Dvigatelning sovitish tizimi a tuzilishi; b radiatorda sovituvchi suyuqlikni (suvni) harakati; d radiator jalyuzi


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana25.06.2020
Hajmi0.99 Mb.
#121737
1   2   3   4
Bog'liq
TV676 OTABEK


Multigrade

15W40

SF/CE

13,9

-

Quaker



State

Quaker

State

Deluxe

Deluxe

5W30

10W40

SH/CD

SH/CD

10,0  15,2

Quaker

State

Quaker

State

Super Blend 

Super Blend

10W30

15W40

SH/CD

SH/CD

12,1  14,2

Quaker 

State Total

Performanc

e

Quartz 5000

20W40

15W40

SH/CD

SG/CD

20,1  14,5

Dizel dvigatel li yuk avtomobillari uchun moylar

Total

Quartz 3000

15W40

SF/CC

14,5

Total

Quartz 3000

20W50

SF/CC

17,0

Valvoline

Valvoline

Turbo V 

All- 

Climate 

Plus

15W40

10W40

SH/CE

SH/CE

Valvoline

Valvoline

All-Climate

All-

Climate

5W30

10W40

SF/CC

SF/CC

Dizel dvigatelli yengil avtomobillar uchun moylar

Shell

Super 

Diesel T

10W40

CD/SE

14,2

-36

207


1

2

3

4

5

6

BP

Visco

Diesel

15W40

CE

14,5

-30

Elf

Turbo

Diesel

5W40

CD

15,5

-30

Texaco

Diesel

TEX

15W40

CG/CE

14,1

_ _


Total Total

Total

Valvoline

Quartz

Diesel  7000

Quartz

Diesel 5000

Quartz

Diesel

3000

Special

Diesel

10W40

15W40

15W40

10W40

CD CD 

CD

SF/CE

14.5  14,5

14.5

Quaker

State

HDX

Universal

Fleet

15W40

SG/CF-4

15,1

Ko‘p yuk ko‘taruvchi yuk avtomobil ari uchun moylar

Shell

RimulaX

10W30

CF-4

11,5

-33

Shell

RimulaX

15W40

CF-4

14,0

-30

Shell

Rotella TX

10W30

CD/SF

11,5

-33

Shell

Rotella TX

15W40

CD/SF

14.0

-30

Mobil

Dilvac  1300 

Super

15W40

CE/SG

14,0

-29

BP

Vanellus C3 

Multigr

15W40

CD

14,4

-27

Motul

Traffic X 

(Synt)

15W40

CE/SF

14,0

-30

Motul

HP 40

15W40

CF-4/SF

14,0

-27

Elf

Performance

Trophy

15W40

CE/SE

15,0

-30

Elf

Performance

Super

15W40

CF-4/SF

14,5

-30

Texaco

Ursa

Super LA

10W

SG/CD

6,3



Texaco

Ursa

Super LA

30W

SG/CD

11,3



Texaco

Ursa

Super LA

40W

SG/CD

15,0

_ _


Texaco

Ursa 

Super TD

15W40

CE

14,3



Total

Rubia Tir 

XLD

15W40

CE

14,5



Total

Rubia XT

15W40

CF-4/SG

14,5

-

208


1

2

3

4

5

6

Vavoline

All Fleet 

Plus

15W40

SF/CE



Valvoline

All Fleet 

Extra

15W40

SF/CF



6.3. Ishqalanish, yeyilish jarayonlari. Harakatdagi tutash 

detallaming moylanishiga ehtiyoj

Qishloq xo‘jaligiga, umuman, har bir sohaga ish unumdorligi va 

quwati  yuqori  boigan  traktor  va  avtomobillar  kirib  kelmoqda. 

Ulami  uzoq  muddat  ishonchli  va  buzilmay  ishlashlari  muhim 

hisoblanadi.

M a’lumki, har xil qurilma va mexanizmlaming detallari o‘zaro 

bir-biriga  ishqalanib  ishlaydi.  Ishqalanish  bor  joyda  ishqalanish 

kuchi  paydo  boiadi.  Ishqalanish  kuchi  doimo  harakat  yo‘nalishiga 

qarama-qarshi  yo‘nalgan boiadi.  Ulami yengish  uchun  qo‘shimcha 

energiya  (quwat)  sarflash  kerak.  Shu  kuch  ta’sirida  detallaming 

sirtlari  qirilib  yeyiladi,  ulaming  ishlash  muddati  qisqaradi. 

Ishqalanish paytida sirtlar  haroratining koiarilishi  esa metallaming 

mexanik  xususiyatlarini  pasayishiga  olib  keladi.  Bu  omil  ham 

detallaming ishlash muddatini kamaytiradi.

Umuman olganda ishqalanish kuchi  quyidagicha aniqlanadi:

P = T / 

(1)


Bu yerda,  / -  ishqalanish koeffitsienti;

T -  detallami bir-biriga bosib turuvchi bosim.

Koeffitsient  /   ning  har  xil  materiallar  uchun  qiymatlari 

quyidagicha:

-  cho‘yanni cho‘yan bilan ishqalanishida -  0,15...0,22;

-  cho‘yanni p o ia t bilan ishqalanishida -  0,18...0,24;

-  poiatni bronza bilan ishqalanishida -  0,15...0,24;

-  poiatni babbit bilan ishqalanishida -  0,12...0,18;

Ishqalanish  kuchi  doimo  ham  salbiy  oqibatlarga  olib  kela- 

vermaydi.  Friksion 

uzatmalar,  friksion  muftalar,  tormozlar  va 

tasmali  uzatmalarda  ishqalanish  kuchining  ijobiy  tomonlaridan 

foydalanish hollarini ko‘rish mumkin.

209


Harakat  paytidagi  tutash  sirtlaming  bir-biriga  nisbatan  nisbiy 

siljishining  turiga  qarab,  ikki  xil,  ya’ni  sirpanib  ishqlanish  va 



dumalab ishqalanish ro‘y beradi.

Tabiatda  va  texnikalarda  ishqalanishning  ikkala  turi  ham 

uchraydi. Ko‘proq uchraydigani esa sirpanib ishqalanishdir.

Sirpanib  ishqalanish.  Ishqalanish  sirtlarining orasida  moylov- 

chi  suyuqlikning  borligi  yoki  yo‘qligi  bo‘yicha  suyuqlikli,  yarim 



quruq va quruq xillariga bo‘linadi.

Suyuqlikli ishqanish. Agar bir-biri bilan ishqalanib ishlayotgan 

sirtlar suyuqlik bilan ajralib tursa suyuqlikli ishqalanish deyiladi.

Suyuqlikli  sirpanib  ishqalanish  paytida  hosil  bo‘layotgan 

ishqalanish kuchi Nyuton qonuni asosida aniqlanadi, ya’ni.



F- V- n

P = 

~ 



 

( 2)

h

Bu  yerda, 



V  -   ishqalanish  yuzalarining  bir-biriga  nisbatan 

tezligi, m/s;

r| -   moyning absolyut qovushqoqligi, N-s/m2;

F -  ishqalanuvchi sirtlar yuzasi, m2;

h -  moy qatlamining qalinligi, m.

Suyuqlikli  ishqalanishni  kattalashtirilgan  holati  6.1-rasmda 

ko‘rsatilgan.

1  -  ishqalanuvchi,  birinchi detal;  2 -  ishqalanuvchi,  ikkinchi detal;  3 -  suyuqlik;

4 - g ‘adir-budurlikning cho ‘qqisi.

6.1-rasm. Suyuqlikli ishqalanish.

Agar  (1)  ifodani  suyuqlikli  ishqalanishga  tatbiq  etsak  quyi­

dagicha bo‘ladi:

(3)

210


Suyuqlikli  sirpanish  uchun  (2)  va  (3)dan  quyidagiga  ega 

boiamiz:




=  P   _ F- V- r j   _  Ч -V 

7  ~ T ~   h- T  ~  h- qyp

Bu yerda,  qyP -  ishqalanuvchi  sirtlaming  1  sm2 yuzasiga to‘g‘ri 

keluvchi bosim.

Suyuqlikli  sirpanish  boiishi  uchun  avtotraktor  dvigatellarida 

moylovchi  moy  qatlamining  minimal  qalinligi  4...6  mkm  atrofida 

boiishi yetarli, deb qabul qilingan. Agar shu miqdordan kelib chiqib, 

/ ’  kattalikning miqdorini aniqlasak, u 0,002...0,004 atrofida boiadi.

Aniqlangan  /   bilan  / '  ni  solishtirish  natijasida  suyuqlikli 

ishqalanishni qay darajada muhim ekanligini bilishimiz mumkin.

Ko‘p  hollarda  tezliklar  rejimi  va  bosimga  suyuqlikni  (moyni) 

xususiyatlari  to‘g‘ri  kelmay  qolganda,  ishqalanuvchi  sirtlar 

orasidagi  suyuqlikning  (moyning)  qalinligi  kamaya  borib,  yarim 

quruq ishqalanish holatiga o‘tib qolish xavfi tugiladi.

Shuning  uchun  ishqalanuvchi  sirtlar,  suyuqlikli  sirpanishda 

ko‘proq  muddatda  ishqalashlari  uchun  ularda  ponasimon  suyuqlik 

(moy)  qatlamini hosil qilib turilishi maqsadga muvofiq, 6.2-rasm.

i  


i

1  -  harakatlanuvchi detal;  2 -  harakatsiz detal.

6.2-rasm. Bir tomonlama (a) va ikki tomonlama (b) ponasimon 

moy qatlamini hosil qilish.

Detallar doimo bir tomonga harakat qilganda (6.2-a rasm) sirtlar 

orasidagi  masofa  oldingi  qismida  ko‘proq  boiishi  kerak,  ya’ni  1-

211


detal  qiyaroq o‘matilishi kerak.  Chunki suyuqlikdan (moydan) hosil 

bo‘lgan  pona  ikki  sirtni  bir-biridan  uzoqlashtirishga  harakat  qilib, 

yarim quruq sirpanish holatiga o‘tib qolishining oldini oladi.  Bu hoi 

konus  sirtga  ega  bo‘lgan  porshen  halqasini  pastga  harakatida  ro‘y 

beradi.

Agar  ikki  sirtdan  biri  doimiy  ravishda  bordi-keldi,  chiziqli 



harakatda  boisa,  harakatdagi  detaining  ikki  tomonidagi  masofa 

o‘rtasiga  qaraganda  ko‘proq  boiishi  kerak  (6.2-b  rasm).  Bu  yerda

1-detaining  harakati  paytida,  ham  o‘ng  tomonida,  ham  chap 

tomonida,  suyuqlikning  (moyning)  ponasimonligi  hosil  bo‘lib,  uni

2-detalga  tegib  harakatlanishining  oldini  olib  turadi.  Bunday  holat 

bochkasimon  porshenning  silindr  ichidagi  harakatida  hosil  bo‘ladi. 

Ikkala  holda  ham  suyuqlikni  (moyni)  kerakli  qalinligi  hK

  saqlanib 

turadi.

Shuni  hisobga  olish  kerakki,  harakatlanayotgan  ikki  detal 



orasida moy o‘z-o‘zidan  uzoq turmaydi  va  o‘z-o‘zidan  ular orasiga 

oqib  ham  kirmaydi.  Odatda  moy  tutash  ishlayotgan  detallaming 

orasiga bosim ostida, majburan, beto‘xtov kiritilib turiladi.  Sachratib 

moylash  usuli  bundan  mustasno  (moylash  usullari  quyida 

o‘rganiladi).

Yarim  quruq  sirpanish.  Agar  ishqalanuvchi  sirtlar  orasidagi 

moy  yetarli  bo‘lmasa,  bu  asosan  moyning  xususiyatlari  tezlik  va 

yuklanish  ko‘rsatkichlariga  to‘g‘ri  kelmasa  ro‘y  beradi,  sirtlar 

yuzasidagi  g‘adir-budurliklar  orasida  moy  bo‘ladi,  lekin  ulaming 

cho‘qqilari  bir-biriga  juda  yaqin  kelib,  to‘qnashish  hosil  bo‘lish 

xavfi  tug‘iladi,  6.3-rasm.  Shu  ishqalanishni  yarim  quruq  sirpanish 

deb aytiladi.

6.3-rasm. Yarim quruq sirpanish.

212


Suyuqlikli  sirpanishdan  yarim  quruq sirpanishga o ‘tib  qolishiga 

quyidagi  omillar  sabab  boiadi:  sirpanib  ishlovchi  sirtlarga  ishlov 

berishning  sifati,  agar  val-podshipnik jufti  boisa,  ulami  ellipsligi, 

konussimonligi,  ulami  bir  o‘qda  yotmasligi  yoki  valni  qiyshiq 

o‘matilganligi,  moyning  sifati  va  iflosligi,  ishqalanuvchi  sirtlarga 

moyni yuborish uslubi va moyning bosimi va miqdori va h.k.

Amaliyotdan  shu narsa ma’lumki,  ikki  sirt orasidagi  chegaraviy 

masofa hCheg=(0,003...0,005) mm oraligida boiishi kerak.



Aylanasimon  sirtlardagi  ishqalanish.  Bunga  val  bilan  sirpa- 

nuvchi podshipnikni ishlashi misol boiadi, 6.4-rasm.



1

  -


 

bosimning taqsimlanish shakli.

6.4-rasm. Val-podshipnik juftidagi moyli ishqalanishning

holatlari.

Moy  qatlami  aylana  bo‘yicha  bir  xil  qalinlikda  boimaydi. 

Valning  pastki  tomoni  sekin  aylanganda  yoki  tinch  holatda, 

podshipnikka  tegib  turadi,  6.4-a  rasm.  Val  aylanganda  uning  o‘ng 

tomonida ponasimon qatlam hosil boiib, gidrodinamik kuchni hosil 

qiladi  va  u  valdan  podshipnik  orasiga  kuch  bilan  moyni  olib  kirib 

keta  boshlaydi,  6.4-b  rasm.  Natijada  val  koiariladi  va  suyuqlikli 

sirpanish hosil qilinadi.

Aylanishlar  soni  ko‘paygan  sari  valning  o‘qi podshipnik  o‘qi  bi­

lan  ustma-ust  tushishi  ham  mumkin,  6.4-d  rasm.  Bunday  hoi  sodir 

boiganda, val go‘yo metall ustida emas, suyuqlik ichida suzib aylana- 

yotganday boiadi. Suyuqlikli ishqalanishning mohiyati ham shunda.



Quruq  sirpanish.  Bunda  sirpanib  ishlayogan  sirtlar  orasida 

suyuqlik  (moy)  boimaydi.  Sirtdagi  g‘adir-budurlikning  cho‘qqilari



213

bir-biriga  tegib  (ishqalanib)  qolib  siljishga  ketadigan  kuch,  ya’ni 

ishqalanish  kuchi  ortib  ketadi.  Ishqalanayotgan  sirtlar  yeyilib, 

detallami tezda yaroqsiz holga keltiradi.  Qo‘shimcha ravishda shuni 

aytish  kerakki,  quruq  sirpanishda  ishqalanuvchi  sirtlaming  harorati 

ortib, qizib ketadi. Bu esa ishqalanib ishlayotgan metallami mexanik 

xususiyatlarini pasaytiradi.

Demak,  ishqalanib  ishlovchi yuzalami  moylab  turish maqsadga 

muvofiq.  Shuning uchun porshenli  dvigatellarda moylash tizimidan 

foydalaniladi.

6.4. Porshenli  dvigatellaming moylash  tizimi

Dvigatellami  aylanib  ishlovchi  va  bordi-keldi harakatida detal­

lar bir-biriga  ishqalanib  ishlaydi.  Ishlash  davrida  ulaming harorati 

ko‘tariladi va yeyilishi ortadi. Bu esa  dvigatelning  ishlash muddatini 

qisqartiradi.  Shuning  uchun  ularda  moylash  tizimi  ishlatiladi.

Moylash  tizimining 

vazifasi  ishqalanayotgan  yuzalarga 

ma’lum  harorat  va  bosim  ostida  kerakli  miqdorda  moyni 

uzatib  borishdir.  Bundan  tashqari,  mohiyati  jihatidan  asosiy 

vazifasidan kam  bo‘lmagan vazifasi  mavjud bo‘lib,  u ham  bo‘lsa, 



ishqalanib  ishlayotgan  yuzalarni  sovitadi  va  ular  orasidagi 

qirindilarni olib  chiqib  ketadi.

Shunga  xizmat  qiluvchi  qurilmalar  to‘plamiga  dvigatelning 

moylash  tizimi  deyiladi.

Ishqalanib  ishlayotgan  yuzalarga  moyni  yetkazib berish  usuli 

bo‘yicha moylash tizimi uch  xil  bo‘ladi.

-  sachratib moylash  tizimi;

-b o sim   ostida  moylash  tizimi;

-  aralash usulda  moylash  tizimi.



Sachratib  moylashda  karterdagi  moy  dvigatelning  harakat- 

lanayotgan  biron-bir  detallari  yordamida  .ishqalanib  ishlovchi 

yuzalarga  tomchi  sifatida  sachratiladi.  Bu  usul  amalda  kam  qo‘lla- 

niladi,  chunki  ma’lum  kamchiliklari  bor:  moy  sathini  quyishdan 

pasayishi,  qiyalikda  moyni  karterning  bir  tomoniga  oqishi,  tirsakli 

o‘qni  aylanishlar  soni  pasayganda  moyni  sachratilish  sifatining 

yomonlashuvi,  moy  yo‘nalishi  tartibsiz  bo‘lgani  uchun  moy  filtrini 

o‘matishning  ilojisi  yo‘qligi  va boshqalar.  Lekin  dvigatelning ba’zi



214

bir  detallarini  moylashda  qoilanilishi  mumkin,  masalan,  silindr- 

porshen guruhini.



Bosim  ostida  moylash  usuli  dvigatelni  ishqalanib  ishlovchi 

yuzalarini moylashda qoilaniladi.



Dvigatellarda  asosan  aralash  usulda  moylash,  ya’ni  sachra­

tib  va  bosim  ostida  moylash  usuli  keng  qoilanilgan.  Masalan: 

tirsakli  valni  o‘zak  va  shatun  podshipniklari,  taqsimlash  valni 

podshipniklariga  moy  bosim  ostida  yuboriladi.  Qolgan  sirtlar 

sachratib moylanadi.

Aralash  usulda  dvigatel  detallarini  ishqalanish  yuzalarini 

moylash ikkita qurilmalar majmuyini o‘z ichiga oladi.

-  moy tozalashdagi qurilmalar majmuyi;

-  sovitish qurilmalar majmuyi.

Bu  qurilmalami  uzviy  bogiangan  holda  ishlatilishi  moy 

isrofini  kamaytirish  va  dvigatel  detallarini  yeyilishini  kamaytiradi. 

Quyidagi  shaklda  dvigatelning  moylash  tizimidagi  moyning 

harakatini va qurilmalarini ko‘rish mumkin, 6.5-rasm.

Sariq rangda moyning harakati va kanallari k o ‘rsatilgan.

1 -  karteming tubi;  2 -  moy qabul qilgich;  3 -  moy nasosi;  4 -  moy sathini 

belgilovchi shup;  5,6 va  11  -  saqlovchi klapanlar;  7 -  moy radiatori;  8 -  moy 

filtri;  9 -  bosh moy magistrali;  1 0 -  manometr;  1 2 -  moy quyish  bo ‘g  ‘zi. 

6.5-rasm. Dvigatelning moylash tizimida moyning harakati va

qurilmalari.

215


Ushbu rasm  asosida dvigatelning moylash  tizimidagi  moyning 

harakatini o‘rganamiz.

Bosim  ostida  tirsakli  valning  о‘zak  va  shatun  podshipniklari, 

klapan  mexanizmlari  va  taqsimlash  vali  shestemyasining  vtulkasi 

moylanadi.  Dvigatelning  qolgan  qismlari  oqib  tushayotgan  va 

sachratilayotgan moy yordamida moylanadi.

Moylash  tizimiga  quyidagilar  kiradi:  karterning  tubi  1,  moy 

nasosi 3, saqlovchi klapanlar 5,6 va  11, moy radiatori 7, moy filtri 8, 

manometr  10,  moy  quyish  bo‘g‘zi  12.  Moyning  sathi  shup  4  orqali 

nazorat qilinadi.

Bosim  ostidagi  moyning  harakati  barcha  dvigatellarda  bir xil. 

Ishlayotgan  dvigatelda  moy,  karter  tubidan  moy  nasoslari  orqali 

so‘rilib,  moy  filtriga  yuboriladi.  Tozalangani  moy  radiatorda 

sovitiladi  va  asosiy  moy  kanaliga  o‘tadi.  Undan  esa  dvigatel 

blokidagi  kanallar  orqali  tirsakli  valni  o‘zak  podshipniklari  va 

taqsimlash  valining  bo‘yinlariga  beriladi.  Tirsakli  valning  qiya 

kanallari  orqali moy,  shatun podshipniklaridagi bo‘shliqni to‘ldiradi 

va  tashqariga  chiqib  podshipniklami  moylaydi.  Moy  magistralidan 

moy oraliq shestemyaning barmog‘ini moylaydi.

Taqsimlash  valining  biron  bo‘ynidan  moy,  blokning  vertikal 

kanaliga  va  undan  kanal  orqali  silindr  kallagi  va  koromislo  o‘qiga 

o‘tadi.  Uni  moylab,  shtangalar  orqali  oqib,  turtgich  va  taqsimlash 

valining mushtchalarini moylaydi.

Silindr-porshen  guruhi  detallari  yuqoridan  oqib  tushayotgan 

moylarni tirsakli val aylanishi natijasida sachratib berish bilan moy­

lanadi. Moylash tizimining ishi manometr orqali nazorat qilinadi.



Barcha 

dvigatellaming  moylash  tizimidagi  moyning  harakati 

shu tariqa amalga oshadi.

Moyning  bosimi  va  harorati. 

Moy  barcha  ishqalanib  ishlovchi 

yuzalarga  kirib  borishi  uchun  moy  nasosi  moyni  ma’lum  bosimda 

haydab berib turishi  lozim.  Dvigatel to‘la yuklanishda ishlayotganida 

moy magistralida bosim 0,25...0,45 MPa chegarasida bo‘lishi kerak.

Ishqalanuvchi  yuzalar  ishqalanishdan  yeyilganda  yoki  moy 

nasosini  ishlashida  buzilishlar boiganda,  moyning bosimi  kamayib 

ketadi.  Shu holda ham bosim 0,08  MPa dan kam boimasligi kerak. 

Aks  holda  quruq  ishqalanish  ro‘y  berib,  dvigatel  butunlay  ishdan 

chiqishi mumkin.



Bosim yuqoridagi miqdordan ko‘p boisa, moyni haydash uchun 

ko‘p quw at sarf boiadi. Bu ham maqsadga muvofiq emas.

Moyning  harorati  75...90°C  chegarasida  boiishi  kerak.  Undan 

yuqori  boisa, moy qizib, moylash xususiyati pasayadi.  Harorat past 

bo isa, quyuqlashadi, moy nasosi moyni ishqalanish yuzasiga kiritib 

borishi qiyinlashadi.

Ikkala holda ham  dvigatelning yeyilishi  ortadi,  ishlash  muddati 

qisqaradi.



Moylash  tizimidagi  asosiy  qurilmalar.  Dvigatelning  moylash 

tizimiga  qator  qurilmalar kiradi.  Shuni  aytish  kerakki,  qurilma  xoh 

katta  boisin,  xoh  kichik,  ular  m aium   vazifani  bajarishda  muhim 

hisoblanadi.

Umuman olganda moylash tizimi quyidagi qurilmalardan iborat: 

moy  nasosi,  moy  radiatori,  moy  filtrlari,  moy  nasosi,  reduksion 

klapani,  saqlagich  klapani  va  to‘kish  klapani,  moy  qabul  qilgich, 

moy  sathini  bildiruvchi  shuplardan  iborat.  Ulaming  vazifasini, 

nomidan  ham  bilib  olinishi  mumkin  boiganlariga  to‘xtalmay, 

yuqorida ta’kidlanganidek, asosiylariga to‘xtalamiz.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling