Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari
Download 38.18 Kb.
|
Dunyoqarashning mohiyati1
Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari. Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo'lishi. Ilk o'rta asr Sharq falsafasi va uyg'onish davri. O'rta asr Sharq falsafasi va uyg'onish davri xususiyatlari. Yangi davr Sharq tasavvufi. 1. Dunyoqarashning mohiyati. Ayni shu davrdan boshlab insonning ancha rivojlangan dunyoqarashi shakllangani haqida va umuman to‘plangan bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, vujudga kelgan qadriyatlar, o‘zi va o‘zini qurshagan dunyo haqidagi tasavvurlar majmui sifatidagi odamlar dunyoqarashi to‘g‘risida ishonch bilan so‘z yuritish mumkin. Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy yoki empirik dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining qismlarga ajralmagan, tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yo‘l ko‘rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi. Keng ma’noda, dunyoqarash – insonning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek odamlarning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari,, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo‘ljallaridir. SHu tariqa ta’riflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bo‘lib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va qoidalarni ta’riflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish uchun foydalana boshlaydi. Insonning bunday faoliyatini, uning ijodiy faolligini tavsiflovchi aql odamzot va jamiyat evolyusiyasini jadallashtirishning qudratli omiliga aylanadi va pirovardda insonni hayvondan ajratish imkonini beruvchi asosiy belgi sifatida amal qiladi. Dunyoqarashda ijtimoiy muhitning roli. Aql paydo bo‘lishi bilan inson o‘zini fikrlovchi mavjudot sifatida anglay boshlaydi, unda o‘z «meni» va o‘zgalar haqida tasavvuri shakllanadi va rivojlanadi. SHu tariqa u o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni anglaydi, o‘zi va boshqa odamlarni, o‘zi va tashqi muhitni farqlaydi, ilgari o‘ziga ma’lum bo‘lmagan dunyoning yangi va yangi jihatlarini idrok etadi. Bunday qarashlar insonning o‘zi va o‘zini qurshagan borliq haqidagi tasavvurlari majmui sifatida shakllanadigan dunyoqarash negizini tashkil etadi. Bunda inson o‘ziga ma’qul va noma’qul narsalarni farqlaydi, baholar beradi, ustuvorliklar tizimini yaratadi va muayyan maqsadlarga erishishda tegishli tarzda ish ko‘radi. Demak, dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilash funksiyalari mujassamlashadi. Dunyoqarashning bilish funksiyasi insonda qiziqish uyg‘otuvchi barcha savollarni, shuningdek muayyan yo‘l bilan topuvchi javoblarni o‘z ichiga oladi. Bilish odamlar dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada teranroq va mazmunan boyroq bo‘lib boradi. Ammo dunyo juda rang-barang bo‘lib, muttasil o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi, qoniqarli javoblarga ega bo‘lmagan savollar esa, uzil-kesil javob berish mumkin bo‘lgan savollarga qaraganda, ko‘proqdir. SHu bois, muammolarga nisbatan muayyan tarzda yondashadigan har bir odamning dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi va hech bo‘lmasa shu sababga ko‘ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon o‘xshamaydi. Dunyoqarashning intellektual, emotsional va ruhiy asoslarning uzviy bog‘liqligi va ularning jamuljam holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida amal qilishidir. Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg‘unlikda e’tiqodlar – odamlar faol qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo‘ljallariga mos keladigan qarashlarni yuzaga keltiradi. Dunyoqarashning muhim elementi shubha bo‘lib, u dunyoqarashni dogmatizm, ya’ni biryoqlama, notanqidiy fikrlash, u yoki bu qoidani shak-shubhasiz haqiqat deb qabul qilishdan asraydi. Dogmatizmning qarama-karshisi skeptitsizm bo‘lib, bunda shubha mutlaqlashadi, fikrlashning asosiy omiliga aylanadi, bilish va borliqni idrok etishning bosh tamoyili sifatida amal qiladi. 2. Qadimgi Sharqda asotiriy tassavurlar va falsafiy bilimlar paydo bo‘lishi, falsafiy maktablar, Islom dini,Islom falsafasi, Sharq mutafakkirlari ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy –axloqiy ta’limotlari, Temuriylar sulolasi, gumanizm hadis, tasavvuf, o‘zbek falsafasi Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko‘pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o‘tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizasiyalaridan biri bo‘lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o’ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo’lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat o’choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida «Yeng qadimgi tarix» darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o’sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo’lganini yaxshi biladi. Biz bugun o’sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, o’ziga xos ta’limotlarning asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Ko’xna Sharq sivilizasiyasining beshiklaridan biri bo’lgan Mirs, qadimgi zamonda ilk o’troq hayot va o’ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi bo’ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi. Falsafa jamiyatdagi quyidagi ehtiyojlar tufayli shakllana boshladi: a) taraqqiy etayotgan olamga, insonga, uning ongiga qarashlarga doir ta’limotlarni yaratish zaruriyati; b) olamning boshlag’ich asoslari va rivojlanish qonuniyatlarini ishlab chiqish kerakligi; v) olam haqidagi tafakkurning oqilona uslubiga mantiqiy fikrlashga va bilish nazariyasiga tug’ilgan ehtiyojlar paydo bo’lganligi; g) afsonaviy va diniy tasavvurlardagi xayoliy fikrlarga asoslangan odamlarning ilmiy bilishdagi falsafiy tafakkur qilishdagi ongsizlikka barham berish zaruriyati. Falsafaning rivojlanib borishi jarayonida undan dastlab matematika, geometriya, astronomiya(yer.av I-II asr va er. I-II asrlari), keyinchalik fizika, ximiya,biologiya fiziologiya, so’ngra ijtimoiy va gumanitar fanlar ajralib chiqdi. Bu fanlar avval dalillar to’plash, ularni bir, tizimga solish va umumlashtirish bilan shug’ullandilar. Qadimgi Sharq falsafasida ham, antik dunyo falsafasida ham dunyoning ayrim tomonlarini alohida o’rganayotgan fanlar o’rtasidagi aloqadorlik va bog’lanishlarni tahlil eta boshlagani uchun fanlar go’yo falsafaning qismlari sifatida tasavvur etildi vafalsafani «fanlar fani» deb e’lon qilindi. Qadimgi Misr adabiyotining nodir asari «Arfist qo’shig’i» da dinni rad etuvchi fikrlar bor.Unda: «O’lganlardan hyech biri qaytib kelgan emas va oxirat haqida so’zlab bergan emas, demak, oxirat yo’q. Oxiratga ishonguncha, shu dunyoda harakat qiling»,- deyiladi. Yeramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misrda dastlabki diniy-falsafiy fikrlar rivoj topgan. Jahon madnaviyati durdonalaridan biri Misr madaniyatidir. Misr mifologiyasida ijtimoiy hayot haqida, hayot ma’nosi to’g’risida fikr ritib, dunyo ne’matlaridan bahramand bo’lib, shod-hurram yashashga, o’lim vahimasiga tushmaslikka da’vat etganlar. «Nasixatnoma» asarida odamlarni bilim olishga, unga ixlos qo’yishga chaqiriladi. Dastlabki taqvim (kalendar), tibbiyotga doir asarlar misrda paydo bo’lgani shu da’vatlarning dastlabki samaralari edi. Qadimgi Misr yodgorliklarida tibbiy hodisalar moddiy ibtidosi haqida fikrlar bor. Ularda hamma narsalarning asosi suv, butun koinotda havo mavjud deyilgan. Ba’zi Misr yodgorliklarida «inson o’lgach, uning jismi kulga aylanadi», «o’z nomining abadiy qolishini hohlagan kishi oxirat haqida hayol qilmasdan, bu dunyo ishlari bilan shug’ullanishi lozim» deyilgan. Bobilda, xususan, Xammurapi davrida (yer.av IV ming yillikning boshlari) quldorlik tuzimining ijtimoiy ziddiyatlari keskin tus oldai. Ishlab chiqarishning taraqqiy etishi bilan Bobilda astronomiya, matematika, geografiya fanlarida ma’lum yutuqlarga erishildi. Bobil olimlari algebraning asoslarini, kvadrat va kub ildizlarni chiqarishni bilganlar, astronomlar osmon yulduzlari kartasini chizganlar. Er. Av. II asrda yashagan Bobillik Selevka hatto olamning geliosentrik tuzilishi haqida faraz qilgan. Byuobilda dastlabki falsafiy fikrlar 6 ming yil muqaddam boshlandi. O’sha davrlarda «Gilgamesh haqidagi doston», «Adapa» doston, «Xujayinning qul bilan suhbati» badiiy asari juda katta shuhrat qozondi. Bu asarda diniy qarashlar qattiq tanqid qilindi. Bu asar Bobilda qulchilik rivojlangan paytda jamiyatning bir tomonda boylik, ikkinchi tomonda ochlik, qashshoqlik o’sgan bir paytda vujudga kelgan. Bu yodgorlikda qul donishmand, hayotining mazmunini to’g’ri tushunadigan qilib tasvirlangan. Unda xudo yo’liga qilinadigan qurbonliklarning xojati yo’q, chunki xudo ovqatga muhtoj emas, deb diniy-mifologik qarashlar ustidan kulinadi. Oxirat, jannat kabi diniy fikrlar rad etiladi. Teksda qo’yidagi fikrlarni o’qiymiz: «Tepalikka chiqib qarigin, shaharlardagi vayronliklarni ko’rgin, o’lgan va oddiy odamlarning kalla suyagiga nazar tashlagin. O’lim hammani baravar qilgan, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi». 3. 9-10 – asrlarda O‘rta Оsiyoda arab bоsqinchilarining hukmrоnligi tugatilib hоzirgi O‘zbekistоn hududida birlashgan Samоniylar davlati vujudga keldi. Islоm dini hukmrоn bo‘lib qоlaverdi. 8-asrda Islоmda turli mazhablar paydо bo‘la bоshlaydi. Mutakallimlar va mu’taziliylar, sufizm shular jumlasidandir. Bu davrda qarama-qarshi mazhablar bilan kurash ehtiyoji hamda mu’tadil islоmning asоslarini himоya qilish zaruriyati tufayli ilоhiyot, kalоm paydо bo‘ldi. Kalоm tarafdоrlari mutakallimlar deyiladi. Kalоmning asоschisi al-Ash’оriy (874-941 yy.) va Mansur Muhammad ibn Maхmud al-Matrudiydir. Mutakallimlar Qur’оn оyatlarini erkin tahlil etishga mutlaqо qarshi bo‘lsalar, mutazaliylar u aqidalardagi mazmunni aql yordamida mantiq kuchi bilan anglash tarafdоri edilar. Mutazaliylarning fikricha peshоnaga yozilgan taqdir bоrligiga ishоnch Allоhning оbro‘yiga putur etkazadi, chunki yomоn хatti-harakatlar ham uning irоdasi mahsuli bo‘lib qоldi. («Mu’tazila» - ajralib chiqqan degan ma’nоni bildiradi). Ummaviylar davridayoq paydо bo‘lgan va abbоsiylar davrida keng tarqalgan. Mutazalizm Хalifa Ma’mun (813-830) davrida qo‘llab-quvvatlanib, ularning g‘оyalarini o‘z davlatining mafkurasi asоsiga qo‘ydi. Birоq Хalifa Mutavakkil (847-861) davrida uning davоmchilari «bid’atchi»lar va «kоfirlar» deb e’lоn qilindi Mu’tazalizm ko‘pgina tadqiqоtlarda Islоm mazhablaridan biri sifatida talqin etiladi. Mu’tazaliylar arab хalifaligida sоf falsafiy fikrlashning tashabbuskоrlari bo‘lib tanildilar. Ularning хizmatlaridan biri shundan ibоratki, mu’tazaliylar hissiy tajriba va an’anaviy bilim bilan bir qatоrda bilimning uchinchi mezоni – aqliy bilishni ilgari surdilar. Mutazaliylar falsafiy masalalarni o‘rganishga katta e’tibоr berdilar. Shu sababdan aqliy bilishni asоsiy metоd sifatida ilgari surdilar. Mutaziliylik g‘оyalari Markaziy Оsiyoda keng yoyilib, ilm-fan falsafiy fikr markazlari vujudga keldi. Mutaziliylar ta’sirida islоmda vujudi mumkin va vujudi vоjib (vaхdat-ul mavjud va vaхdat-ul vujud) diniy-falsafiy оqimlari shakllandi. Vujudi mumkin (yoki vujudiyun-panteizm) оqimi vakillari – Al-Kindi, Ibn Rushd, Fоrоbiy, Ibn Sinо, Umar Хayyom va bоshqalar mavjudоtni ikkiga vujudi mumkin va vujudi vоjibga bo‘lganlar. Vujudi mumkin sabab va оqibat alоqalariga ega bo‘lib, uning mavjudligi bоshqa narsadan emas, balki o‘z mоhiyatidan kelib chiqadi. Shu nazariy qоidadan kelib chiqib, Fоrоbiy butun mavjudоtni 6 darajaga bo‘ldi. Shulardan birinchisi vujudi vоjib – Allоh, qоlgan beshtasi aql, jоn, shakl, materiya, оsmоn – vujudi mumkin. Bu darajalar bir-biri bilan sabab-оqibat shaklida bоg‘langan bo‘lib, birinchi sabab o‘z sababiga ega emas. Ibn Sinоning «Risоla fi-taksim al mavjudоt» asarida vaхdat-ul mavjud va vaхdоt-ul vujudni shu tarzda ta’riflaydi. Vaхdоt-ul vоjib Allohni bildiradi. Lekin u Qur’оndagidek hamma narsaning ijоdkоri emas, balki sabab ya’ni umumiy mavjudоtning birinchi sababi va uning bir qismi sifatida talqin etiladi. Bunday qarash esa tabiat hоdisalarini (insоn tabiatini ham) mustaqil ichki sabablari asоsida tushuntirishga imkоn berib, ilm-fan ravnaqiga keng yo‘l оchadi. Mutazaliylarning diniy-falsafiy g‘оyalari qo‘shhaqiqat to‘g‘risidagi katta nazariy qоida shakllanishiga sabab bo‘ldi. Bunga ko‘ra ilоhiy, dunyoviy (ilmiy) haqiqatlar bоr bo‘lib, ilоhiy haqiqatga faqat alоhida оdamlar-payg‘ambarlar, aziz-avliyolar yetishishi mumkin. Dunyoviy haqiqat esa aql yordamida, ilm-fan yo‘li bilan anglab оlinadi. Mutazaliylar bilan mutakallimlar o‘rtasidagi g‘оyaviy kurashlarda Abu Hamid Al-G‘azzоliy kalоmi shakllanib islоm falsafasi yuzaga keldi. Ba’zi arab tadqiqоtchilari uni tabiat falsafasi (naturfilоsоfiya) ham deb atashadi. Al-G‘azzоliy avval sufiylik qarashlariga mоyil bo‘lsada, keyinrоq ular ta’limоtini tanqid qilish asоsida o‘z kalоmini yaratadi. Birоq u o‘zi istamagan хоlda tasavvufni nazariy jihatdan asоslab qo‘yadi. G‘azzоliy ta’limоticha, insоn Alloh kalоmi – Qur’оn оyatlarini o‘zlashtirgunga qadar irоda erkiga ega, uni o‘zlashtirib оlgach, butun irоdasi Alloh irоdasi bilan uyg‘unlashib ketadi. Binоbarin, uning хatti-harakatlari, butun faоliyati Alloh irоdasining ifоdasi bo‘lib qоladi. Ma’lumki, Sharq falsafasining yetakchi yo‘nalishini insоn qalbini, ruhini pоklashga, unda kоmil insоnlik sifatlarini vujudga keltirishga, shu negizda ijtimоiy munоsabatlarni insоniylashtirishga qaratilgan. O‘tkinchi mоl-dunyo, mansab-martabalar emas, balki ma’naviy bоylik, aхlоqiy pоklik, halоllik, insоf diyonatlilik оdamni insоnga aylanishining muhim sharti, degan fikrlar Sharqda tasavvuf (Sufiylik)ning shakllanishiga, keng yoyilishiga sabab bo‘ldi. Tasavvuf murakkab diniy – falsafiy оqim bo‘lib хilma-хil yo‘nalishga ega. Unda 2 ta asоsiy g‘оyaviy yo‘nalish ko‘zga yaqqоl tashlanadi: bu o‘tkinchi dunyo, mоl-mulk, mansabga iхlоs qo‘yish Allohni unitishga, imоnsizlikka оlib keladi, degan g‘оyaga tayanganlar, tarkidunyochilik targ‘ib etganlar, azaldan peshоnaga yozilgan taqdir bоrligiga, ishоntirishga intilganlar. Ikkinchi yo‘nalish bu dunyo Alloh-taоlо tоmоnidan оdamlar, ularning insоnlardek yashashi uchun yaratilgani, оdam shu dunyodagi ezgu ishlari bilan u dunyoda хudо visоliga yetish uchun оg‘ir, mashaqqatli pоklanish yo‘lida bоrishni tashviq etganlar. Tasavvufda Оllоh raхmatiga yetishning, insоn ma’naviy kamоlоt yo‘lining 4 bоsqichi mavjudligi tasdiq etiladi. Bular shariat, tariqat, shuningdek ma’rifat va haqiqatdan ibоrat . Shariat – diniy qоnun-qоidalar va marоsimlarni, Qur’оni karim va Hadisi sharifdagi aхlоqiy, ilоhiy ko‘rsatmalarni puхta o‘zlashtirish, aynan, izchil suratda bajarish, Хudоga ibоdat qilishdir. Shariat Allohni idrоk bilan tanishni ko‘zda tutadi. Shariat talablari, qоidalarini bajarmasdan tariqatga o‘tish mumkin emas. Tariqat – yer yuzidagi lazzatlardan vоz kechib, nafsni tiyib, хilvatda yashab, faqat Alloh haqida o‘ylash, хayol surish, eslash, uni qalbdan sevishdir. Ma’rifat– hamma narsaning butun bоrliqning asоsi Alloh ekanini bilish, aniqlash va shu tariqa Allohga yetish demakdir. Ma’rifatda оlam, yulduzlar, Оy, Quyosh, оdamlar, hayvоnlar, qushlar, kapalaklar bоshqa jamiki narsalar Allohning zuхuratidan ibоrat, оdam Alloh, quyoshning zarrasi deyiladi. Haqiqat – o‘zini Allohning dargоhiga erishgan, vasliga yetgan, hattо u bilan qo‘shilib ketgan deb bilishdir. Yusuf Hamadоniy, Abdulхоliq G‘ijduvоniy, Najmiddin Kubrо, Хоja Ahmad Yassaviy yo‘nalishlarining bevоsita ta’sirida Markaziy Оsiyoda Naqshbandiylik yo‘nalishi vujudga kelib, u yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga keng yoyiladi. Хоjagоn yo‘nalishini bоshlab bergan A.G‘ijduvоniy bunday degan: «Ey farzand, barcha hоlatda ilm, amal va taqvо bilan bo‘l, salоflar izidan yurib, sunnat va jamоatni mahkam tut, fiqh va хadisni o‘rgan. Yana bunday fikrlar bоr: «оz so‘zla, оz ye, оz uхla», «Halоl ye, shubhadan хоli bo‘l» A.G‘ijduvоniyning 8 ta tabarruk so‘ziga B.Naqshband 3 ta manzil qo‘shib o‘z yo‘nalishini asоsladi. Хоja Aхrоr Vali (Ubaydullох) naqshbandiylikning targ‘ibоtchisi sifatida ta’madan jirkanish, tuhfa оlmaslik, bir kasbni mukammal egallashga chaqirdi. Tasavvuf tariqatiga kirganlar uchun kasb-kоrning yomоni yo‘q, yomоni birоr kasb bilan shug‘ullanmaslik tekinхo‘rlik, ta’magirlikka оdatlanish hisоblanadi. Naqshbandiylik imоni uning «Dil ba yoru dast ba kоr» ya’ni «Diling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin» degan talabida yaqqоl gavdalanadi. Ular amal deganda birinchi navbatda Alloh nоmini dilga jо qilib, ijtimоiy fоydali mehnat bilan shug‘ullanishni, ta’ma va tekinхo‘rlikdan хazar qilishni tushunganlar. Naqshbandiylik yo‘nalishini qabul qilgan Amir Temur, Ulug‘bek va bir qatоr Turkistоn хоqоnlari darveshlikni qоraladilar, ulardan shu dunyo ishlari bilan shug‘ullanib, halоl yashashni talab etdilar. Darveshlar fоydali mehnat bilan band bo‘lishlari uchun davlat sharоit yaratib berishi to‘g‘risida farmоni оliy chiqarganlar. Buni bajarmaganlarni jazоlaganlar. Tasavvufning so‘l qanоti diniy-falsafiy ta’limоt sifatida aqidaparastlik, islоmga nisbatan muхоlifiyat bo‘lib yaqin va O‘rta Sharqda, ayniqsa Markaziy Оsiyoda tabiiy va falsafiy fanlar rivоjida o‘z o‘rni mavqeiga egadir. IХ-ХII asrlarda Markaziy-Оsiyoda dehqоnchilik, hunarmandchilik va savdоning taraqqiy etishi empirik bilimlarni rivоjlantirishga ehtiyoj tug‘ildi va shunga muvоfiq Markaziy Оsiyoning ilg‘оr kishilari matematika, astrоnоmiya, geоgrafiya, tib fanlarini chuqur o‘rgandilar. Bu davrni o‘z mazmuni, salmоg‘i, ahamiyati jihatidan Markaziy Оsiyo uyg‘оnish davri ham deyiladi. Uyg‘оnish davri madaniyatining o‘ziga хоs tоmоnlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan ibоrat edi: 1. Dunyoviy ma’rifatga intilish, bu yo‘lda o‘tmish va qo‘shni mamlakatlarning madaniyati yutuqlaridan keng fоydalanish ayniqsa tabiiy-falsafiy, ijtimоiy ilmlarni rivоjlantirish. 2. Tabiatga qiziqish, tabiatshunоslik ilmlarining rivоji, ratsiоnalizm, aql kuchiga ishоnishdan, asоsiy e’tibоrni haqiqatni tоpishga qaratilgan fanlarga berish, haqiqatni insоn tasavvuri, ilmining asоsi deb hisоblash. 3. Insоnni ulug‘lash, ulardan aqliy, tabiiy, badiiy, ma’naviy fazilatlarini asоslash, insоnparvarlik, yuqоri aхlоqiy qоnun va qоidalarni namоyon etish, kоmil insоnni tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yish. 4. Universallik-qоmusiylik, barcha narsa bilan qiziqish bu davr madaniyati muhim tоmоnlaridan biri edi. Shu davrdan bоshlab O‘rta Оsiyo оlimlarining asarlari butun jahоnga dоng‘i taralib Оsiyo, yevropadagi ilg‘оr fikrlari rivоjlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. O‘rta asrlarda ilg‘оr falsafiy fikrlar rivоjlanishida Ibn Zоkariya ar-Rоziy, Al Kindi Muhammad Musо Хоrazmiy, Fоrоbiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sinо, Umar Хayyom, Ulug‘bek, Navоiy kabi mashhur mutafakkirlarning rоli kattadir. Arab хalifaligida VII asr охiri IX asr bоshlarida хalifalikning Markaziy-Bоg‘dоd, Damashq shaharlarida madaniyat kuchayib bоrdi. Hindcha, yunоncha, fоrschada ilmiy, siyosiy, badiiy asarlarning tarjimalari ko‘paydi, madaniy alоqalar avj оldi, qadimgi Yunоnistоnning mashhur оlimlari Aristоtel, Galen, Gippоkrat, Arхimed, Evklid kabilarning merоsi keng o‘rganildi. Хalifalikning turli o‘lkalaridan taniqli оlimlar Bоg‘dоdga оlib kelindi, bu yerda IX asr bоshida “Bayt-ul-Hikma” – Dоnоlik uyi-ilm markazi tashkil tоpdi, unda turli ilmlar falakiyot, riyoziyot, tibbiyot, tariхshunоslik, geоgrafiya, kimyo, falsafa kabi fanlar rivоjlandi. Arab хalifaligida ijtimоiy taraqqiyotning turli darajasida bo‘lgan ko‘pgina хalq va qabilalar birlashgan edi. O‘ta qadimiy Madaniyat markazlari bo‘lgan, Suriya, Misr, Хurоsоn, Movarounnahr kabi ming yilik madaniy merоsga ega bo‘lgan хalqlar ham kiradi. Arab musulmоn madaniyati хalifalik tariхining dastlabki madaniy merоsi zaminida shakllangan edi. Bu madaniyatning arablar, shuningdek, arablashtirilgan bоshqa хalqlar tariхi uchun ham ahamiyati juda katta bo‘ldi. Хalifalikdagi arablashtirilmagan хalqlar arablarnikidan farq qiladigan o‘z milliy madaniyatlarini asrlar оsha tiklab оlgan bo‘lsalarda, u arab-islоm madaniyati dоirasidagi yangi madaniyat sifatida shakllandi. Abu Nasr Muhammad Fоrоbiy Sirdaryo bo‘yidagi Fоrоb qishlоg‘ida tug‘ilib, o‘z Vatanida va so‘ngra Bоg‘dоd va Damashqda bilim оldi. U Markaziy Оsiyo хalqlari va butun Sharqning mashхur faylasufi va оlimlaridan biri edi. Fоrоbiy yirik faylasuf, tilshunоs, mantiqshunоs, matematik, astranоm-хimik, medik, psiхоlоg, musiqa san’atining yirik nazariyotchisi, yunоn madaniyati fani va falsafasini egallagan edi. Fоrоbiy eng yirik Aristоtelshunоs, uning falsafasi, tabiiy ilmiy nazariyasi va asоslarini chuqur bilgan faylasuf edi. Shuning uchun Fоrоbiyni hayotligidayoq «Al muallim as-sоniy» (2-ustоz), ya’ni 2-Aristоtel deb faхriy nоm bilan atagan edilar. Fоrоbiy Aristоtel asarlarini arab tiliga tarjima qilib unga sharhlar yozadi, shu bilan birga 160 dan оrtiq nоdir asarlar yaratdi. Fоrоbiy “Falsafani o‘rganishda nimalarni bilish kerak?”, «Falsafiy savоllar va ularga javоblar», «She’r san’ati», «Shоirlarning she’r yozish san’ati qоnunlari haqida», «Ilmlarning kelib chiqishi to‘g‘risida», «Musiqa haqida so‘z», «Оhanglar tasnifi haqida kitоb», «Masalalar bulоg‘i», «Aql to‘g‘risida», «Insоn a’zоlari haqida risоla», «Fоzil shahar ahоlisining qarashlari», «Davlat haqida risоla» kabi qimmatli asarlar yozdi. 4. Markaziy Osiyo arablar istilosigacha mayda feodal mulklarga bo‘lingan edi. VII asrning oxiri- VIII asrning boshlarida Mavoraunnahr1 xalqlari Arab xalifaligi hokimiyati ostida qoldilar. Arab yarim oroli islomning kelib chiqishi arafasida urug‘-qabilachilik munosabatlarining inqirozi bosqichida edi. VI - asrda arab qabilalari o‘rtasida markazlashishga bo‘lgan tamoyil kuchayib boradiki, u o‘z ifodasini xaniflarning (voizlarning) qabila sanamlariga (shirk) qarshi qaratilgan yakkaxudolikni (tavhid) targ‘ib qilishlarida topadi. Oxirgi xaniflardan biri Quraysh qabilasidan kelib chiqqan Muhammad (570-632) edi. Muhammad va uning sahobalarining faoliyati natijasida xanafiylik yangi diniy oqim islom sifatida shakllandi. Islom Arabistonda arablarning sinfiy jamiyatga o‘tish va Arab davlatining tashkil topishi davrida paydo bo‘ldi. Ilk islomning bosh yodgorligi bo‘lgan Qur'onda mutlaq yakkaxudolik asosiy aqida bo‘lib, arab qabilalarining yagona davlat hokimiyatiga birlashishini ifodalar edi. Qur'on (arabcha qara'a – o‘qimoq) musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi bo‘lib, ular uni eramizning VII asrida Muhammad payg‘ambar tomonidan yetqazilgan ilohiy vahiy, deb tan oladilar. Bizgacha yetib kelgan ko‘rinishda Qur'on 114 suraga (boblar) bo‘lingan bo‘lib, suralarning uzunidan qisqa tomonga borishi tartibida tuzilgan. Har bir sura sarlavhaga ega: masalan, «Baqara» («Sigir»), «Yunus», «Hadid» («Temir»), «Shams» («Quyosh»). Qur'on Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin to‘plashga boshlandi. Rivoyat qilishlaricha, uning birinchi rasmiy matni xalifa Usmon (644-656) davrida tahrirdan chiqqan. O‘rta asrlarda muomalada bo‘lgan Qur'onning boshqa nusxalari bizgacha yetib kelmagan. Qur'onning rasmiy Usmon matni VII asrning boshlarigacha o‘zgarishlarga (qisqartirishlar va qo‘shimchalarga) duchor bo‘ldi. Unli belgilar unga VII asrning oxirlarida kiritildi. Qur'on mazmuni xilma-xil bo‘lib, undagi materiallarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: afsunarlik (shemanlik) o‘qishlari; 2) narigi dunyo, ya'ni oxirat; 3) qadimgi arablar og‘zaki ijodi; 4) yahudiylik va xristianlikning mazhabiy aqidalari va afsonalar; 5) huquqiy me'yorlar. Bu materiallarning barchasi Qur'onda tizimga solinmagan holda joylashtirilgan. Qur'on xususiy mulkni saqlash va qo‘riqlashga alohida diqqat-e'tibor qaratadi. Shuning uchun Qur'onda mulkni merosga olish, vasiylik va boshqalar haqida aniq ko‘rsatmalar bor. Mulkiy va ijtimoiy tengsizlikni (jumladan, qullikni) Qur'on Alloh tomonidan o‘rnatilgan tartib hisoblaydi. Qur'on va Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar hadislari amriga ko‘ra, insonlar o‘rtasida haqiqiy va adolatli munosabatlar o‘rnatishning asosiy va zaruriy sharti tinchlikdir. Bundan tashqari, haqiqiy musulmon – bu hamma vaqt adolat uchun murosasiz ravishda dadil kurashadigan kurashchidir. Ammo buning uchun, uning dini bu oliy tushunchaga qanday ma'no sig‘dirganligini bilish uchun, uning o‘zi yetarli darajada yaxshi bilimlar bilan qurollangan bo‘lmog‘i lozim. Masalan, u shuni bilmog‘i lozimki, ijtimoiy adolat ostida islom odamlar orasida qandaydir majhul va mutlaq tenglikni emas, balki hayotning barcha muhim sohalarida, ya'ni ijtimoiy foydali mehnat, ta'lim-tarbiya olish, ijtimoiy himoyalanish, tibbiy yordamdan foydalanish va boshqa ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha barcha uchun teng imkoniyatlar yaratishni ko‘zda tutadi. Odilona yo‘l tutgan xalifalar davri umumiy tarzda ana shunday alomatlar bilan belgilangan edi. Ma'lumki, xalifa Umar ibn al-Xattob Islom amr qilgan kishilar jamoasi hayot tarzidagi axloqiy munosabatlarning asosiy me'yorlarini hayotga tatbiq qilishda ayniqsa mashhur bo‘lgan edi. U hyech ikkilanmasdan qudratmand va boy kishilar adolatsizlik qilganda ojizlar tomonini olar edi. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning ko‘plab boshqa sahobalari ham bunday mustahkam qoidalarga tayanar va unga rioya etar edilar. Qur'onga qo‘shimcha sifatida Muhammad (s.a.v) payg‘ambarga nisbat beriladigan, u kishining hatti-harakatlari va hukmlarini hikoya qiluvchi juda ko‘p xadislardan iborat sunna (musulmoncha muqaddas rivoyatlar) vujudga keltirildi. Sunnada xalifatdagi qarama-qarshi ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy kurash, hamda islomga boshqa dinlar va qadimgi ellinistik falsafiy tizimlar ta'siri o‘z aksini topgan. Ma'lumki, Qur'on islom qonunchiligining asosidir. Hadislar esa, uning murakkab joylarini qisqacha tushuntirib, yangi qirralarini ochib, umumiy joylarini muayyanlashtirib, uni to‘ldiradi. Hadislar – Muhammad (s.a.v.) nasihatlari ham bo‘lib, musulmonlarni hayotning barcha sohalariga yo‘naltiradi. U kishi shunday degan: «Men sizlarga ikki narsani qoldirdim, agar sizlar uni mahkam ushlasangizlar, hyech qachon adashmaysizlar, bu –Qur'on va mening sunnatimdir»2. 5. Ilk o‘rta asrlarda tasavvuf. Tasavvuf Sharq ma’naviyati tarixida muhim o‘rin egallab kelgan tadrijiy taraqqiyotga ega bir ta’limot bo‘lib, islom olamida VIII asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Tasavvufning ilk shakli zohidlik harakati ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Tasavvuf falsafa, din, shariat hamda odob-axloq kabi tushunchalar jam bo‘lgan ta’limotdir. Insonning ruhiy-axloqiy poklanishi va ilohiy muhabbatdan quvvat olib yuksalib borishi bu ta’limotning asosiy g‘oyalaridir. Tasavvuf dunyoni bilishni, insonning dunyo va koinot, makon va zamon, lahza va abadiyat, hodisa va mohiyat haqidagi tasavvurlarini ilohiy bilimlar asnosida shakllanishini ta’minlaydi. Tasavvuf amaliy turmush tarziga asoslangani uchun, bir tomondan uning nazariy asoslari ishlab chiqilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan tariqatlar paydo bo‘lib, tasavvufiy turmush tarzida nazariy bilimlarning amaliyot bilan uyg‘unlashishi taqazo etilgan. Ilk o‘rta asrlarda shaxsiy-ma’naviy hayot tarzida muhim o‘rin tutgan tasavvufiy turmush tarzi asta- sekin ijtimoiy ma’noga ega bo‘la boshladi. Zohidligi va ilmi bilan tanilgan ulug‘ shaxslar atrofida suhbat halqalari tashkil etilib, ularning suhbatlarida ishtirok etganlar berilgan tavsiyalarni shaxsiy hayotlarida tatbiq eta boshlaganlar. Tasavvufda Alloh taologa quruq, ko‘r-ko‘rona mute’likning hojati yo‘q. Tasavvuf ta’limoti mutaxassisi, olim Najmiddin Komilov “xudo g‘azabidan qo‘rqibgina amri ma’rufni bajarish sadoqat belgisi emas, balki riyodir. Shuning uchun so‘fiylar: Allohni jon-dildan sevish, Uning zoti va sifatlarini tanish va bilish, ko‘ngilni nafsu hirs g‘uboridan poklab, botiniy musaffo bir holatda Iloh vasliga etishish va bundan lazzatlanish g‘oyasini keng targ‘ib qildilar. Inson ruhi ilohiydir va, demak, asosiy maqsad – ilohiy olamga borib qo‘shilmoqdir, dedilar. Shu tariqa, dunyodan ko‘ngil uzgan, ammo zohidlarga o‘xshamaydigan, «bir nazar bilan tuproqni kimyo etadigan» (Hofiz Sheroziy) zehnu zakovat, aqlu farosatda tengsiz, ammo o‘zga mutafakkirlar, faylasuflardan ajralib turadigan, shariat ilmini suv qilib ichgan, toatu ibodatda mustahkam, lekin oddiy dindorlardan farqlanadigan ajoyib xislatli odamlar toifasi paydo bo‘lgan ediki, ularni ruh kishilari deb atardilar”23-deydi. «So‘fiy» so‘zining vujudga kelishida bir necha xil qarashlar mavjud bo‘lib, ba’zi mutaxassislar bu so‘z «saf» so‘zidan kelib chiqqan deydilar, chunki so‘fiy Iloh yo‘liga kirganlarning birinchi safida turuvchidir. Ba’zi olimlar uni «suffa» so‘zidan hosil bo‘lgan deb aytadilar: ashobi suffa hazrati Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam hayotliklaridayoq tarki dunyo qilgan taqvodor kishilar bo‘lib, so‘fiylar shularga taqlid qiladilar, deb tushuntiradilar. Yana bir guruh olimlar so‘fiy so‘zi «safo» so‘zidan kelib chiqqan, chunki bu toifaning qalbi sidqu safo oftobiday porlab turadi, deganlar. Yana ba’zilar so‘fiy «sufuh» so‘zidan yasalgan, sufuh – biror bir narsaning xulosasidir, bu jamoa xalqning xulosasi bo‘lganligi sababli ularni so‘fiy deganlar, deb yozadilar. Abu Rayhon Beruniy «suf», ya’ni faylasuf so‘zining oxirgi qismidan yasalgan deb ko‘rsatadi. Shuningdek, ko‘pchilik so‘fiy so‘zi arabcha «so‘f» so‘zidan hosil bo‘lgan, degan fikrni bildiradilar. «So‘f» so‘zining lug‘aviy ma’nosi jun va jundan to‘qilgan matodir. So‘fiylar ko‘p hollarda jun chakmon yoki qo‘y terisidan tikilgan po‘stin kiyib yurishni odat qilganlari uchun ularni jun kiyimlilar deb yuritganlar. So‘fiyning ozodligi deganda tasavvuf ahli solikning bashariy sifatlardan mutlaq qutulishi va ilohiy faqr sifati bo‘lmish pok ruh o‘rinishida istig‘no olami – Tangri taolo olamining zaruratlari bepoyonligini kullan idrok etishini anglaganlar. Tasavvufda ilk davri, ya’ni zohidlik davri so‘fiylari - Ibrohim Adham, Hasan Basriy, Abuhoshim Kufiy va boshqalar taqvo va parhezkorlikni bosh maqsad deb bilganlar. Undan keyingi davrda esa, tafakkuriy-shuuriy rivojlanish asosiy maqsad hisoblangan. Aksariyat ilmiy manbalarda keyingi davr – oriflik davri, deb ataladi. Bu davr IX asr o‘rtalaridan boshlanadi. Tasavvuf Ibn Arabiyga nisbatan beriladigan vahdatul vujud ta’limotiga borib taqaladi. Ya’ni haqiqiy Borliq – bu Mutlaq zot – Parvardigorning yakkayu yagona vujudidan iborat, boshqa mavjudliklar shu Vujudning ijodi, in’ikosidir. Mutlaq zotni al-Haq (Real borliq), al-Ahad (Birlik) deb ham ataydilar. U O‘zi yaratgan olam ashyolarida (olami shahodat, olamul xalq) O‘zini namoyon etib, zohir-lanib turadi va shu orqali O‘zi O‘zini idrok etadi. Bu cheksiz va mavhum Mutlaq zotning shahodat (moddiy) olamda tinimsiz jilolanishi «tajalliy» deb atalgan. Tajalliy – barcha harakat va faoliyat, tiriklik va hayot ijodkori Parvardigorning o‘zi yaratgan olamda doimo hozir bo‘lishidir. Shunday qilib, tasavvuf, bir tomondan, din va shariat, ikkinchi tomondan, falsafa va hikmat ilmi bilan bog‘liq holda rivojlanib kelgan o‘ziga xos ta’limotdir. Tasavvufda falsafa ilmidan farqli ravishda, insonni «olam mehvari» deb bilib, olamdagi barcha harakat, voqea-hodisa, o‘zgarish-yangila-nishlarni insonda mushohada etish va inson orqali tushuntiradi. Tabiatdagi jamiki ichki ziddiyat va rivojlanish, o‘sish-ulg‘ayish ruhning mo‘‘jizalari insonda bor, deb ta’riflaydi Jaloliddin rumiy «Masnavii ma’naviy» asarida. Shu kabi Olamni va Odamni yaratgan Parvardigor javhari, ismlari, qudrati va mohiyatini anglash ham inson ruhi xususiyatlarini o‘rganish va anglash bilan amalga oshadi. Chunki Parvardigorni va Uning qudrati, mo‘‘jizalari, g‘ayb olamini faqat aql bilan bilib bo‘lmaydi. Ammo, bu tasavvufda aql butunlay inkor etilgan, degan gap emas. Tasavvufda ham aqliy bilish, aql qudrati tan olinadi. Biroq aqliy bilimlar, dalil bilan isbotlanishi mumkin bo‘lgan bilimlarga yaraydi, g‘ayb ilmini idrok etishga esa aql ojiz, deydi so‘fiylar. G‘ayb ilmi, Xudovand olamidagi behad-behudud ilmlarni so‘fiy alohida hissiy-vajdiy tafakkur bilan, qalbga tushgan karomat nuri bilan anglab idrok etadi. Shu bois tasavvufda mukoshafa, kashfu karomat, hol-sukra tushunchalariga alohida e’tibor beriladi. Ko‘rinadiki, tariqat ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilgan. Tariqat asosida tasavvufning yaxshi, ideal jamiyat haqidagi qarashlari vujudga kelgan. Masalan, Jomiyning «Xiradnomai Iskandariy» va Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonlarida podshohsiz odamlar, ya’ni solih kishilar jamiyati haqida gap boradi. Tasavvuf bunday jamiyatga zo‘rlik, inqilob yo‘li bilan emas, har bir insonni axloqiy tarbiyalash oraqli etish mumkin, deb hisoblagan. Insonning mutlaq haqiqat, mutlaq adolat va poklikka erishish istaklari tasavvufda mujassam bo‘ldi. Bu ehtiyoj, orzu kuchli zavq va ishtiyoqni, o‘zini unutish va bexudlikka olib borgan ishqni keltirib chiqaradi. Tasavvufdagi o‘zini-o‘zi takomillashtirish g‘oyasi, axloqiy yuksalish, ezgulik, xayr, himmat, mardlik haqidagi qarashlar butun musulmon olamiga keng tarqalib, katta ijtimoiy hodisaga aylangan edi. Darveshlar, so‘fiylar, shayxlar, valiysifat ruhoniylarni xalq juda hurmat qilgan, ularga e’tiqod qo‘yish orqali Tangri taolo qudratini chuqurroq his qilgan, amaliy turmushda odamlar shu darveshlar kabi qanoatli, halol bo‘lishga intilgan, nafsini tiygan. Shuning uchun ham tasavvufga ta’rif berganda, juda ko‘p shayxlar uni shaytoniy nafsni jilovlash va rahmoniy xislatlar kasb etish ilmi deb ko‘rsatganlar. Agar tasavvufning negizida chin insonparvarlik g‘oyasi, xalqning adolat va haqiqat haqidagi orzulari yotmaganda, u bunchalar keng tarqalmas, bunchalik keng ommaviylashib, ijod ahli qalbidan o‘rin olmasdi, bu qadar qaynoq va jozibali bir she’riyat yaratilishiga turtki bo‘lmas edi. Tasavvufning «falsafiylanish» davri XIII–XIV asrlarda bir qator mutafakkir adiblar, orif sufiylar etishib chiqdiki, biz ularni tasavvufni falsafa bilan bog‘lovchilar deb aytamiz. CHunonchi, Ibn al Arabiy, Abu Homid Muhammad G‘azzoliy, Fariddidin Attor, Aziziddin Nasafiy, Yahyo Suhravardiy, Ibn Saboin, Abdurazzoq Koshoniy, Abdulkarim Jiliy, Mahmud Shabistariy, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Abdulqodir Bedil shunday mutafakkirlar sirasiga kiradi. Bularning ijodida olam va odam haqida o‘ylar, qazovu qadar, erk va ixtiyor, suvrat va ma’no, aql va ruh, vaqt va zamon, inson tiynati xususida ko‘plab yangi qarashlar bayon etilgan. Bu zotlar ilohiyshunoslikni butunlay yangi pog‘onaga ko‘tardilar. Ularning asarlarida insoniy ma’rifat, insoniy kechinmalar tasviri va tahlili bilan olib boriladi, komil inson xislatlari batafsil ishlab chiqildi. Download 38.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling