Dusova hilola botir qizi tarjimada metonimiya
Download 366.75 Kb. Pdf ko'rish
|
tarjimada metonimiya ingliz va ozbek tillari misolida
- 41 -
41 XULOSA
1. E.Xemingueyning “Alvido qurol” asarini ingliz tilidan o’zbek tiliga o’girgan tarjimon ko’chimning eng murakkab turlaridan bo’lgan metonimiyaning tarjimada asliyatini saqlashga katta e’tibor qaratgan. Asliyat tiliga mos muqobil variant topishi, uning ma’no va mazmun xususiyatlarini yoki shakli saqlangan yoki o’zgartirgan holda berishi, transliteratsiya, izoh berish va badiiy tarjimadan ko’ra ko’proq ilmiy tarjima usullaridan foydalanganligi kuzatiladi. Bu - yangi tarjima usullarini vujudga keltirib chiqaradi.
2. Tarjima jarayonida matn mazmuniga ziyon yetkazmaslik, badiiy o’ziga xoslikni va asar badiiy koloritini saqlashga urinishlar va bu boradagi ijodiy yondashuvlar kuzatilsa-da, tarjimon anchagina nuqsonlarga yo’l qo’ygan, aksariyat hollarda ba’zi badiiy tasvir vositalari, milliy so’z va iboralarning leksik va kontekstual ma’nolarini hamda shakliy ixchamlikni, musiqiy ohangdorlikni saqlay olmagan. Bunga sabab esa uning ko’proq ilmiy hamda erkin tarjima printsipiga amal qilganligidan dalolatdir.
3. Noqardosh tildan tarjima qilayotgan tarjimon har bir mayda detalga, mushtaraklikka va o’ziga xoslikka ehtibor bermasa, asar milliyligiga putur yetkazib qo’yishi, badiiy asar muallifining individual uslubini va ruhini kitobxonga to’g’ri yetkaza olmasligi mumkin. Ingliz xalqining urf-odatlari, turmush tarzi, ruhiyati, madaniyati, mentaliteti va tilini yaxshi o’rgangan tarjimon metonimiya orqali asliyat mazmunini tarjimada to’la bera oldi.
4. E.Xemingueyning “Alvido qurol” asarini ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjimasi o’zbek kitobxoniga ingliz xalqining ma’lum bir davrdagi (urush davridagi) rasm-rusmlari, yashash tarzi, madaniyati, mentaliteti, milliy xarakteri borasida tasavvur hosil qilishga yordamchi manba bo’lib xizmat qiladi. 5. Milliy realiyalar transliteratsiya yoki ekvivalent qo’llash orqali o’girilganki, bu narsa
tarjima tili
asliyatni singdira olmasligi, kitobxon uchun tushunmovchiliklar keltirib chiqarishi bilan belgilanadi. Tarjimon qo’llagan bu usul eng to’g’ri bo’lib, o’zbek o’quvchisi ko’z o’ngida voqeaning qaerda, qaysi - 42 -
42 millat doirasida kechganligini realiyalar tarjimasi orqali gavdalantiradi va oson tushunilishini ta’minlaydi. Bu o’z o’rnida tarjima realiyalarning o’zbek tiliga o’zlashib, ularning lug’at tarkibidan joy olishiga zamin yaratdi.
6. E.Xemingueyning “Alvido qurol” asarining o’zbek tiliga qilingan tarjimasidagi ayrim metonimik chekinishlar ingliz tili qonuniyatlari asosida asliyatning ma’no va mazmuninigina emas, balki uning badiiy uslubini, timsollar silsilasini va ta’sirchan ruhini saqlash imkonini berdi. Qolaversa, mazkur asar o’zbek kitobxonlariga o’ziga xos badiiy-ilmiy asar sifatida taqdim etildi.
Download 366.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling