Dushimda bir bulbul go‘rdim
“Tohir va Zuhra” dоstonidan
Dushimda bir bulbul go‘rdim,
Hurkib galmish gulzorinnan.
Qaysi bog‘ni bulbulidir,
Qaysi bog‘chani norinnan.
Go‘rmisham sahar chog‘lari,
Siynama solmish dog‘lari.
Boshda qaro qulpog‘lari,
Nozikdur sumbul torinnan.
Yuzi oydek sho‘la solar,
Husni falakdin boj olar.
Ayting, yorim qachon galar,
Borsam daryo kanorinnan.
Qurbon bo‘larman o‘zina,
Shakar ezilmish so‘zina.
Davomat boqsam yuzina,
Ko‘zim do‘ymas diydorinnan.
Yoqdi mani bir nozanin,
Fido bo‘lsin ro‘yi zamin.
Hech bir kimsa maning kabi,
Ayrilmasin nigorinnan.
Hech kishi sirim bilmasa,
Mohimni holin so‘rmasa.
Oshiq bir zulm ko‘rmasa,
Ayro tusharmi yorinnan.
Do'stlaringiz bilan baham: |