Dunyoning yetti moʻjizasi


Download 14.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi14.5 Kb.
#233740
Bog'liq
Dunyoning yetti


Dunyoning yetti moʻjizasi

Yetti moʻʼjiza — qad. dunyoda mashhur boʻlgan meʼmorlik va haykaltaroshlik obidalari. Ulkanligi, katta mahorat bilan yaratilgani, jozibadorligi tufayli asrlar mobaynida "Dunyoning yetti moʻʼjizasi" hisoblangan: 1) Misr ehromlari — yoʻnib tayyorlangan katta toshlardan piramida shaklida qurilgan qad. misr firʼavnlarining maqbaralari (mil. av. 2—3-ming yilliklar). Ularning eng yirigi — Xeops ehromi (bal. 146,6 m, asosi 233X233 m)ning har biri 2,5 t lik 2300000 blok bilan (baʼzi qismlarida 30 t lik bloklar ham bor) 30 y. mobaynida qurilgan, goʻrxonadan tashqari ikki qavatli ibodatxonasi ham bor; 2) "Semiramida osma bogʻlari" — Ossuriya malikasi Semiramida (Shammuramat) Bobilga maxsus inshootlar qurdirib bunyod etgan (mil. av. 6-asr); 3) Rodos o.dagi Artemida ibodatxonasi (taxminan mil. av. 550 y.); 4) Zevsning Yunonistonning Olimpiya sh.dagi ulkan haykali (taxminan mil. av. 430 y., haykaltarosh Fidiy oltin va fil suyagidan ishlagan); 5) Rodos o. koʻrfazidagi yunonlarning quyosh maʼbudi Gelios haykali (taxminan mil. av. 292—280 y., haykaltarosh Haros misdan ishlagan); 6) Kariya shohi Mavsol (mavzoley uning nomidan) oʻzi uchun qurgan Galikarnas (hoz. Turkiya hududi)dagi maqbara — monument (taxminan mil. av. 377— 352 y.); 7) Iskandariya (Aleksandriya) sh.dagi ulkan mayoq (taxminan mil. av. 280 y., meʼmori Sostrat). Ye.m. dan faqat Misr exromlari deyarli butun holda saqlangan, baʼzilari (Artemida ibodatxonasi, Galikarnasdagi Mavsol maqbarasi)ning ayrim boʻlaklaridan, qolganlari qad. yozma manbalardangina maʼlum.[1]



Manbalar
Download 14.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling