'tiqod ma'nolarida keladi. Bilim va diniy e'tiqod tortishuvi queidagi uch asosiy yondashuvdan biriga kelishi mumkin: bilimning mutlaqlashtirilishi va e'tiqodning to’la inkor etilishi; bilimning zarariga e'tiqodning o’sishi; ikkala qutbni tutashtirishga urinish – bu, ayniqsa, hozirgi zamon din falsafasida o’zining yorqin aksini topgan.



Download 26.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling