Dunyoqarash
Download 19.46 Kb.
|
2 5188416614936086981
Did (estetikada) — hayot va sanʼatning barcha sohalarida insonning estetik hodisalarni farqlash, tushunish va baholash qobiliyati. D. uzoq ijtimoiytarixiy taraqqiyot, mehnatning turli sohalaridagi tajribalar natijasida vujudga keladi. Ommaviy madaniyat” qurboni boʻlgan kishi vatanparvar, fidoyi, rostgoʻy, insofli boʻlishi qiyin, chunki u erkin fikrlashi kerak. Mustaqil fikrlovchi odamlar koʻp boʻlsa, “ommaviy madaniyat”ning bozori kasod boʻladi. Shuning uchun ularga oʻrtamiyona, ergashuvchi omma kerak. Yoshlar qiziquvchan, ishonuvchan, ergashuvchan, lekin katta kuchdir. Shu bois ham “ommaviy madaniyat” qurbonlari koʻproq yoshlardir. “Ommaviy madaniyat” shaxsning didini oʻldirib, millionlab odamlarni mustaqil fikrdan, shaxsiy munosabatdan, demak, oʻzligidan, qalbidan judo qiladi. Bu esa turli xil yot gʻoyalarni gʻarazli maqsadlar yoʻlida targʻib qilayotgan kuchlar uchun ayni muddao. Demokratiya niqobidagi bunday tahdidlardan ogoh boʻlish uchun esa oʻzlikni anglash, mohiyatini tushunish muhim ahamiyat kasb etadi. Ommaviy axborot vositalarida namoyon bo’layotgan, asal shaklida tayyorlangan zaharlarga o’zlarini urib zaharlanmoqdalar va buning natijasida boshqalarni ham o’z domlariga tortmoqdalar. O’zimizda beriladigan turli Koreys va Turk yoki Meksika filmlaridan “ sevgi, muhabbatni ” o’rgangan yosh yigit va qizlar o’z “sevgi”lari uchun kurashish yo’lida hatto ota-onadan ham kechishdek pastkashliklarga boryaptilar. Ba’zilari hatto o’z joniga qasd qilyapti. Internet saytlaridan turli axloqqa zid kliplar, filmlar yoki konsertlarni tomosha qilayotgan yoshlar ko’rgan narsalarini o’z hayotiga tatbiq qilishga harakat qilishyapti va natijada jamiyatni zavoli hisoblangan turli buzuqliklar kelib chiqyapti. Televizorlarda namoyon bo’layotgan ochiq-sochiq kiyimlar bilan yopingan qo’shiqchi yoki aktrisa qizlar va ularning oynayi jahonda uyalmay ko’rsatayotgan ba’zi harakatlari ongi hali mukammal rivojlanmagan, endi unib o’sib kelayotgan yosh qizlarimizga o’rnak bo’lmoqda. Tor shimlar va mazkur moda kiyimlariga talab oshganligidan bozorlarimizda o’zbekona milliy kiyimlarimizni ba’zida topolmay qolasan kishi. Ko’chalarimizda “MODA” shiori ostida sochlarini qizlarning sochidek uzun qilib yurgan, bo’yinlariga har xil zanjirlar osib olgan, hatto quloqlariga ham sirg’a taqib bu qilayotgan ishlaridan uyalmay yurganlarga nima deysiz?! Achinarlisi bularni ko’rganda yoshlarimiz jirkanish o’rniga havas nazari bilan qarayotganidir. Download 19.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling