Dvigatelning asosiy ko'rsatkichlarini aniqlash. Reja: Dvigatelning vazifasi va uning turlari


Download 304 Kb.
bet1/7
Sana15.03.2023
Hajmi304 Kb.
#1269594
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IYOD to\'g\'irlangani






Dvigatelning asosiy ko'rsatkichlarini aniqlash.


Reja:

  1. Dvigatelning vazifasi va uning turlari;

  2. Dvigatelni tashkil etuvchi mexanizm va tizimlari;

  3. Dvigatelning asosiy texnik kursatkichlari;

  4. Dvigatelning ishlash usuli

  5. Xulosa




  1. Dvigatellarining umumiy tuzilishi va ishlash printsipi.

1.1 Dvigatellarning klassifikatsiyasi.
Zamonaviy avtotransport vositalariga asosan, porshenli ichki yonuv dvigatyellari urnatiladi. Bug va elektr toki bilan ishlaydigan dvigatellar ba'zi kamchiliklariga kura xozirgi kunda deyarli kullanilmaydi. Bug bilan ishlaydigan dvigatellarning asosiy kamchiligi-foydali ish koeffitsiyentining kichikligi (0,16…0,18) xamda dvigatel bug kurilmalarining ulcham va vaznlarini kattaligidir. Elektr bilan ishlaydigan dvigatellarning keng tarqalmaganligiga sabab, ularning uzoq masofalarga katnay olmasligi, chunki ularga urnatiladigan kurgoshin akkumulyatorlarining elektr sigimi dvigatelning 40…50 km masofagacha xarakatlanishiga muljallangan. Xozirgi kunda mamlakatimizda va chet el firmalarida elektromobillar ustida katta ilmiy va konstruktiv ishlar olib borilmoqda, natijada ularning xar xil kurgazmali variantlari yaratilmoqda. Elektromobillarning xalq xujaligida transport vositasi bulib keng tarqalishi uchun ularga urnatiladigan elektrobaklarning sigimini 2 … 3 baravar oshirish kerak.
Porshenli ichki yonuv dvigatellari quyidagi belgilari bilan klassifikatsiyalanadi:
Ishlatiladigan yonilgining turiga qarab: еngil suyuq yonilgi – benzinda ishlaydigan va siqilgan suyuq gaz bilan ishlaydigan karbyuratorli dvigatellar, ogir suyuq dizel yonilgisida ishlaydigan dizel dvigatellari.
Yonuvchi aralashma xosil qilish usuliga qarab: silindr tashqarisida aralashma xosil qiluvchi karbyuratorli, injektorli dvigatellar va silindr ichida aralashma xosil qiluvchi dizel dvigatellari.
Ish aralashmasining alangalanishi buyicha: elektr uchquni bilan alangalanadigan karbyuratorli, injektorli dvigatellar va siqish natijasida uz-uzidan alangalanuvchi dizel dvigatellari.
Ish jarayonini hosil qilish usuliga qarab: turt taktli va ikki taktli dvigatellar.
Konstruktiv belgilari buyicha: silindrlar soni va ularning joylashuv tartibiga qarab (vertikal qatorli, gorizontal qatorli yoki V –simon), gaz taqsimlash mexanizmining joylashuvi buyicha – klapanlar yuqoriga yoki pastga joylashgan.




  1. Download 304 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling