Dzyu-do, sambo umumiy qoidalari. Kirish


KURASHCHINING JISM O N IY TAYYORGARLIGI


Download 132.13 Kb.
bet3/53
Sana08.05.2023
Hajmi132.13 Kb.
#1443315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
Dzyu-do, sambo umumiy qoidalari

KURASHCHINING JISM O N IY TAYYORGARLIGI
K urashchining jism oniy tayyorgarligi sport trenirovkasining
m uhim tarkibiy qism laridan biri hisoblanadi. Bunday tayyorgarliklar
jism oniy sifatlar - kuch, chidam lilik, egiluvchanlik,
chaqqonlik va tezlikni rivojlantirishga qaratilgandir.
Jism oniy tayyorgarlikning asosiy vazifalari esa quyidagilardan
iborat:
— sportchilar sog‘lig‘i darajasi va ular organizmi turli tizim -
larining funksional im konyatlarini oshirish;
— kurashchining o ‘ziga xos xususyatlariga javob beradigan
birlikda jism oniy sifatlarini rivojlantirish.
Jismoniy tayyorgarlik umumiy va yordamchi, maxsus tayyorgarlikka
boMinadi:
Kurashchining um um iy jism oniy tayyorgarligi: yuqori darajaga
erishish uchun poydevor, asos vazifasini o ‘taydi. Asos
quydagi vazifalarni hal etilishini ta ’minlaydi:
— kurashga organizm ni har tom onlam a rivojlantirish, uni
funksiyonal im koniyatlarini oshirish, jism oniy im koniyatlarini
rivojlantirish;
— salom atlik holatini oshirish;
— shiddatli trenirovka va musoboqa yuklamalari davrida faol
dam olishdan to ‘g‘ri foydalanish.
U m um iy jismoniy tayyorgarlik turli vositalar to ‘plamini o ‘z
ichiga oladi. Ular jihozlarsiz va jihozlar bilan bajariladigan mashqlar,
sherik bilan maxsus trenirovkalarda bajariladigan mashqlar,
boshqa sport turlari: akrobatika, yengil atletika, suzish, va hokazolardan
olingan um um iy rivojlantiruvchi mashqlarga kiradi.
Y ordam chi jism oniy tayyorgarlik maxsus harakat m alakalarini
rivojlantirishga qaratilgan katta hajmdagi ishni samarali
bajarish uchun zarur b o ‘lgan maxsus asosni yaratishga m o ‘ljallangan.
0 ‘ziga xos yo‘nalishga ega quyidagi vazifalarni hal etadi:
— asosan kurash uchun ko‘proq o ‘ziga xos bo ‘lgan sifatlarni
rivojlantirish;
— kurashchi harakatlarida ko‘p ishtirok etuvchi mushak
guruhlarini tanlab rivojlantirish.
Y ordam chi jism oniy tayyorgarlikning ilg‘or vositalari sifatida
shunday m ashqlar qo‘llaniladi, ular o ‘zining kinem atik va
dinamik tartibi hamda asab-mushak kuchlanish xususyatiga ko‘ra
9
kurashchining musobaqa faoliyatida bajaradigan asosiy harakatlariga
mosdir. Shunday mashqlar orasida quydagilami alohida
ko‘rsatish mumkin: kurashning turli usullarini ishora orqali
bajarish; maxsus trenajor moslamalarida mashqlar bajarish.
Kurashchining maxsus jism oniy tayyorgarligi harakatlanishi
sifatlarini kurashchilarning m usobaqa faoliyati xususyatlari
tom onidan qo‘yiladigan talablariga q at’iy muvofiq holda rivojlantirishga
qaratilgan.
Kurashchilarning maxsus jism oniy tayyorgarligi asosi kurash
gilamida o ‘tkaziladi va harakat malakalari tajribadagi eng muhim
harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Shuning uchun
maxsus jism oniy tayyorgarlikning asosiy vositalari sifatida m uhim
bo‘lgan turli m urakkab m ashqlar m usobaqa m ashqlarida
qo‘llaniladi. Bunday m urakkablashtirilgan m ashqlar kurashchi
organizmiga bo‘lgan ta ’sirni kuchaytiradi. M asalan, og‘irroq
vazn toifasidagi sherikni tanlash, sheriklam i alm ashtirgan holda
o ‘quv-trenirovka bellashuvlarini bajarish va hokazo. M ana shu
ham m a m ashqlar energiya ta ’m inotini u yoki bu m exanizm -
larni rivojlantirish im unitetini ta ’minlaydi ham da bir vaqtning
o ‘zida uning jism oniy va texnik taktik tayyorgarligini oshiradi.
Jism oniy tayyorgarlikning ko‘rsatilgan barcha turlari birbiri
bilan uzviy bog‘liq. T ren irovka ja ra y o n id a b iro n -b ir
jism oniy tayyorgarlik turiga yetarli baho berm aslik oxir oqibat
sport m ahoratining oshishiga to ‘sqinlik qiladi. Shuning uchun
trenirovka jarayonida ko‘rsatilgan jism oniy tayyorgarlik turlarini
optimal nisbatiga rioya qilish juda muhimdur. Uning son jihatidan
ifodasi doimiy o ‘lcham hisoblanmaydi, balki kurashchilar
malakasi ularni alohida xususyatlari trenirovka jarayoni davri va
organizmning shu paytdagi holatiga bog‘liq holda o ‘zgarib turadi.

Download 132.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling